Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov


-chizma  Zamonaviy tijorat bankining samarali kredit portfelini



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

3-chizma 
Zamonaviy tijorat bankining samarali kredit portfelini 
tarkib toptirish yo‘nalishlari
21
 
 
Samarali kredit portfelini tarkib toptirish yo‘nalishlari 
Kreditlash, 
loyihaviy 
moliyalashtirish 
va yuridik shaxs-
larning qimmatli 
qog‘ozlarga mab-
lag‘ 
kiritishini 
ta’minlash. 
Resurslarni 
joylashtirishning 
eng 
istiqbolli 
yo‘nalishlaridan 
biri jismoniy sha-
xslarni kreditlash-
dan iborat. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
istiqbolli korxonalari 
bilan uzoq muddatli 
hamkorlik 
qilishga 
yo‘naltirilgan bank-
ning 
investitsiya 
faoliyati 
resurslarni 
oqilona 
joylashtirishning yana 
bir muhim yo‘nalishi 
hisoblanadi. 
2. Resurslarni joylashtirishning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan 
biri – jismoniy shaxslarni kreditlashdan iborat. Bu yo‘nalishi 
nafaqat kredit riskini diversifikatsiya qilish, balki yaxshi daromad 
ko‘rish imkoniyatini ham beradi.
O‘zbekiston Respublikasining istiqbolli korxonalari bilan 
uzoq muddatli hamkorlik qilishga yo‘naltirilan bankning 
resurslarni oqilona joylashtirishning yana bir muhim yo‘nalishi 
hisoblanib, bundan maqsad bank qo‘yilmalaridan yuqori 
dividendli daromadlar olish va ushbu korxonalarni boshqarishga 
ishtirok etishdan iborat. 
4.3.
 
Foiz riski va uni boshqarish usullari 
Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning 
oqilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshqarish 
21
Iqtisodiy adabiyotlar materiallari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 


93 
bilan bog‘liq tadbirlar majmuasidir.
Foiz riski deganda, foiz stavkalarining tebranishi natijasida 
banklarning zarar ko‘rishi tushuniladi. Tijorat banklarining foiz 
siyosati depozitlar va kreditlarning oqilona foiz stavkalarini 
shakllantirish va foiz riskini boshqarish bilan bog‘liq tadbirlar 
majmuasidir.
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari quyi-
dagilardan iborat: 
1. Foiz siyosatining asosiy maqsad va vazifalari: foiz siyosati-
ning asosiy maqsadi foiz siyosatida aniq belgilab qo‘yilgan 
bo‘lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maqsadi 
sifatida foiz risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish 
belgilab kuyiladi, boshqalarida esa sof foizli daromad darajasini 
oshirish ko‘rsatiladi. 
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan holatlar: 
bunday holatlar, odatda, kredit qo‘yilmalarining hajmini keskin 
oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli 
darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. 
3. Foiz riskini boshqarish usullari: odatda bank amaliyotida 
foiz riskini asosiy boshqarish usullari sifatida foizli svoplardan 
keng foydalanadilar, kichik banklarda esa ko‘proq kredit riskiga 
limitlar o‘rnatish uslubidan foydalanadilar. 
4. Foiz stavkalarini o‘stirmaslik maqomini belgilash tartibini 
joriy qilish. 
Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz 
siyosati orqali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning 
foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o‘zining 
manfaatini ham amalga oshirgan buladi. Banklar foiz siyosatini 
amalga oshirishda omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizni ularning 
o‘zlari taqdim yetadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan 
pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to‘langan foizlarning summa-
lari o‘rtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi. 
Tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida o‘zlarining foiz 
siyosatini yuritadilar. Tijorat bankida ko‘p foyda olish imkoni-
yatlari cheklangan. Birinchidan, katta marja ketidan quvish 


94 
mijozlardan mahrum bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin, chunki 
ular haddan tashqari yuqori qo‘yilgan foiz stavkali kreditdan voz 
kechishlaridan tashqari yuqori qo‘yilgan foiz stavkali kreditdan 
voz kechishlari mumkin. Ikkinchidan, banklararo raqobat 
sharoitida boshka tijorat banklari orasidagi bir qadar samaraliroq 
ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Foyda 
olish qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo‘la 
olmaydi. 
Rossiyalik yirik iqtisodchi N.G.Antonovning fikricha, foiz 
stavkasi bu tomonlarning kredit asosida yuzaga keladigan 
iqtisodiy munosabati bo‘lib, kreditning oqilona foydalanishini 
ta’minlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitda kredit munosabatlarida bank 
foizining ahamiyati o‘sib borayotganini ko‘rish mumkin. Umuman 
olganda 
foiz 
siyosati 
nafaqat 
pul-kredit 
mablag‘larining 
boshqaruvchisi hisoblanadi, shu bilan birga, butun kredit 
munosabatlarini boshqarib turuvchi iqtisodiy usuli hamdir.
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira 
talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita 
cheklovchisi bo‘lib xizmat qiladi. 
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo‘limi 
hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo‘yicha belgi-
lanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 
omillarni o‘z ichiga oladi: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta 
moliyalashtirish stavkasi;
2.
Kredit resurslari (o‘z va jalb qilingan mablag‘lari) 
manbalari;
3.
Kreditlash, qarzdorlar turlari va yo‘nalishlari. 
Tijorat 
banklari 
foiz 
siyosatining 
foizli 
risklarni 
boshqarishdagi o‘rni. 
Foiz riski, odatda, tijorat banklarining depozitlari bilan 
kreditlarning foiz stavkalarini sezilarli darajada o‘zgarishi 
natijasida yuzaga keladi. 
Bank depozitlari bo‘yicha foizlarni hisoblash usullari. 


95 
Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomoni-
dan depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkasini, 
bankning narx siyosatini hisobga olgan holda belgilanadi. 
Shartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik 
asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, 
depozitorlarga foizning kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng 
qo‘yilgan depozitlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha 
qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori 
bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan 
bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach 
qo‘llanadi. 
Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, 
depozitorning birinchi talabiga ko‘ra depozit hisob varaqlaridan 
omonatning butun summasi yoki uning bir qismini olishga doir 
hech qanday cheklashlar belgilanmaydi. 
Depozit operatsiyalari, hisoblangan foizlar hisobini yuritish va 
ular bo‘yicha hisobot “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonun 
va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Analitik hisob depozit turlari va alohida depozitorlar bo‘yicha 
yuritiladi. 
Valyutadagi depozit hisob varaqlarini yuritish “O‘zbekiston 
Respublikasida valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun, 
boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy bankining depozit va kredit hisob varaqlarini 
tartibga solishga doir me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiri-
ladi. 
Foiz riski o‘zida foiz stavkalari darajasining o‘zgarishi natija-
sida moliyaviy yo‘qotishlar ehtimolini aks ettiradi.
Qo‘mitasi foiz riskining paydo bo‘lishida quyidagi omilarni 
aniqladi:
1.
Narxlar o‘zgarishini riski.
Bunda foiz riski aktiv va passivlarning to‘lov muddatlari 
bo‘yicha balanslashtirilmaganligi orqali aniqlandi.


96 
2.
Egri daromad o‘zgarishi riski.
Aktiv va passivlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarishida 
vaqtlar bo‘yicha mos kelmasligi natijasida olinayotgan daromad 
tengligining buzilishi.
3.
Bazaviy risk.
Moliyaviy instrumentlarni qayta baholash vaqtida olingan va 
to‘langan foizlarni boshqarishda noaniq korrelyatsiya o‘tkazish.
4.
Opsionlar bilan bog‘liq risklar.
Aktiv va passivlar muddatlari bo‘yicha o‘zgarishi opsion 
bitimlarda foiz risklarini keltirib chiqaradi.
Tijorat banklarida foiz riski deganda, bankning sof foydasi 
qisqarishi riskidan to foiz stavkalari darajasining o‘zgarishi 
natijasida uning kapitali qiymatining yo‘qolishigacha, natijada jalb 
qilingan 
mablag‘larning o‘rtacha qiymati joylashtirilgan 
mablag‘lar qiymatidan oshib ketishi holatiga olib kelish jarayonini 
tushunish kerak. Bunday holatda foiz riski kredit tashkiloti 
moliyaviy holatining foiz stavkasining salbiy o‘zgarishiga duchor 
bo‘lishi darajasini aks yettiradi. Bankning foiz riskini qabul qilish 
normal holat bo‘lib, u qo‘shimcha foyda olishda manba sifatida 
xizmat qiladi. Foiz riski, odatda, pul bozorining kelgusi holati 
haqida noto‘g‘ri axborot olish, shuningdek, makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi, ya’ni inflyatsiya, byudjet defitsiti 
hajmi, YaIM va boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi natijasida 
paydo bo‘ladi.
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo‘limi 
hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo‘yicha 
belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyi-
dagi 3 omillarni o‘z ichiga oladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta 
moliyalashtirish stavkasi;
2. kredit resurslari (o‘z va jalb qilingan mablag‘lari) 
manbalari;
3. kreditlash, qarzdorlar turlari va yo‘nalishlari. 
Foiz riskini baholashda foiz marjasidan foydalaniladi.
Foiz marjasi deganda,
 
daromad keltiruvchi aktivlar bo‘yicha 


97 
foiz daromadlar bilan bankning majburiyatlari bo‘yicha foizli 
xarajatlari o‘rtasidagi farq tushuniladi.
Foiz marjasi quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilinadi: 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish