Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

DEMOKRATIYA 
(yun. 
demos
– xalq va ...
kratus - 
hokimiyat) — fuqarolar 
erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va 
shakllari amalda o‗rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. D. davlat bilan inson 
munosabatlarini belgilaydi. D.ning asosiy talablari: ko‗pchilik hokimiyati, fuqarolar teng 
huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning 
ustuvorligi, hokimiyatning bo‗linishi, davlat boshlig‗i va vakolatli organlarning saylab 
qo‗yilishi. D.ning bevosita D. (asosiy qarorlar yig‗ilishlarda bevosita barcha fuqarolar 
tomonidan yoki referendumlar yo‗li bilan qabul qilinadi) va vakillik D.si (karorlar saylab 
qo‗yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo 
bo‗lgandanoq, D.ning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda 
ham o‗zining so‗nggi cho‗qqisiga erishganicha yo‗q. Davlat bilan birga vujudga kelgan 
D. insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. 
Har bir davlatda, millatda o‗ziga xos qadriyatlar, mentalitet, an‘analar mavjuddir. Ular 
jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta ta‘sir ko‗rsatadi, binobarin demokratik 
muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi. Demokratik 
davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat 
o‗zini o‗zi boshqarish, ko‗ppartiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo‗lishi, 
fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq D. hamma narsada xohlagancha erkinlik 
emas., qonunga asoslangan erkinlikdir. D.ning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat 
qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. D. tartibotlari huquqiy davlatda 
mukam mal rivojlanib boradi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, demokratik huquqiy 
davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo‗lida katta qadam qo‗ydi. Demokratik 
tartibotlarni qayotga olib kiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini hamda 
fuqarolik jamiyati bo‗g‗inlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini 
qaror toptiruvchi qonunlar qabul qilinib, amalda ishlay boshladi. Hozirgi vaqtda 
demokratiya – xalqni hokimiyat manbai, deb e‘tirof etuvchi, fuqarolar tengligi, ozchilik 
huquqlarini himoyalovchi, davlatning asosiy organlari – saylovlar natijasida 
shakllanuvchi siyosiy tizim turi sifatida tushuniladi. Demokratiyaning jamiyat hayotini 
tashkil etish usuli sifatidagi eng muhim afzalliklari unda boshqa boshqaruv usullariga 
nisbatan hokimiyatni cheklash, uning barqarorligini saqlash va uni bir qo‗ldan 
ikkinchisiga o‗tishi mexanizmlarining atroflicha ishlab chiqqilganidir. Mana shu 
xususiyatlari, hamda jamiyatdagi ixtiloflarni tinch yo‗l bilan muhokama, yon bosish, 
kelishuv orqali hal qilishga asoslanganligi – bugungi kunda ko‗p mamlakatlar uchun 
demokratiyani jozibali va ma‘qul rivojlanish yo‗liga aylantirmokda. Demokratiyaning 
liberal, konservativ, populistik, kommunistik va anarxisik talqinlari, plyuralistik va elitar 
konsepsiyalari, to‗g‗ridan-to‗g‗ri va vakillik demokratiyasi to‗g‗risidagi g‗oyalar, bir 
qancha modellari mavjud. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish