REPREZENTATIV DEMOKRATIYA
(fr. vakillik demokratiyasi) — xalq oldida
ma‘sul va malakali vakolatli boshqaruv. U demokratiyaning elitar modellaridan biri
sifatida qaralishi mumkin, negaki R.d. - xalq roziligi bilan amalga oshadigan elitar
boshqaruvdir. Unga ko‗ra demokratiyaning rivojlanishi ommaning boshqaruvda
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishtirokini kengaytirish bilan emas., balki xalq nazoratidagi, samarali
elitani tanlashning mukammal mexanizmini yaratish bilan bog‗liq.
REPREZENTATIVLIK
(fr. vakillik) — tadqiqot qilinayotgan birlikning
xususiyatlarini aks ettiruvchi tanlov belgisi. Mas., mamlakat o‗quvchi yoshlari
o‗rganilayotgan bo‗lsa, uning R.ligini ta‘minlash uchun tanlovda ishtirok etuvchilar
sarasiga shu guruh nisbatidan kelib chiqib, o‗quvchilardan tortib aspirantlargacha kiritish
va o‗rganish kerak.
RESOTSIALLASHUV
— inson hayotining har bir bosqichida bir-birini to‗ldirib
boradigan ikkita sotsiallashuv jaroyonlaridan biri. R. yangi norma, qadriyat, rol va xulq-
atvorni qabul qilish hisoblanadi.
RESPONDENT
(ingl. javob berish) — anketa savollariga javob berayotgan,
intervyu berayotgan shaxs.
RESPUBLIKA
(ARALASH
TIPDAGI)
(yarim
prezidentlik;
Fransiya,
Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos bo‗lgan yangi
mamlakatlarning aksariyati) — bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar
respublika xususiyatlari qo‗shilib ketadi. Ya‘ni, prezident umumxalq saylovlarida
saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega bo‗ladi. Biroq hukumat parlament
tomonidan tashkil etiladi va u nafaqat prezident oldida, balki parlament oldida ham
siyosiy javobgar bo‗ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni
bosh vazir boshqaradi. Prezident ma‘lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib
yuborish huquqiga ega.
RESPUBLIKA
(lot.
respublica
,
res
- ish va
publicus
- ijtimoiy, umumxalq) —
davlat boshqaruvi shakli, unda barcha davlat hokimiyati organlari saylab qo‗yiladi yoki
umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar
esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo‗ladilar. Tarixan R. antik davrda monarxiyaning
zid tushunchasi sifatida vujudga kelgan (Mas., Afinadagi quldorlik demokratiyasi). Mil.
av. V-IV asrlarda Sparta va mil. av. II asrda Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini
ifoda etgan. O‗rta asrlarda R. boshqaruv shaklini qo‗llagan Venetsiya va Genuya singari
shahar-davlatlar bor edi. Hozirgi vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortig‗i R.
boshqaruv shakliga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |