B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

 
 


138 
3-jadval 
Yig’ma moliyaviy balans tarkibi (umumdavlat darajasida) 
Daromadlar
Xarajatlar 
1. Foyda 
2. Qo’shilgan qiymat solig’i va 
akstizlar 
3. Jismoniy shaxslardan daromad 
soliqlari
4. Mol-mulk solig’i
5. Ijtimoiy sug’urta fondi, Pensiya 
fondi, Bandlik fondini hosil qilish 
uchun mablag’lar
6. Boshqa byudjetdan tashqari 
maqsadli fonlar mablag’lari
7. Ma’danli-xomashyo bazasini 
takror 
ishlab 
chiqarish 
uchun 
ajratmalar 
8. Amortizastiya ajratmalari 
9. Davlat mulki yoki faoliyatidan 
keladigan daromadlar, shu jumladan 
davlat mulkini sotishdan olinadigan 
daromadlar 
10. Tashqi savdo, tashqi iqtisodiy 
operastiyalar uchun soliqlar va 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatdan 
olinadigan daromadlar
11. Boshqa daromadlar
Jami daromadlar 
1. Davlat investistiyalari uchun 
xarajatlar, shu jumladan kreditorlik 
qarzini qaytarish (harbiy qurilishdan 
tashqari) 
2. 
Ma’danli-xomashyo 
bazasini 
takror ishlab chiqarish xarajatlari 
3. Davlat dotastiyalari 
4. Soliqlar to’langanidan keyin 
korxonalar 
ixtiyorida 
qoladigan 
foyda 
hisobidan, 
shuningdek 
amortizastiya 
hisobidan 
amalga 
oshiriladigan xarajatlar
5. Byudjet hisobidan, shuningdek 
byudjetdan 
tashqari 
maqsadli 
fondlar hisobidan moliyalanadigan 
ijtimoiy-madaniy 
tadbirlar 
xarajatlari (kapital qo’yilmalarsiz)
6. 
Byudjet 
hisobidan 
amalga 
oshiriladigan fan uchun xarajatlar 
7. Boshqa byudjet maqsadli fonlari 
hisobidan 
amalga 
oshiriladigan 
xarajatlar
8. Mudofaa xarajatlari 
9. 
Huquqni 
muhofaza 
qilish 
organlari, sudlar va prokuraturani 
saqlab turish xarajatlari (kapital 
qo’yilmalarsiz) 
10. Davlat hokimiyati orgalarini 
saqlab turish xarajatlari (kapital 
qo’yilmalarsiz) 
11. 
Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
xarajatlari
12. Zahira fondlarini hosil qilish 
xarajatlari 
13. Boshqa xarajatlar
Jami xarajatlar


139 
Yig’ma moliyaviy rejalashtirish bilan 
byudjetni prognoz qilish 
uzviy 
bog’langan. 
Muvaffaqiyatli xo’jalik yuritishning muhim sharti – uni boshqarish 
usullarini doimiy ravishda takomillashtirishdan iborat. Boshqarish – 
demak, oldindan ko’ra bilish. Shu munosabat bilan istiqbolni 
rejalashtirish, ya’ni ilmiy prognoz qilishning roli ortadi. Natural 
ko’rsatkichlar parametrlarini prognoz qilish bilan bir vaqtning o’zida 
moliyaviy resurslar ham prognoz qilinishi kerak, chunki ushbu resurslar 
hajmini oshirish istiqbollarini hisobga olmasdan turib xo’jalik rivojini 
sifatli prognoz qilib bo’lmaydi. 
Odatda, ancha uzoq davr uchun amalga oshiriladigan yig’ma 
moliyaviy rejalashtirishdan farqli o’laroq byudjetni prognoz qilish 
manzilli hisoblanib, u byudjet davriga, ya’ni ko’pi bilan bir yilga 
mo’ljallangan. Lekin yig’ma moliyaviy balans ko’rsatkichlarining katta 
qismi qator byudjet ko’rsatkichlarini o’z ichiga olganligi bois, istiqbolga 
mo’ljallangan yig’ma moliyaviy balansni tuzishda asosiy byudjet 
ko’rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblarini amalga oshirish lozim. 
Byudjet rivojini prognoz qilish deganda uning daromad va xarajat 
qismlarini rivojlantirish yo’llarini ehtimoliy baholash majmui nazarda 
tutiladi. 
Byudjetni prognoz qilish – bu yuzaga kelgan tendenstiyalar, 
muayyan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va istiqbolni baholash asosida 
byudjetni rivojlantirishning optimal yo’llarini ishlab chiqish va 
asoslashdan va shu asosda uni mustahkamlash yuzasidan takliflar berish 
demakdir. Bunday prognoz qilish natijalarini o’z vaqtida hisobga olish 
davlat va mintaqaning moliyaviy siyosatida eng samarali choralarni 
qo’llashning muhim sharti hisoblanadi. 
Prognoz qilinayotgan byudjet ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish 
yillik byudjet ko’rsatkichlarini hisoblab chiqishga qaraganda boshqacha 
metodologik yondashuvlarga asoslangan. Agar yillik va choraklik 
byudjetlar ko’rsatkichlari iqtisodiy va moliyaviy parametrlarni to’g’ridan-
to’g’ri hisoblab chiqish asosida aniqlansa, u holda prognoz byudjet 
ko’rsatkichlarini aniqlashda, odatda, zarur statistika va hisobot 
ma’lumotlarining yo’qligi tufayli bunday imkoniyat mavjud emas. 
Byudjet rivojining prognozini ishlab chiqishda turli usullardan 
foydalanish mumkin. 
1) 
Ekstrapolyastiya usuli,
ya’ni avvalgi davrlar amaliyotidan kelib 
chiqib istiqbollarni tuzish. Biroq ushbu usul faqat byudjet xarajatlari va 


140 
daromadlarining ozmi ko’pmi barqaror xususiyatga ega bo’lgan ayrim 
moddalarini prognoz qilish uchun yaroqli. 
2) 
Ekspert baholash usuli,
ya’ni fan va iqtisodiyotning alohida 
tarmoqlarida vakolatli mutaxassislar tomonidan berilgan va asoslangan 
baholar asosida qilingan prognoz ham kamchiliklardan holi emas, chunki 
u subyektiv yondashuv unsurlariga ega. 
3) Ushbu ikkita usulni bir vaqtning o’zida qo’llsh; bunda 
rivojlanishning obyektiv tendenstiyalaridan ham, ekspertlar fikrlaridan 
ham foydalaniladi. 
Chiziqli regressiya liniyalari
asosiy moliyaviy qonuniyatlar 
ekstrapolyastiyalash usullaridan biri bo’lib, prognoz qilinayotgan byudjet 
ko’rsatkichlarini bir necha o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga tobe qiluvchi 
ko’p qadamli korrelyastion modellarni tuzishda ularning ishonchliligi 
ortadi. Shuning uchun byudjetni prognoz qilish ishini byudjetni 
shakllantirishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar (o’zgaruvchan kattaliklar)ni 
ajratish va o’rganib chiqishdan boshlash lozim. Bunday omillar jumlasiga 
mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishini va umumdavlat 
moliyaviy resurslarning mavjudligini, demografik o’zgarishlarni, 
xo’jalikning rivojini va hokazolarni kiritish lozim. 
Istiqbolga mo’ljallangan davlat byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini 
hisoblab chiqish uchun byudjet daromadlarining hajmi bilan ikkita 
o’zgaruvchan: ishlab chiqarilgan milliy daromad va yalpi sanoat va 
qishloq xo’jaligi mahsuloti o’rtasidagi 
korrelyastion aloqalardan

shuningdek ushbu ko’rsatkichlar bilan foyda solig’i o’rtasidagi aloqadan 
foydalanish mumkin. Korrelyastiya koeffistientlari o’rganib chiqilayotgan 
aloqalardagi jipslikni darajasini qo’rsatadi. Byudjet daromadlari birinchi 
galda milliy daromad hisobidan shakllanadi. 
Istiqbolga mo’ljallangan byudjet resurslarining hajmini prognoz 
qilishda ko’plab omillar ta’sirini ma’lum darajadagi ehtimollik bilan 
o’rtacha barobarlashtirish, eng umumiy tendenstiyalarni aniqlash 
imkonini beruvchi chuqur 
iqtisodiy
va 
cmamucmuk tahlil
qilish lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan ikkita o’zgaruvchan kattalikka ega bo’lgan 
regressiya tenglamasi chiziqli ko’riniga ega: 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish