International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https :
econferencezone.org June 15 th 2022 32
daraxt ham nobud boʻladi. Bahorda bunday zararlangan daraxtlardagi kurtaklar yoziladi, ilk bargchalar paydo
boʻladi, lekin tez orada ular soʻlib quriydi va toʻkilib ketadi. Bu holat koʻproq olma, baʼzi terak turlarida
kuzatiladi. Baʼzi hollarda qattiq sovuqlar natijasida daraxt tanasida yoriqlar paydo boʻlishi mumkin.
Yorugʻlik. Yorugʻlik yashil oʻsimliklar hayotida eng asosiy va zarur omillardan hisoblanadi va u yer sharidagi
barcha tirik mavjudotning hayotini mavjudligini taʼminlovchidir. Yorugʻliksiz fotosintez jarayoni amalga
oshmaydi, oʻsimliklar ham karbonat angidrid gazini oʻzlashtira olmaydi va kislorod ajralib chiqmaydi. Yer
sharining turli geografik mintaqalarida yorugʻlik kuchi har xil boʻladi. U nafaqat yil davomida balki bir kecha
kunduzning oʻzida ham oʻzgarib turadi. Qutb kenliklarida qishda kun qisqa, tun uzoq boʻladi. Yoz paytida
yorugʻ davr ekvatordagi kengliklardagiga nisbatan uzoq boʻladi. Qutb kengliklarida ekvator kengliklaridagi
qaraganda yorugʻlikning sifati assimilyatsiya uchun ancha qulay. Shuning uchun yerning moʻtadil iqlimli
poyasida quyosh energiyasi ekvatordagiga nisbatan koʻp. Lekin yorugʻlik oʻsimliklarni geografik tarqalishi
uchun hech qanday chegara boʻla olmaydi. Shunday qilib yer yuzidagi barcha oʻsimliklarda kechadigan
fiziologik jarayonlarning manbai quyosh nuri energiyasidir. Quyosh atrof muhitga 3.71*1026 Vt nurli
energiya sochadi. Ammo yerning 1 km2 sirtiga uning 3.3*103 Vt energiyasigina yetib keladi. Quyosh
radiatsiyasi yer sirtiga yetib kelguncha atmosferada qisman yutiladi, sochiladi va qisman yer sirtidan yoki
bulutlardan qaytadi. Oʻsimliklarning hayotiy faoliyatini taʼminlovchi jarayonlar uchun toʻlqin uzunligi 4 mkm
dan kichik qisqa toʻlqinli radiatsiya muhimdir. Fotosintez jarayonida quyoshdan keladigan barcha toʻlqin
uzunligidagi radiatsiyadan faqat 0.38-0.71 mkm dagilari ahamiyatlidir. Fotosintez jarayoni quyidagicha
tenglamada ifodalanadi:
6CO2+6H2O (quyosh energiyasi) C6H12O6+6O2
Namlik. Namlik yashil oʻsimliklar hayotidagi eng muhim ekologik omillardan biri hisoblanadi.
Oʻsimliklarning 90% ni suv tashkil etadi va shu sababli ham ular suvsizlikka chidamsiz boʻladi, uzoq davom
etuvchi suvsizlikda tez qurib qoladilar. Maʼlumki oʻsimliklar ildizi orqali turli mineral moddalarga boy
boʻlgan suvni oʻzlashtiradi. Bu suv organik moddalar sinteziga, transpiratsiya uchun va oʻsimlikni turgor
holatini saqlab turish uchun oʻsimlik toʻqima va hujayralarida saqlanadi. Oʻsimliklardagi transpiratsiya
jarayoni uchun ayniqsa koʻp suv sarflanadi. Daraxt va butalarda transpiratsiya jarayoni uchun suv sarfi
turlichadir. Transpiratsiya intensivligi oʻsimlikning biologik xususiyatlariga, tuproq namligiga koʻproq
bogʻliq boʻladi. Ninabargli daraxt turlari yaproqbarglilarga nisbatan suvni 4-5-marta sekin bugʻlatadi.
Transpiratsiya jadalligi tuproq namligiga chambarchas bogʻliqdir: namlik miqdori oshgan sari transpiratsiya
ham jadal surʼatlarda kechadi. Transpiratsiya jadalligi daraxt turining shox-shabbasi hajmiga ham bogʻliqdir,
chunki barg plastinkasi maydoni qanchalik koʻp boʻlsa transpiratsiya shunchalik kuchli kechadi. Daraxt-buta
oʻsimliklarining suvga boʻlgan talabiga koʻra quyidagicha guruhlarga ajratiladi.
Havo. Havo oʻsimliklar hayoti uchun zarur omillaridan biri hisoblanadi, ayniqsa havo tarkibidagi kislorod,
azot va karbonat angidrid gazi oʻsimliklarda sodir boʻluvchi muhim fiziologik jarayonlar uchun zarur
elementlar hisoblanadi. Fotosintez jarayonida quyosh nuri taʼsirida karbonat angidrid bilan suvdan organik
moddalar hosil boʻladi:
6CO2+6H2O(quyosh energiyasi) → C6H12O6+6O2
Ushbu reaksiya natijasida glyukoza hosil boʻladi va erkin kislorod ajralib chiqadi. CO2 gazi tabiatda doimiy
aylanib yuradi. Dunyodagi barcha oʻsimliklar bir yilda atmosfera va gidrosferadan bu gazning 1/50 qismini
oʻzlashtiradi, demak bu gazning oʻrni toʻldirilib turilmasa oʻsimliklar tez vaqtda barcha CO2 zahirasini
oʻzlashtirib tugatadi. Ushbu gaz yonishdan, hayvonot olami, oʻsimliklar nafas olishidan,
mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari natijasida hamda mineral manbalar va vulqonlardan doimiy
ravishda ajralib chiqib turadi, uning miqdori ayniqsa koʻp millionli yirik shaharlar va sanoat markazlari
atrofidagi havoda koʻp boʻladi. Havoda CO2 gazidan tashqari boshqa gazlar ham uchraydi, masalan
toshkoʻmirni koʻplab metallurgiya sanoatida ishlatish natijasida atmosferaga koʻplab oltingugurt oksidi ajralib
chiqadi. Bu gaz oʻsimlik dunyosiga zararli taʼsir koʻrsatadi. Oltingugurt oksidi “kislotali yomgʻirlar” paydo
boʻlishiga olib keladi. Ninabargli daraxtlardan yevropa qoraqaragʻay, oq qaragʻayi, oddiy qaragʻay,
yaproqlilardan qoraqayin, eman, shumtol va oq qayin kabilar ayniqsa ushbu gaz taʼsiriga chidamsizdir. Terak,
tilogʻoch, qayragʻoch, zarang va sariq akatsiya qisman chidamlidir.
Shamol. Shamolning oʻsimlik dunyosiga koʻrsatadigan taʼsiri ham serqirradir. Shamol oʻsimliklarni suv
bugʻlatishiga mexanikaviy taʼsir koʻrsatadi. CO2 gazini atmosferada teng taqsimlanishini taʼminlaydi.