June 15 th 2022 31 manzarali o’simliklarga ta’sir etuvchi ekologik omillarning ta’siri va hususiyatlari


International Conference on Developments in Education



Download 195,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.10.2022
Hajmi195,74 Kb.
#852391
1   2   3
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
June 15
th
2022 
32 
daraxt ham nobud boʻladi. Bahorda bunday zararlangan daraxtlardagi kurtaklar yoziladi, ilk bargchalar paydo 
boʻladi, lekin tez orada ular soʻlib quriydi va toʻkilib ketadi. Bu holat koʻproq olma, baʼzi terak turlarida 
kuzatiladi. Baʼzi hollarda qattiq sovuqlar natijasida daraxt tanasida yoriqlar paydo boʻlishi mumkin.
Yorugʻlik. Yorugʻlik yashil oʻsimliklar hayotida eng asosiy va zarur omillardan hisoblanadi va u yer sharidagi 
barcha tirik mavjudotning hayotini mavjudligini taʼminlovchidir. Yorugʻliksiz fotosintez jarayoni amalga 
oshmaydi, oʻsimliklar ham karbonat angidrid gazini oʻzlashtira olmaydi va kislorod ajralib chiqmaydi. Yer 
sharining turli geografik mintaqalarida yorugʻlik kuchi har xil boʻladi. U nafaqat yil davomida balki bir kecha 
kunduzning oʻzida ham oʻzgarib turadi. Qutb kenliklarida qishda kun qisqa, tun uzoq boʻladi. Yoz paytida 
yorugʻ davr ekvatordagi kengliklardagiga nisbatan uzoq boʻladi. Qutb kengliklarida ekvator kengliklaridagi 
qaraganda yorugʻlikning sifati assimilyatsiya uchun ancha qulay. Shuning uchun yerning moʻtadil iqlimli 
poyasida quyosh energiyasi ekvatordagiga nisbatan koʻp. Lekin yorugʻlik oʻsimliklarni geografik tarqalishi 
uchun hech qanday chegara boʻla olmaydi. Shunday qilib yer yuzidagi barcha oʻsimliklarda kechadigan 
fiziologik jarayonlarning manbai quyosh nuri energiyasidir. Quyosh atrof muhitga 3.71*1026 Vt nurli 
energiya sochadi. Ammo yerning 1 km2 sirtiga uning 3.3*103 Vt energiyasigina yetib keladi. Quyosh 
radiatsiyasi yer sirtiga yetib kelguncha atmosferada qisman yutiladi, sochiladi va qisman yer sirtidan yoki 
bulutlardan qaytadi. Oʻsimliklarning hayotiy faoliyatini taʼminlovchi jarayonlar uchun toʻlqin uzunligi 4 mkm 
dan kichik qisqa toʻlqinli radiatsiya muhimdir. Fotosintez jarayonida quyoshdan keladigan barcha toʻlqin 
uzunligidagi radiatsiyadan faqat 0.38-0.71 mkm dagilari ahamiyatlidir. Fotosintez jarayoni quyidagicha 
tenglamada ifodalanadi:
6CO2+6H2O (quyosh energiyasi) C6H12O6+6O2 
Namlik. Namlik yashil oʻsimliklar hayotidagi eng muhim ekologik omillardan biri hisoblanadi. 
Oʻsimliklarning 90% ni suv tashkil etadi va shu sababli ham ular suvsizlikka chidamsiz boʻladi, uzoq davom 
etuvchi suvsizlikda tez qurib qoladilar. Maʼlumki oʻsimliklar ildizi orqali turli mineral moddalarga boy 
boʻlgan suvni oʻzlashtiradi. Bu suv organik moddalar sinteziga, transpiratsiya uchun va oʻsimlikni turgor 
holatini saqlab turish uchun oʻsimlik toʻqima va hujayralarida saqlanadi. Oʻsimliklardagi transpiratsiya 
jarayoni uchun ayniqsa koʻp suv sarflanadi. Daraxt va butalarda transpiratsiya jarayoni uchun suv sarfi 
turlichadir. Transpiratsiya intensivligi oʻsimlikning biologik xususiyatlariga, tuproq namligiga koʻproq 
bogʻliq boʻladi. Ninabargli daraxt turlari yaproqbarglilarga nisbatan suvni 4-5-marta sekin bugʻlatadi. 
Transpiratsiya jadalligi tuproq namligiga chambarchas bogʻliqdir: namlik miqdori oshgan sari transpiratsiya 
ham jadal surʼatlarda kechadi. Transpiratsiya jadalligi daraxt turining shox-shabbasi hajmiga ham bogʻliqdir, 
chunki barg plastinkasi maydoni qanchalik koʻp boʻlsa transpiratsiya shunchalik kuchli kechadi. Daraxt-buta 
oʻsimliklarining suvga boʻlgan talabiga koʻra quyidagicha guruhlarga ajratiladi. 
Havo. Havo oʻsimliklar hayoti uchun zarur omillaridan biri hisoblanadi, ayniqsa havo tarkibidagi kislorod, 
azot va karbonat angidrid gazi oʻsimliklarda sodir boʻluvchi muhim fiziologik jarayonlar uchun zarur 
elementlar hisoblanadi. Fotosintez jarayonida quyosh nuri taʼsirida karbonat angidrid bilan suvdan organik 
moddalar hosil boʻladi: 
6CO2+6H2O(quyosh energiyasi) → C6H12O6+6O2 
Ushbu reaksiya natijasida glyukoza hosil boʻladi va erkin kislorod ajralib chiqadi. CO2 gazi tabiatda doimiy 
aylanib yuradi. Dunyodagi barcha oʻsimliklar bir yilda atmosfera va gidrosferadan bu gazning 1/50 qismini 
oʻzlashtiradi, demak bu gazning oʻrni toʻldirilib turilmasa oʻsimliklar tez vaqtda barcha CO2 zahirasini 
oʻzlashtirib tugatadi. Ushbu gaz yonishdan, hayvonot olami, oʻsimliklar nafas olishidan, 
mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari natijasida hamda mineral manbalar va vulqonlardan doimiy 
ravishda ajralib chiqib turadi, uning miqdori ayniqsa koʻp millionli yirik shaharlar va sanoat markazlari 
atrofidagi havoda koʻp boʻladi. Havoda CO2 gazidan tashqari boshqa gazlar ham uchraydi, masalan 
toshkoʻmirni koʻplab metallurgiya sanoatida ishlatish natijasida atmosferaga koʻplab oltingugurt oksidi ajralib 
chiqadi. Bu gaz oʻsimlik dunyosiga zararli taʼsir koʻrsatadi. Oltingugurt oksidi “kislotali yomgʻirlar” paydo 
boʻlishiga olib keladi. Ninabargli daraxtlardan yevropa qoraqaragʻay, oq qaragʻayi, oddiy qaragʻay, 
yaproqlilardan qoraqayin, eman, shumtol va oq qayin kabilar ayniqsa ushbu gaz taʼsiriga chidamsizdir. Terak, 
tilogʻoch, qayragʻoch, zarang va sariq akatsiya qisman chidamlidir. 
Shamol. Shamolning oʻsimlik dunyosiga koʻrsatadigan taʼsiri ham serqirradir. Shamol oʻsimliklarni suv 
bugʻlatishiga mexanikaviy taʼsir koʻrsatadi. CO2 gazini atmosferada teng taqsimlanishini taʼminlaydi. 



Download 195,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish