International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
June 15
th
2022
31
MANZARALI O’SIMLIKLARGA TA’SIR ETUVCHI EKOLOGIK
OMILLARNING TA’SIRI VA HUSUSIYATLARI
Dotsent, (PHD): Turdiev S.A
Talaba va magistrantlar: Xo‘shbakova M.A,
Isroilov G‘.M
Toshkent davlat agrar universiteti.
Annotatsiya
. Yer sharida global ekologik muammolar avj olib borar ekan ushbu halokatli holatlarni tabiiy
yoʻllar bilan bartaraf etish asosiy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Ushbu jarayonlarda faqatgina
oʻsimliklar dunyosi vakillarigina ushbu halokatlarni oldini olishi va qarshi kurashishi koʻpchilikka ayon boʻlib
boʻldi. Bu esa oʻz navbatida oʻsimlikl;ar dunyosi vakillarini va ularning turli ta’sirlarga
qay darajada
chidamliligini oʻrganish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Kalit soʻzlar
: harorat, optimal harorat, morfologik belgilar, yorugʻlik, qutb
kengliklari, fiziologik jarayonlar,
fotosintez
Harorat. Yer yuzida turli geografik zonalarda turlicha iqlim zonalari vujudga kelgan, turlicha harorat rejimi
mavjud va ular maʼlum qonuniyatlarga bogʻliqdir. Shimoliy qutbdan ekvator chizigʻiga
tomon haroratni
koʻtarilib borishi va shu sababli ular oraligʻida turli iqlim zonalari hosil boʻlishi yaqqol koʻzga chalinib turadi.
Togʻli joylarda harorat mintaqalari vertikal tus olib, dengiz sathidan koʻtarilgan sari oʻrtacha harorat pasayadi,
namlik miqdori ortib boradi. Harorat boshqa ekologik omillar, shu jumladan, namlik rejimi bilan birgalikda
iqlim mintaqalari hodisalarini murakkablashtirish mumkin, buning natijasida ushbu hududdagi oʻsimlik
dunyosi tabiati ham oʻzgaradi. Tundra, oʻrmon, dasht, choʻl hamda tropik oʻrmonzorlardagi
daraxt buta
oʻsimliklarning xilma-xilligi aynan ana shu ikki omil harorat va namlikka bogʻliq ekanligini koʻrsatib turibdi.
Xarorat oʻsimliklarni geografik tarqalishiga taʼsir koʻrsatsada, morfologik belgilari oʻzgarishiga taʼsir eta
olmaydi. Har bir daraxt-buta turi uchun uchta: optimal, past va yuqori harorat chegarasini belgilash mumkin.
Optimal harorat oʻsimliklarning talabiga toʻgʻri keladigan boʻlib, ularning yaxshi oʻsishi va rivojlanishi, turli
fiziologik jarayonlarning yaxshi borishi uchun qulaylik tugʻdiradi. Maʼlum bir tur uchun xos boʻlgan turli
fiziologik jarayonlar uchun harorat chegarasi har xil boʻlishi mumkin. Masalan, qoraqaragʻay va oqqaragʻay
4-10 C haroratda yaxshi oʻsadi, 10 C dan yuqorida gullaydi. Qandagʻoch, togʻterak, oʻrmon yongʻogʻi, tol
pastroq haroratda gullaydi, oʻsishi uchun boʻlsa yuqoriroq harorat talab etadi.Yashil oʻsimliklardagi barcha
fiziologik jarayonlar maksimal haroratga yaqin boʻlgan sharoitda kechadi. Chunki har qaysi oʻsimlik oʻziga
xos maʼlum oʻrtacha haroratda oʻsib rivojlanadi. Koʻpchilik daraxt-butalarning urugʻlari fiziologik tinim
davriga ega boʻlganlari uchun, ularni unib chiqishi uchun maʼlum vaqt sovuq haroratda saqlash lozim. Sovuq
harorat ushbu urugʻlarni unishga tayyorgarlik jarayonini yaxshi kechishi uchun zarurdir. Bunday urugʻlar
kuzda koʻchatzorga sepilganda ular qishki mavsumda tuproq ustki qatlamini muzlashi, ularning tinim davridan
chiqishiga yordam beradi va urugʻlar birinchi bahorning oʻzidayoq qiygʻos unib chiqadi.
Qish yumshoq
kelgan yillar urugʻlar unishi ikkinchi bahorgacha choʻzilib ketadi. Kuzda sepilgan urugʻlar oʻziga xos tabiiy
stratifikatsiya jarayonini kechiradi. Agar urugʻlar kuzda sepilmasa, ular bahorda ekishdan oldin ivitiladi, hoʻl
qumda 1-2 oy saqlanadi yaʼni stratifikatsiya qilinadi. Agar harorat haddan tashqari yuqori boʻlsa,
hujayra
protoplazmasi quyulib baʼzan qurib ham qoladi. Oʻsimlik tanasida suv kam boʻlgan paytlarda yuqori haroratga
chidamli boʻladi. Shuningdek choʻl-dasht oʻsimliklari tinim holatiga oʻtganda ham yuqori haroratga
chidamliligi ortadi. Past harorat ham oʻsimliklarga turlicha taʼsir etadi. Ayrim tropik oʻsimliklar 5 C da ham
zararlanishi mumkin, harorat 0 C dan past boʻlsa, ular batamom nobud boʻladi. Ayrim oʻsimliklar aksincha,
past haroratga juda chidamli boʻladi. Masalan, daur tilogʻochi Sibirning shimoliy qismida eng sovuq nuqta
sovuq polyusi, Verxoyanskda qishki -75 C sovuqlarga chidaydi. Oʻsimlik sovuqdan zararlanganda xujayrasi
tarkibidagi suv muz kristallariga aylanib qoladi, natijada u nobud boʻladi. Quruqroq yerlarda oʻsadigan va
tanasida suv kam boʻladigan oʻsimliklar past haroratga chidamli boʻladi, chunki ularning xujayrasi tarkibidagi
suv kam va sershira boʻlib, muzlamaydi. Baʼzan daraxtlarning tinim holatidagi kurtaklari saqlanib qolib, tana
va shoxlarining kambiysi zararlanadi. Bu hol
daraxt uchun juda xavfli, albatta, chunki bunday zararlangan