299
to‗ntarishi yo‗li bilan hokimiyat tepasiga kelishga intiladilar. XIX asrning 70-yillarida
Hindiston vahhobiylari Kalkutta bosh sudyasi Normanni o‗ldirish bilan ―shuhrat‖
qozondilar. 1979-yil noyabr oyida saudiyalik vahhobiychi Juhayman al-O‗taybiy guruhi
musulmonlarning eng muqaddas makoni — Makkai Mukarrama shahardagi ―Masjid al-
Harom‖ni bosib oldi. Masjidni egallagach, bu yerga kelishi kutilgan podshoh Xolidni
bandilikka olish, oralarida bo‗lgan ―Mahdiy‖ rahbarligida umumxalq qo‗zg‗olonini
ko‗tarish, dastlab Saudiya Arabistoni, so‗ng boshqa mamlakatlarda ham ―haqiqiy‖ islom
g‗alabasiga erishish rejalashtirilgan edi. Saudiya hukumati fransuz jandarmeriyasining
mutaxassislari yordamida ikki haftadan ortiq muddatda bu harakatni bostirdi. Rasmiy
ma‘lumotlarga ko‗ra, vahhobiylardan 117 kishi o‗ldirildi va 143 kishi hibsga olindi, ayni
vaktda hukumat kuchlaridan 127 kishi halok bo‗ldi va 451 kishi yaralandi. V. muayyan
ko‗rinishda O‗zbekistonda ham paydo bo‗ldi. Kommunistik mafkura barbod bo‗lgach,
yuzaga kelgan g‗oyaviy bo‗shliqni to‗ldirishga harakat qilgan vahhobiylar yosh avlodni
yo‗ldan urishga, har qanday vositani ishga solib, o‗zlari uchun ijtimoiy muhit yaratishga
urindilar. Jamiyatda beqarorlikni vujudga keltirish maqsadida 1997-yil oxirida
Namangan shahrida vahshiyona qotilliklar sodir etishgacha borib yetdilar. O‗zbekiston
hukumatining izchil siyosati V. ko‗rinishidagi diniy ekstremizm va aqidaparastlik
yoyilishining oldini oldi.
VAKIL
(ar.) — 1) biror kishi, muassasa, tashkilotlarning nomidan ish ko‗ruvchi,
uning manfaatlarini ko‗zlovchi va himoya qiluvchi shaxs. Vakillik – siyosiy tamoyil.
Unda inson yoki guruh bir qancha odamlar nomidan faoliyat yuritadi. ―Vakil‖
tushunchasi juda ko‗p ma‘nolarda ishlatiladi. Mas., muayyan bir shaxs to‗g‗risida o‗z
millati, kasbi, ijtimoiy guruhi va h.ning ―tipik vakili‖ biror mamlakat vakili, davlat
rahbari vakili, u yoki by savdo kompaniyasining vakili deyiladi. Siyosiy so‗zlashuvda
―vakil‖, ―vakolatlilik‖ deyilganda biror guruh, partiyalarning muayyan bir shaxsga,
tashkilotga, idoraga o‗z manfaatlarini hokimiyat tarkibida himoya qilish uchun
vakolatlarning berilishi nazarda tutiladi. Alohida olingan har bir individ davlat
boshqaruvida bevosita ishtirok eta olmaganligi tufayli, aholining turli qatlamlari
manfaatlarini muayyan vakolat va huquq berilgan mahsus vakillar himoya qilishi
mumkin. Saylangan vakillar xalq manfaatlarini xalqning o‗zidan ko‗ra yahshiroq amalga
oshirishi va himoya qilishi ehtimol qilingan. Vakolatlilikning qanchalik yuqori
ahamiyatga molik bo‗lganligini, mas., D.Medison respublika boshqaruvini vakolatlilik
bilan bir narsa, deb baholaganida ko‗ramiz. 2) Diplomatik daraja.
Do'stlaringiz bilan baham: