O‘lkamiz hududlaridagi qadimgi mahalliy aholi va o‘zbek xalqining
shakllanish bosqichlari
O‘rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida turkiy etnik guruhlar juda
katta ahamiyatga ega bo‘lganligi va bu qatlamning ildizlari juda qadimiy
ekanligi
arxeologik
ma’lumotlar
asosida
isbotlanmoqda.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bronza davriga kelib O‘rta Osiyoning
41
janubiy viloyatlarida baland bo‘yli, yuzi tor irqning vakillari tarqalgan.
Shimoliy dasht va cho‘l hududlarida esa janub aholisidan farq qiluvchi
boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho‘ziq bo‘lmagan qabilalar
yashaganlar. Fanda janubiy qiyofali odamlar O‘rta Yer dengizi irqining
vakillari deb ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg‘oniston,
O‘rta Osiyo, Hindiston kabi katta geografik hududga yoyilganlar.
Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog‘iston, O‘rta
Osiyoning shimoli-sharqiy qismida Ural, Volga bo‘yi yerlarigacha
tarqalgan.
A. Sagdullayevning tadqiqotlariga ko‘ra, bronza davriga kelib, O‘rta
Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar
vakillarining qo‘shilish jarayoni boshlanadi hamda aynan mana shu
davrda, o‘lkamizda yashab o‘tgan bronza davri qabilalari, O‘rta
Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar. Bu davr o‘lkamiz
hududlarida murakkab etnik-madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgani bilan
izohlanadi. Xususan, janubiy hududlardagi hosildor vohalar o‘troq
dehqonchilik aholisi tomonidan o‘zlashtirila boshlagan bo‘lsa, shimoliy
viloyatlarda ko‘chmanchi chorvador qabilalar tarqala boshlaydi.
Ko‘chmanchi chorvadorlar va o‘troq aholining uzviy munosabatlari
asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-etnik jarayonlar avj oladi.
Mil. avv. II ming yillikning o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyo
hududlariga shimoli-sharqdan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi yangi
etnik guruhlar kirib kela boshlaydi. Mahalliy madaniyatdan farqlanuvchi
bu guruhlar madaniyati tadqiqotchilar tomonidan “Tozabog‘yob
madaniyati” nomi bilan fanga kiritilgan.
Tozabog‘yob ko‘rinishidagi yodgorliklar keyinchalik Zarafshon
daryosinng quyi havzasi hududlaridan topib o‘rganildi. Xuddi shunga
o‘xshash etnoslarning izlari Toshkent vohasidan, Farg‘ona vodiysidan va
shimoliy Baqtriyaning tog‘li va tog‘oldi hududlaridan topib o‘rganilgan.
Juda katta hududlardan, xususan, Qozog‘iston cho‘llari, Oltoy, Janubiy
Sibir, Uraloldi hududlaridan tekshirilgan o‘ziga xos madaniyat “Andronov
madaniyati” nomi bilan fanga kiritilgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning
e’tirof etishlaricha, bu madaniyat sohiblari bronza davridayoq turkiy tilda
so‘zlashganlar.
O‘zbekiston O‘rta Osiyoning qadimdan o‘troq dehqonchilik
madaniyati o‘choqlari tarkib topgan hududda joylashganligi boy
arxeologik va me’morchilik madaniyatlari bilan izohlanadi. Farg‘ona
vodiysining Selung‘ur g‘oridan topilgan qadimgi tosh davriga oid
topilmalar va Teshiktoshdan topilgan o‘rta paleolit davriga oid odamzod
42
qoldiqlari, bizning yurtimiz Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir
qatorda insoniyat paydo bo‘lgan hududlar tarkibiga kirganligini hozirgi
kunda uzil-kesil isbotlaydi. Shuningdek, mezolit davriga oid Machay
g‘oridan topilgan yodgorliklar, neolit davriga oid ovchilik va baliqchilik
madaniyatini o‘zida ask ettiruvchi Kaltaminor, janubdagi ilk dehqonchilik
madaniyatiga oid bo‘lgan Joytun, Hisor tog‘ madaniyati, bronza davriga
oid
bo‘lgan
xilma-xil-Zamonbobo, Sopolli, Jarqo‘ton, Sarazm,
Suvyorgan, Chust madaniyatlari o‘lkamizda qadimgi ajdodlarimiz
xo‘jaligining jadallik bilan rivojlanganligini isbotlaydi.
O‘lkamizdagi qadimgi aholi tosh va bronza davrida qanday nom
bilan atalganliklari bizga noma’lum. O‘rta Osiyo aholisi haqidagi
ma’lumotlar dastlabki marta Sharq va yunon-rim manbalarida tilga
olinadi. Yunon tarixchilari ma’lumotlariga qaraganda, Yevrosiyoning
katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy “skiflar” nomi bilan
ataladi. Gerodot, “bu xalq qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi”, deb
yuqori baho bergan edi. Pliniy esa, O‘rta Osiyo hududlarida 20 ga yaqin
qabilalar borligi xususida eslatib o‘tadi.Yozma manbalarda skiflarning
ikkita yirik qabilasi: saklar va massagetlar xususida ko‘proq eslatiladi.
Ahmoniylar mixxat yozuvlarida saklar uchta qismga (xaumavarka,
tigraxauda, tiay-tara-darayya) bo‘lib ko‘rsatiladi. Massagetlar xususida
ham turli fikrlar mavjud bo‘lib, ular mahalliy chorvador-harbiy qabilalar
bo‘lganligi ta’kidlanadi. Ammo, yozma manbalar bu xalqlar va
qabilalarning qaysi irqqa mansubligi haqida ma’lumot bermaydi.
Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan O‘rta Osiyo, jumladan,
O‘zbekiston qadimgi davrlardagi mongoloid irqi shakllangan hududga
kiradi, degan ilmiy yondashuv noto‘g‘ri va asossiz ekanligi so‘nggi
yillardagi antropologik ma’lumotlar natijasida aniqlandi. T. Xo‘jayovning
fikricha, o‘zbek xalqining kelib chiqish taixini o‘rganishni qancha erta
davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib
kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan
davri va uning nisbiy miqdori to‘g‘risida shunchalik keng fikr yurita
olamiz.
O‘zbek xalqiga xos O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i irqining
shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona
fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi
bir guruh tadqiqotchilar bundan 3 ming yil ilgari shakllangan desa,
uchunchi guruh olimlari esa, XVI asrda shakllandi, deb hisoblar edilar.
Keyingi yillardagi boy arxeologik topilmalar natijasida tadqiqotchilar
43
O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i irqining shakllanishi bundan 2200-2300 yil
ilgari boshlanganligini asoslab berdilar.
Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda o‘zbek xalqining shakllanishida
sakkizta muhim davr sanab o‘tiladi. Bular qatorida Ahmoniylar,
Makedoniyalik Iskandar, Arab xalifaligi, Mo‘g‘ullar istilosi tilga olinadi.
Haqiqatan, bu zabt etishlar O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqlari
madaniyatiga, tiliga, turmush tarziga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlarni irqiy va etnik tarixiga bo‘lgan
ta’siri kam ekanligini ta’kidlash joiz. Antropologik nuqtai nazardan ular
mahalliy xalq “qonini” yoki genetikasini tubdan o‘zgartira olmadilar. Ular
son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etgan mahalliy aholi tarkibiga singib
ketganlar. Bu o‘rinda mahalliy (substrat) va kelgindi (superstrat) aholi
orasidagi o‘zaro munosabatlarning fanda ma’lum holatlarini eslatib o‘tish
joiz. Ya’ni, ko‘p sonli mahalliy aholi tarkibiga kelgindi guruhlarning
singib ketishi; kelgindi guruhlarning mahalliy aholidan ustun bo‘lishi;
kelgindi aholi teng sonli bo‘lishi va nihoyat, mahalliy va kelgindi xalqlar
aralashuvi natijasida ikkalasiga ham o‘xshash yangi xalq, guruh, elat
paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. T. Xo‘jayovning maxsus antropologik
tadqiqotlariga qaraganda, barcha tarixiy davrlarda mahalliy xalq kelgindi
aholidan hamisha ustun bo‘lgan.
Ilk temir davridan boshlab (mil. avv. IX-VII asrlar), o‘lkamizning
qadimgi dehqonchilik vohalarida yashovchi o‘troq aholi o‘zlari yashab
turgan hudud nomlari bilan atala boshlaganlar. Bular So‘g‘diyonadagi-
so‘g‘diylar, qadimgi Xorazmdagi- xorazmiylar, qadimgi Baqtriyadagi-
baxtarlar, qadimgi Chochdagi-chochliklar, Farg‘onadagi-parkanaliklardir.
Bu tarixiy nomlarning ayrimlarini ilk yozma manbalarda, xususan,
zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da, Ahamoniylar
mixxatlarida, yunon-rim mualliflari asarlarida uchratish mumkin.
Antropologik izlanishlar natijalariga tayanib, o‘zbek xalqining kelib
chiqishi tarixida muhim ahamiyat kasb etgan uch tarixiy davrga alohida
to‘xtalib o‘tish zarur. Birinchidan, mil. avv. III-II asrlarda O‘rta Osiyo
dasht mintaqalarida hozirgi o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa
shakllana boshlagan. Bu esa fanda yaqingacha keng tarqalgan fikrlar,
ya’ni o‘zbeklarga xos O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i irqi avvalo, Volga
daryosi bo‘ylarida va Uralda sarmat qabilalari tarkibida shakllanib
tarqaldi, degan hamda bu irq Baykal ko‘li atrofida va Mo‘g‘uliston
cho‘llarida shakllanib, tayyor holda mahalliy aholiga o‘z irqini tarqatdi,
degan fikrlardan voz kechishni taqozo etadi.
44
So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida o‘zbeklarga xos
antropologik qiyofa, dastavval, Sirdaryoning o‘rta havzasi tumanlarida,
ya’ni Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, qisman Xorazm va Janubiy
Qozog‘istonning Chimkent viloyatlarida, Yettisuv mintaqasida mil. avv. I
ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi.
Mil. avv. III-II asrlarda bu aholi bir necha yo‘nalishda O‘rta
Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlariga kirib borgan. Ushbu
antropologik tadqiqotlar natijalari yozma manbalarda ma’lum bo‘lgan
xalqlarning janubga yurishi va Yunon-Baqtriya davlatining istilo etilishi
hamda Buyuk Kushon saltanatining barpo bo‘lish davriga mos keladi.
Antropologiya bu yurish haqida quyidagi ma’lumotlarni beradi.
Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi cho‘l aholisi Sirdaryo quyi oqimidan
Markaziy Qizilqum orqali (Uchquduq, Tomdi, Yuzquduq, Ko‘kpatosh),
Samarqand atroflariga (Kattaqo‘rg‘on, Orlat), so‘ngra Qashqadaryoning
Qarshi shahri atroflari (Yerqo‘rg‘on) orqali Surxondaryo viloyatidagi
(Qo‘hna Termiz, Dalvarzin, Shohtepa, Ayrtom) qadimgi shahar va
qishloqlarga kirib joylashganlar. Keyinchalik ular janubiy Tojikistonga
o‘tib ketganlar. Ularning ikkinchi guruhi qadimiy Buxoro vohasi orqali
Turkmanistonning janubiy viloyatlariga, bir qismi esa hozirgi Shimoliy
Afg‘onistonning Shibirg‘on shahri atroflarigacha yetib borgan (Tillatepa).
Natijada o‘zbeklar va tekisliklarda yashovchi tojiklarga xos pomir-
farg‘ona antropologik unsur O‘rta Osiyoda keng tarqalgan.
O‘zbek xalqi shakllanishidagi ikkinchi muhim davr - bu IX-XII
asrlar hisoblanadi. Bu davrda O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda
hozirgi o‘zbeklarga xos qiyofa, mahalliy aholining asosiy qismini tashkil
etadi. Antropolog T. Xo‘jayov tadqiqotlariga qaraganda, IX asrga kelib
aholining antropologik qiyofasida keskin o‘zgarishlar yuz berganligi
kuzatiladi. Bu o‘zgarishlarni arxeologik tadqiqotlar natijalari ham
tasdiqlaydi. Jumladan, marhumlarni astodonlarda ko‘mish marosimlari,
aholi orasida keng tarqalgan bosh shaklini sun’iy o‘zgartirish odatlari
yo‘qoladi. Antropologik tadqiqotlar natijalardan xulosa chiqaradigan
bo‘lsak o‘zbeklarning elat sifatida shakllanish davri IX-X asrlarga oid
deyishga jiddiy asoslar bor.
Fanda mo‘g‘ul istilosi O‘rta Osiyo aholisini keskin mo‘g‘ullashtirib,
o‘zgartirib yubordi, degan fikr keng tarqalgan. Lekin, tadqiqotchilarimiz
bu masalaga ham oydinlik kiritdilar. Mo‘g‘ul istilosi O‘zbekiston
aholisining tashqi qiyofasiga sezilarli izlarni qoldirmaganligini ta’kidlab
o‘tish joizdir. Sababi, Chingizxon XIII asr boshida tashkil etgan yirik
mo‘g‘ul davlatida mug‘ullar soni taxminan 0,7 million kishidan iborat
45
bo‘lgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka olingan bo‘lsa, unda uning
qo‘shinlari soni 100-110 ming kishidan iborat bo‘lgan. Lekin, o‘sha
davrda mug‘ullar qo‘shinlarining ko‘p qismini yo‘qotganlar. Ular O‘rta
Osiyoga bostirib kelganida qo‘shinlarning ko‘pchiligi turkiy xalqlardan
tashkil topganligi ma’lum. Bu davrda Muhammad Xorazmshoh davlatida
20 million aholi yashagan. Mo‘g‘ul qo‘shinlari ko‘p sonli mahalliy aholi
tarkibiga o‘z asoratini o‘tkaza olmagan. Shuning uchun ham mahalliy
aholida mo‘g‘ul irqi alomatlari deyarli namoyon bo‘lmaganligini ko‘rish
mumkin.
O‘zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri
va XVI asr hisoblanadi. Bu davrda Dashti Qipchoq o‘zbeklari O‘rta
Osiyoga kirib keladi va ular mahalliy aholiga o‘z nomini beradi.
Shunday qilib, o‘zbek xalqini etnik shakllanishi uzoq davom etgan
murakkab jarayondir. O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘zbekiston
hududida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy
so‘g‘diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar, qang‘lilar va
dovonliklar tashkil qilgan. Turli davrlarda turli maqsadlarda kirib kelgan
qabilalar, elatlar va xalqlar davr o‘tishi bilan mahalliy aholiga o‘z ta’sirini
qisman o‘tkazgan. Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish lozimki, o‘zbek
xalqi shakllanish jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi
tashqaridan kelgan aholiga nisbatan doimo ustunlik qilgan. Kelgindi aholi
mahalliy aholiga o‘z tilini berganligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Lekin
antropologik nuqtai nazardan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi
ko‘rinishini tubdan o‘zgartira olmadi. Misol uchun, keyingi ikki ming yil
davomida O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda mahalliy aholining tili
uch marta o‘zgardi-sharqiy eron tillari o‘rniga g‘arbiy eron tillari (fors tili)
va milodning boshlaridan turkiy tillar keng tarqala boshladi. Ammo
mahalliy xalqning “qoni”, ya’ni genetikasi aytarli o‘zgarmadi va qadimiy
xalqlarimizga xos antropologik xususiyatlar shu kunlarga qadar saqlanib
kelmoqda, O‘zbek xalqining kelib chiqish asosini qadimgi davrlardan
boshlab o‘lkamiz hududlarida yashab kelgan mahalliy xalqlar tashkil
etgan. Ikki yarim ming yil davomida mahalliy aholiga kelib qo‘shilgan
turkiy tilli elat va xalqlar o‘zbek xalqi shakllanishida asosiy tarkibiy qism
sifatida qatnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |