Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

UNITARIZM
— qandaydir federativ birliklar (shtatlar, yerlar va shu kabilar)ning 
davlat tarkibida mavjudligi ko‗zda tutilmagan davlat qurilishining shakli (feodalizmdan 
farqli o‗laroq). Unitar davlat tarkibida alohida muxtor milliy davlat tashkilotlari
jumladan, o‗zining ko‗pgina davlatchilik belgilariga ega tashkilotlar bo‗lishi mumkin. 
Mas., O‗zbekiston Respublikasida tarkibida Qoraqalpog‗iston Respublikasining 
mavjudligi. 
UNIYA
(lot
. unio
-yagona birlik, birlashma) — davlatlarning birlashmalari, yagona 
birlik. Maxsus u. – ikki monarxist davlatning bir monarx qo‗l ostida birlashishi bo‗lib, 
bunda har bir davlat o‗z hokimiyat va idora etuvchi organlarini saqlab qoladi. Xalqaro u.- 
iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi ixtisoslashtirilgan doimiy xalqaro tashkilot.
UOLL-STRIT
(ing. 
Wall Street
) — Nyu-Yorkdagi ko‗cha, unda eng katta banklar, 
fond birjalari va sanoat monopoliyalarining idoralari joylashgan. ―U.-s.‖ nomi 
AQSHning moliya-sanoat monopolistik birlashmalarining turdosh nomi bo‗lib qolgan. 
URBANIZATSIYA 
(fr. 
urbanisation
, ing. urbanization, lot. 
urbanus
- shaharga 
mansub, 
urbs
- shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi 
va madaniyatidagi o‗zgarishlar bilan bog‗liq. U. tarixiy rivojlanish asosida shakllangan 
jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo‗lgan ko‗p qirrali 
geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. U.ning torroq doiradagi 
demografik statistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda 
shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmog‗ining ko‗payib 
borishini anglatadi. U.jarayonining rivojlanishi shaharlarning o‗sishi va shahar 
aholisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy o‗sishi, shahar atrofi hududlarining 
ma‘muriy jihatdan shaharga qo‗shilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar 
maqomini olishi bilan bog‗liqdir. 
URUSH 
— ijtimoiy guruhlar, millat (xalq)lar, davlatlar o‗rtasidagi nizolarning 
kuch, odatda, qurolli kuchlar yordamida hal qilinishi. U.da asosiy va hal qiluvchi vosita 
sifatida qurolli kuchlardan, shuningdek, kurashishning iqtisodiy, siyosiy, g‗oyaviy va b. 
vositalaridan foydalaniladi. U.lar davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosat 
natijasidir. U. kelib chiqishining omillari turlicha bo‗lib, bu omillar U.ning xususiyati va 
sodir bo‗lgan davriga bog‗liq. Har qanday turli to‗qnashuvni U. deb bo‗lmaydi. U. 
oldindan tayyorgarlik ko‗rilgan, muayyan maqsad yo‗lida olib boriladigan harbiy 
harakatlardir. U. holati davlatlar o‗rtasida qurolli to‗qnashuvsiz ham mavjud bo‗lishi 


296 
mumkin. Mas., ikki davlat o‗rtasida U. harakatlari to‗xtatilgandan keyin ular o‗zaro sulh 
tuzishmasa, U. holati davom etaveradi. Biroq, endi ular o‗rtasida qurolli to‗qnashuvlar 
yuz berishi shart emas. U.larni quyidagicha tasniflash mumkin: jahon U.lari; mahalliy U., 
fuqarolar Ui; milliy ozodlik U.lari. Jahon U.lari dunyoda yetakchilik da‘vosini qiladigan 
davlatlarni qamrab oladigan katta harbiy kuchlarning qurolli to‗qnashuvidir. Mahalliy 
U.lar, asosan, ikki yoki bir necha mamlakatlar o‗rtasida olib boriladigan U.lardir. Bunday 
urushlarning kelib chiqishi ham tomonlarning olib boradigan siyosati va uning 
natijalariga bog‗liq. Milliy ozodlik U.lari mamlakatni mustamlakachilik zulmidan ozod 
bo‗lishi uchun olib borilgan. Tarixda U.lar dunyo siyosiy xaritasining qayta 
shakllanishiga, chegaralarni qaytadan belgilanishiga sababchi bo‗lgan. U.lar tufayli ko‗p 
davlatlar o‗zini saqlab qolmay, imperiyalarga qo‗shilib ketgan. U.lar ayrim davlatlarning 
parchalanishi, bo‗linishiga olib kelib, ularni parokanda ahvolga solib qo‗ygan. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish