Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov


 Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan passiv



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

5.4. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan passiv 
operatsiyalari va ularning tarkibiy tuzilishi 
 
Tijorat banklarining asosiy faoliyati bu vaqtincha bo‘sh pul 
mablag‘larini kreditorlar va qarzdorlar o‘rtasida hamda sotuvchilar 
va xaridorlar o‘rtasida aylanishini vositachilik asosida olib borish 
hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiyotda pul mablag‘la-
rini joylashtirish yuzasidan faoliyatni tijorat banklaridan tashqari 
bir qator maxsus-ixtisoslashgan moliya-kredit institutlari, ya’ni 
investitsiya fondlari, kredit uyushmalari, sug‘urta kompaniyalari, 
brokerlik va dilerlik firmalari ham olib boradi. Lekin, tijorat 
banklarining mamlakat moliya bozorida faqatgina o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 
- birinchidan, tijorat banklari faoliyati uchun qarz majburiyat-
lari yuzasidan ikki tomonlama tasnif mavjud. Ular birinchi 
tomondan yuridik va jismoniy shaxslar uchun muomalaga 
o‘zlarining qarz majburiyatlarini, ya’ni depozit sertifikatlari, 
depozit-jamg‘arma sertifikatlari, obligatsiyalarini chiqaradilar. 


121 
Ikkinchi tomondan esa, tijorat banklari qo‘shimcha daromad olish 
maqsadida boshqa emitentlarning muomalaga chiqargan qarz 
majburiyatlarini (aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) 
sotib oladilar: 
- ikkinchidan, tijorat banklari o‘z nomidan chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) bo‘yicha 
qat’iy belgilangan foiz bo‘yicha daromad to‘lanishi majburiyatini 
oladilar. Investitsiya fondlari esa daromad to‘lanishi yuzasidan 
risklarni investorlar zimmasiga yuklaydilar. 
Tijorat banklari o‘z faoliyatini yuritish uchun chetdan 
qo‘shimcha mablag‘ jalb etishlari lozim. Bu faoliyat – tijorat 
banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan vaqtincha 
bo‘sh pul mablag‘larini qaytarib berishlilik, to‘lovlilik hamda 
muddatlilik shartlari asosida jalb etish bilan bog‘liq faoliyat passiv 
operatsiyalar hisoblanadi. Tijorat banklarining aktiv operatsiya-
larini amalga oshirish uchun pul sarmoyalariga bo‘lgan 
ehtiyojning 90 foizi chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga 
qoplanadi. Chetdan jalb qilingan mablag‘lar jalb qilinish usullariga 
ko‘ra asosan quyidagilarga bo‘linadi: 
- banklararo bozorda kreditlar olish; 
- Veksellar hisob-kitobi va Markaziy bankdan kredit olish; 
- muomalaga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish (aksiyalar, obli-
gatsiyalar, depozit sertifikatlari, depozit-jamg‘arma sertifikatlari, 
Veksellar); 
- depozitlarni jalb etish; 
- qimmatli qog‘ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish 
shartnomalari («Repo» operatsiyasi) amalga oshirish; 

Yevronota va Yevrobondlar bozorida ishtirok etish; 

Bank akseptlarini (aval sifatida) sotish. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari 
pul-kredit siyosatining vositasi hisoblanadi va ular muomalaga pul 
massasini tartibga solib turish maqsadida chiqariladi. Obligatsiya-
larni chiqarish, muomalada bo‘lish va ularni so‘ndirish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002-yil 22-


122 
apreldagi 1140-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining yuridik shaxslar uchun obligatsiyalar chiqarish va ular 
muomalasi to‘g‘risida» Nizom ga asosan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy 
shaxslar uchun obligatsiyalari davlat qimmatli qog‘ozlari 
hisoblanadi va uning egalariga obligatsiyalarning nominal qiyma-
tiga nisbatan foiz ko‘rinishida daromad olish huquqini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar 
uchun obligatsiyalar chiqarilishi, uning muomalasi tartibi va 
so‘ndirilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002-
yil 22-apreldagi 1141-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalarini chiqarish va 
ular muomalasi to‘g‘risidagi» Nizomga asosan olib boriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
depozit 
sertifikatlari mamlakatimizda pul bozorida likvidlikni tartibga 
solib turish maqsadida chiqariladi. Depozit sertifikatlarini 
chiqarish, muomalada bo‘lish va u bo‘yicha to‘lovni amalga 
oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1998-yil 26-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki depozit sertifikatlarini chiqarish to‘g‘risida Nizomga asosan 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikati – 
bu 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul 
mablag‘larini omonatga qo‘yilganligi haqidagi guvohnomasi 
bo‘lib, u omonatchi yoki uning huquqiy vorisining omonat 
summasini va u bo‘yicha foizlarni belgilangan muddat tugagandan 
so‘ng olish huquqini tasdiqlaydi. 
Depozit sertifikatining to‘lovi muddatidan oldin amalga 
oshirilayotganda pul mablag‘lari depozit sertifikati yegasining 
hisobvarag‘iga depozit sertifikatni muddatidan oldin to‘lovga 
qabul qilish to‘g‘risidagi ariza tushgan kundan boshlab 5 bank ish 
kuni davomida ko‘chiriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
muomalaga 
depozit 
sertifikatlarini chiqarish muomalaga kiritish va ularni so‘ndirish 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994-yil 24-


123 
dekabrda tasdiqlangan «Banklarning depozit sertifikatlarini 
chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalada bo‘lish qoidalari» asosida 
amalga oshiriladi. 
Investorlar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni qaytarish bilan 
bog‘liq barcha xarajatlarni qoplash, shuningdek, qimmatli 
qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha ular kiritgan pul mablag‘larini 
qaytarish emitent tijorat banki hisobidan amalga oshiriladi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish