Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

4-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki 
taraqqiyot bosqichlari
Ilk davlatchilikning asosiy omillari. Dastlabki shaharsozlik 
madaniyati 
 
 
Yangi tosh asriga kelib, O‘rta Osiyo hududlarida dehqonchilikning 
paydo bo‘lishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini 
yanada 
tezlashtirdi. 
Bronza 
davriga 
kelib 
dehqonchilikdan 


49 
chorvachilikning 
ajralib 
chiqishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik 
xo‘jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, 
mehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab 
chiqaruvchi xo‘jalikning paydo bo‘lishi va jadallik bilan rivojlanishi o‘z 
navbatida ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo, umuman O‘zbekiston hududlarida dastlabki 
davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon 
bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda. Bu o‘rinda ushbu jarayonga asosiy 
turtki bo‘lib, yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda 
muhimdir. Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik 
O‘rta 
Osiyo 
xo‘jaligining 
asosini 
tashkil 
etgan. 
Sug‘orma 
dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi 
o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida 
qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun’iy sug‘orishga 
asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosi hisoblanib, bu 
jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning janubida 
bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi hududlarida esa ilk 
temir davrida shakllanib rivojlandi. O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari 
sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) 
oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo 
vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi 
dastlabki davlatlar -Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida 
ham kuzatish mumkin.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki 
davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, 
O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davriga oid 
yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo‘ton, Qiziltepa, Anov, Ko‘zaliqir, 
Afrosiyob, Daratepa, Chust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi 
xo‘jalik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib o‘rganilgan. 
Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada 
oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi. 
So‘nggi bronza davriga kelib, kulolchilik charxining keng ishlatila 
boshlanishi natijasida turli shakldagi yuqori sifatli sopol idishlar ishlab 
chiqarila boshlanadi. Kulolchilikning rivojlanishi natijasida Sopolli, 
Oltintepa, Gonur, Jarqo‘ton, Afrosiyob kabilarda kulolchilik mahallalari 
paydo bo‘ladi. Shuningdek, hunarmandchilikning toshga, metalga, 
yog‘ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi. 
Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida 


50 
shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, davlatchilik paydo bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan 
qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi. 
Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq 
va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. 
Dastavval shuni aytish joizki, O‘rta Osiyo hududlarida yashagan aholi 
qadimgi davrlardan boshlab o‘zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. 
Bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va 
janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash 
va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o‘rinda o‘sha davrda 
shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo‘llarning ahamiyati 
beqiyos bo‘ldi. O‘rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo‘shni 
davlatlar bilan ham o‘zaro aloqalarni rivojlantirganlar. Bu o‘rinda shuni 
ta’kidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon (Tojikiston) lojuvard toshlari 
mil avv. III ming yillikdayoq, Mesopotamiya va Misr shaharlarida 
nihoyatda, qadrlangan va bu hududlar bilan o‘zaro mol ayirboshlash 
munosabatlari o‘rnatilgan. Undan tashqari, Mesopotamiya, Misr, 
Hindiston, Eron, O‘rta Osiyo yodgorliklaridagi so‘nggi bronza va ilk 
temir davri topilmalaridagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar, bu hududlar 
o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradiki, bu 
jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mil avv. III - II ming yillliklarga kelib O‘rta Osiyo jamiyatida sodir 
bo‘lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu hududlarda ilk shaharlarning 
paydo bo‘lishiga imkon yaratdi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, 
ilk shaharlar paydo bo‘lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng 
muhim va asosiy omil bo‘lib, bu ikkala jarayon uzviy bog‘liq holda 
kechgan. 
Ma’lumki, mil.avv. II ming yillikka kelib qadimgi O‘zbekistonning 
dehqonchilik vohalarida o‘troq qabilalar rivojlanib aholining alohida 
joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar - o‘troq 
dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, 
hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv 
tizimining murakkablashib borishi, o‘zaro almashinuv, savdo-sotiq va 
madaniy 
aloqalarning 
kuchayishi hamda harbiy-siyosiy 
vaziyat 
O‘zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo‘lishida 
asosiy omillardan hisoblanadi. 
O‘lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi 
ham jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan 
rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining 


51 
shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o‘tgan. 
O‘zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar 
xarobalarini topib tekshirdilar. Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning 
dalolat berishicha bu ko‘hna shaharlar ba’zilarining yoshi 2 700-3000 
yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqand), Qiziltepa 
(Surxon vohasi), Uzunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo vohasi) va 
boshqalar kiradi. Bu ko‘hna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand 
(Afrosiyob-Maraqanda), 
Kitob-Shahrisabz 
(Uzunqir) 
yoki 
Qarshi 
(Yerqo‘rg‘on) hududlarida davom etdi. 
O‘lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari 
quyidagilardan iborat: 

aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab 
yoyilishi;

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish