227
10-MAVZU: GURUHLARDA ISHLASH VA
TAQDIMOTLAR TAYYORLASH
Reja:
10.1.
Guruhlarda ishlash va taqdimotlar tayyorlash
ning turlari
va shakllari.
10.2.
Taqdimot
ga tayyorlanish bosqichlari.
10.3.
Taqdimot
va slaydlarni tayyorlash talablari.
10.4. Slaydlar dizayni.
10.5. O‘zini o‘zi taqdim etish (Samoprezentatsiya).
10.1.
Guruhlarda ishlash va taqdimotlar tayyorlash
ning
turlari va shakllari
Yer
yuzida aholi
soni oshib borgani sari,
turli-tuman
axborotlar ham ko‘payib boraveradi. Kundan kunga ko‘payib
borayotgan axborot oqimida insonning idrok qilishi,
tabiiyki,
murakkablashadi. Insonning axborotni qabul qilish va idrok etish
imkoniyati bilan axborot salmog‘i o‘rtasida jiddiy ziddiyat
vujudga keladi. Ko‘payib borayotgan
axborotni qabul qilishni
osonlashtirish uchun uni to‘g‘ri tizimlashtirib taqdim etishni
o‘rganish zarur. To‘g‘ri tayyorlangan prezentatsiya yaxshi
taqdimot garovidir.
YODDA TUTING!
Prezentatsiya –
bu axborotni taqdim etish
usuli. Axborot ko‘rgazmali va ishonchli shaklda taqdim etilishi
kerak. Buning uchun grafika,
video va ovozli axborotdan
foydalaniladi. Asosiy g‘oyalar kichik matnlarda aks etadi.
Prezentatsiyadan turli maqsadlarda foydalaniladi. Shunga
ko‘ra prezentatsiyalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
-
Ma’ruzalarni to‘ldiradigan prezentatsiyalar.
-
O‘quv maqsadlarida foydalaniladigan prezentatsiyalar.
-
Savdo-sotiq va marketingda foydalaniladigan prezentatsi-
yalar.
Ko‘rgazmali axborotni taqdim etish shakliga ko‘ra
228
prezentatsiyalarni
uch
guruhga
bo‘lish mumkin: oddiy,
animatsiyali va multimediali.
Birinchisi oddiy slaydlar to‘plami bo‘lib, tekst, rasm, grafika-
dan iborat bo‘ladi. Tayyorlash ko‘p
vaqt olmagani va alohida
ko‘nikmalarni talab qilmagani uchun bunday taqdimotlardan ko‘p
foydalaniladi. Prezentatsiyani mustaqil tayyorlash uchun Power
Point kompyuter programmasini o‘rganish yetarli. Animatsiyali
prezentatsiyalarda
qo‘shimcha
element
–
animatsiyadan
foydalaniladi. Uncha qiyin bo‘lmagan
effektlardan foydalanish
taqdimotni qiziqarli va yorqin chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Animatsion effektlar ko‘p hollarda maxsus programmalarga
joylashtirilganligi tufayli prezentatsiyada ulardan foydalanish
qiyin ish emas. Multimediali prezentatsiyani
tayyorlash esa
birmuncha murakkab bo‘lib, unda grafika, video, animatsiya,
ovoz,
tekstdan
iborat
bo‘lgan
interfaol
elementlardan
foydalaniladi.
Prezentatsiya shakllari turlicha bo‘lishi mumkin:
auditoriyada
ma’ruza uchun
, ko‘rgazma
zallarida stend shaklida, magazinda,
televideniya yoki radioda va hokazo.
Taqdimotlar quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
-
spiker tomonidan yordamchi vositalardan foydalanmagan
holatda;
-
spikersiz texnik vositalar yordamida (masalan,
video namo-
yishi);
-
spiker tomonidan yordamchi vositalardan foydalangan holat-
da.
Do'stlaringiz bilan baham: