Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.
2.
O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son.
3.
Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E.
Mintaqalarni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
prognozlash.-T.:
131
TDIU,2010.- 216b.
4.
Kadirov A.M. Metodologicheskie podxodi k analizu strategii
sostialno-ekonomicheskogo razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov
Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (3 str).
5.
Muhitdinov X.S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va
ijtimoiy rivojlanishni modellashtirish.-T.: Fan, 2009.-237b.
6.
Nurimbetov R.I. Mintaqa iqtisodiyotini boshqarish mexanizmi va
uning samaradorligi.- T.: Fan, 2008.-221b.
7.
Sadikov
A.M.
Osnova
Regionalnogo
razvitiya:
teoriya,
metodologiya, praktika.—T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2005.-280b.
132
10-bob.
MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA
TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTI SIFATIDA
10.1. Budjetlashtirish va budjetning asosiy tushunchalari.
10.2 Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni
boshqarishda budjet resurslarining ahamiyati.
10.3 Davlat budjeti rejasi va budjetni rejalashtirish shakllari.
10.1. Byudjetlashtirish va byudjetning asosiy tushunchalari
Davlat tomonidan o’z zimmasiga yuklatilgan Funksiyalarning
bajarilishi unda zarur moliyaviy resurslarning mavjudligi bilan bog’liq,
bu birinchi navbatda davlatda hosil bo’ladigan pul mablag’lari bir
qismining byudjetda jamlanishini talab qiladi. Ushbu mablag’larning
byudjetga yo’naltirilishi va ulardan foydalanish jarayonida davlat, soliq
to’lovchilar va byudjetdan mablag’ oluvchilar o’rtasida moliyaviy
munosabatlar yuzaga keladi. Ushbu munosabatlar hokimiyat organlari
tomonidan ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan moliya-byudjet
siyosatiga muvofiq quriladi. Moliya-byudjet siyosati davlat va hududiy
hoqimiyat organlarining soliq, pul-kredit, narx-navo va moliyaning
boshqa sohalaridagi harakatlarini o’z ichiga oladi.
Moliya-byudjet siyosati (byudjetlar) – bu hokimiyat organlari
tomonidan amalga oshiriladigan o’z Funksiyalarini bajarish uchun
moliyaviy munosabatlardan foydalanish va byudjet tizimini boshqarish
bo’yicha harakatlar va tadbirlar yig’indisidir.
Moliya-byudjet siyosati moliya sohasidagi maqsadlar va vazifalarni
belgilashni, pul mablag’larini byudjetga safarbar etish mexanizmini ishlab
chiqishni, byudjet mablag’laridan foydalanish yo’nalishlarini belgilashni,
moliya va byudjet tizimini boshqarishni, moliya-byudjet vositalari
yordamida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining byudjetni ishlab chiqish
va byudjetlashni amalga oshirish va byudjet tizimini boshqarish bo’yicha
harakatlarining yig’indisi byudjet jarayoni hisoblanadi.
Davlatning moliya-byudjet siyosati moliya va soliq organlari, pul-
kreditni tartibga solish organi (Markaziy bank), nazorat-hisoblash
133
organlari (nazorat-hisoblash, ijroiya hokimiyatining boshqa organlari)
faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Odatda
byudjet davri,
ya’ni byudjetni ijro etish jarayonini amalga
oshirish vaqti 1 yanvardan 31 dekabrgacha qilib belgilangan bo’lib, u
taqvim yiliga mos keladi. Byudjet jarayonining davom etishi byudjet
davriga qaraganda ancha uzoq, chunki byudjet jarayoniga byudjetni
rejalashtirish, keyingi byudjet nazorati va boshqa harakatlar ham kiradi.
Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet vakolatlariga, ya’ni byudjet
jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga ega bo’lgan
organlar byudjet jarayonini amalga oshiradi. Quyidagilar ana shunday
vakolatlarga egadirlar:
• ijroiya va vakillik hokimiyati organlari;
• moliya va soliq organlari;
• pul-kreditni tartibga solish organlari va davlat moliya nazorati
organlari;
• byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari va byudjet
mablag’larining taqsimlovchilari;
• davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari.
Vakillik hokimiyati organlari byudjetlar loyihalarini va ularning
bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ijroiya hokimiyati organlari yig’ma moliyaviy rejalashtirishni
amalga oshiradi, byudjetlar loyihalarini tuzadi, byudjetlar loyihalarini
vakillik hokimiyati organlariga ko’rib chiqish uchun kiritadi, byudjetlarni
ijro etadi, byudjet ijrosi tahlil va nazorat qiladi.
Markaziy bank hokimiyat bilan birgalikda davlatning pul-kredit
siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va qonun chiqaruvchi
organlarga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi va G’aznachilik pul
hisobvaraqlariga,
davlat
byudjetdan
tashqari
maqsadli
fondlari
hisobvaraqlariga, hududiy byudjetlar hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatadi.
Byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi – bu byudjet
mablag’larining birinchi bevosita oluvchisi hisoblanib, mablag’larni
byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar o’rtasida taqsimlash
huquqiga ega bo’lgan ijroiya hokimiyati organi. U byudjet mablag’lari
taqsimlovchilari va byudjetdan mablag’ oluvchilar bo’yicha byudjet
xarajatlari ro’yxatini tayyorlaydi, ularga byudjet yo’nalishlari haqidagi
xabarnomani etkazadi, ular uchun daromadlar va xarajatlar smetalarini
tasdiqlaydi, zarur hollarda mablag’larning ular uchun tasdiqlangan
moddalar o’rtasida taqsimlanishini o’zgartiradi, byudjetdan mablag’
134
oluvchi
tomonidan
byudjet
mablag’laridan
oqilona,
maqsadli
foydalanilishini nazorat qiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi (byudjet muasasasi) – bu ijroiya
hokimiyati organi tomonidan notijorat xususiyatiga ega bo’lgan
Funksiyalar (boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va b.)ni
amalga oshirish uchun tashkil etilgan va smeta tartibida moliyalanuvchi
tashkilot.
Nazorat-hisoblash organlari tegishli byudjet va byudjetdan tashqari
fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, byudjet va
byudjetdan tashqari fondlarning ijrosi haqidagi hisobotlar tashqi auditini
o’tkazadi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hokimiyat organlari va muassasalar
byudjet jarayonining ishtirokchilari hisoblanishadi. Byudjet jarayoni
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• yig’ma moliyaviy rejalashtirish va prognoz qilish;
• byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash;
• byudjet yili mobaynida byudjetni ijro etish;
• byudjet ijrosini tahlil va nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |