June 15 th 2022 31 manzarali o’simliklarga ta’sir etuvchi ekologik omillarning ta’siri va hususiyatlari



Download 195,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.10.2022
Hajmi195,74 Kb.
#852391
  1   2   3


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
June 15
th
2022 
31 
MANZARALI O’SIMLIKLARGA TA’SIR ETUVCHI EKOLOGIK 
OMILLARNING TA’SIRI VA HUSUSIYATLARI 
 
Dotsent, (PHD): Turdiev S.A 
Talaba va magistrantlar: Xo‘shbakova M.A, 
Isroilov G‘.M 
Toshkent davlat agrar universiteti. 
Annotatsiya
. Yer sharida global ekologik muammolar avj olib borar ekan ushbu halokatli holatlarni tabiiy 
yoʻllar bilan bartaraf etish asosiy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Ushbu jarayonlarda faqatgina 
oʻsimliklar dunyosi vakillarigina ushbu halokatlarni oldini olishi va qarshi kurashishi koʻpchilikka ayon boʻlib 
boʻldi. Bu esa oʻz navbatida oʻsimlikl;ar dunyosi vakillarini va ularning turli ta’sirlarga qay darajada 
chidamliligini oʻrganish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 
Kalit soʻzlar
: harorat, optimal harorat, morfologik belgilar, yorugʻlik, qutb kengliklari, fiziologik jarayonlar, 
fotosintez 
Harorat. Yer yuzida turli geografik zonalarda turlicha iqlim zonalari vujudga kelgan, turlicha harorat rejimi 
mavjud va ular maʼlum qonuniyatlarga bogʻliqdir. Shimoliy qutbdan ekvator chizigʻiga tomon haroratni 
koʻtarilib borishi va shu sababli ular oraligʻida turli iqlim zonalari hosil boʻlishi yaqqol koʻzga chalinib turadi. 
Togʻli joylarda harorat mintaqalari vertikal tus olib, dengiz sathidan koʻtarilgan sari oʻrtacha harorat pasayadi, 
namlik miqdori ortib boradi. Harorat boshqa ekologik omillar, shu jumladan, namlik rejimi bilan birgalikda 
iqlim mintaqalari hodisalarini murakkablashtirish mumkin, buning natijasida ushbu hududdagi oʻsimlik 
dunyosi tabiati ham oʻzgaradi. Tundra, oʻrmon, dasht, choʻl hamda tropik oʻrmonzorlardagi daraxt buta 
oʻsimliklarning xilma-xilligi aynan ana shu ikki omil harorat va namlikka bogʻliq ekanligini koʻrsatib turibdi. 
Xarorat oʻsimliklarni geografik tarqalishiga taʼsir koʻrsatsada, morfologik belgilari oʻzgarishiga taʼsir eta 
olmaydi. Har bir daraxt-buta turi uchun uchta: optimal, past va yuqori harorat chegarasini belgilash mumkin. 
Optimal harorat oʻsimliklarning talabiga toʻgʻri keladigan boʻlib, ularning yaxshi oʻsishi va rivojlanishi, turli 
fiziologik jarayonlarning yaxshi borishi uchun qulaylik tugʻdiradi. Maʼlum bir tur uchun xos boʻlgan turli 
fiziologik jarayonlar uchun harorat chegarasi har xil boʻlishi mumkin. Masalan, qoraqaragʻay va oqqaragʻay 
4-10 C haroratda yaxshi oʻsadi, 10 C dan yuqorida gullaydi. Qandagʻoch, togʻterak, oʻrmon yongʻogʻi, tol 
pastroq haroratda gullaydi, oʻsishi uchun boʻlsa yuqoriroq harorat talab etadi.Yashil oʻsimliklardagi barcha 
fiziologik jarayonlar maksimal haroratga yaqin boʻlgan sharoitda kechadi. Chunki har qaysi oʻsimlik oʻziga 
xos maʼlum oʻrtacha haroratda oʻsib rivojlanadi. Koʻpchilik daraxt-butalarning urugʻlari fiziologik tinim 
davriga ega boʻlganlari uchun, ularni unib chiqishi uchun maʼlum vaqt sovuq haroratda saqlash lozim. Sovuq 
harorat ushbu urugʻlarni unishga tayyorgarlik jarayonini yaxshi kechishi uchun zarurdir. Bunday urugʻlar 
kuzda koʻchatzorga sepilganda ular qishki mavsumda tuproq ustki qatlamini muzlashi, ularning tinim davridan 
chiqishiga yordam beradi va urugʻlar birinchi bahorning oʻzidayoq qiygʻos unib chiqadi. Qish yumshoq 
kelgan yillar urugʻlar unishi ikkinchi bahorgacha choʻzilib ketadi. Kuzda sepilgan urugʻlar oʻziga xos tabiiy 
stratifikatsiya jarayonini kechiradi. Agar urugʻlar kuzda sepilmasa, ular bahorda ekishdan oldin ivitiladi, hoʻl 
qumda 1-2 oy saqlanadi yaʼni stratifikatsiya qilinadi. Agar harorat haddan tashqari yuqori boʻlsa, hujayra 
protoplazmasi quyulib baʼzan qurib ham qoladi. Oʻsimlik tanasida suv kam boʻlgan paytlarda yuqori haroratga 
chidamli boʻladi. Shuningdek choʻl-dasht oʻsimliklari tinim holatiga oʻtganda ham yuqori haroratga 
chidamliligi ortadi. Past harorat ham oʻsimliklarga turlicha taʼsir etadi. Ayrim tropik oʻsimliklar 5 C da ham 
zararlanishi mumkin, harorat 0 C dan past boʻlsa, ular batamom nobud boʻladi. Ayrim oʻsimliklar aksincha, 
past haroratga juda chidamli boʻladi. Masalan, daur tilogʻochi Sibirning shimoliy qismida eng sovuq nuqta 
sovuq polyusi, Verxoyanskda qishki -75 C sovuqlarga chidaydi. Oʻsimlik sovuqdan zararlanganda xujayrasi 
tarkibidagi suv muz kristallariga aylanib qoladi, natijada u nobud boʻladi. Quruqroq yerlarda oʻsadigan va 
tanasida suv kam boʻladigan oʻsimliklar past haroratga chidamli boʻladi, chunki ularning xujayrasi tarkibidagi 
suv kam va sershira boʻlib, muzlamaydi. Baʼzan daraxtlarning tinim holatidagi kurtaklari saqlanib qolib, tana 
va shoxlarining kambiysi zararlanadi. Bu hol daraxt uchun juda xavfli, albatta, chunki bunday zararlangan 



Download 195,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish