0 “0 ‘zbekiston
tadbirkorlari: muam molar,
fikrlar, ijtimoiy portret”
ijtim oiy
tadqiqoti, ITM, 2006. 6 Masai an, Surxondaryo va Q ashqadaryo viioyatining ayrim
m aktablarida o'qituvchilanung saikarn 30 foizi tugailangan oliy m a’Sumotga ega
emaslar.
31
bilimlari yetarli emas. Biznesning kadrlar tayyorlashga b o ‘lgan
ehtiyoji davlat ta ’lim muassasalarining bunday talabni qondirish
qobiliyatidan ancha yuqori va tezkor b o ‘lmoqda.
Bunday shart-sharoitlarda mehnat bozoridagi talab bilan kadrlar
tayyorlashni muvozanatga keltirish qiyin. Natijada k o ‘p sonli
mutaxassislar tayyorlangani holda ijtimoiy soha tarmoqlarida
(sog‘liqni saqlash, ta ’lim) shtatlaming to ‘ldirilmaslik muammosi
saqlanib qolmoqda6. Sanoat korxonalari uchun muhandis-texnik
xodimlar, kichik biznes sohasi uchun malakali va tajribali
menejerlaming yetishmovchiligi sezilmoqda. M ehnat bozori
ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash boshqa sohalarda
ham muammoligicha qolmoqda.
Byudjet m ablag‘lari cheklangan va oliy ta ’limga talab ortib
borayotgan hozirgi sharoitda davlat ta ’lim muassasalari bilan bir
qatorda nodavlat ta ’lim sektorining ham ish olib borishi
raqobatning
rivojlani shiga
k o ‘maklashadi.
Biroq
raqobatni
rivojlantirish KTMD maqsadlaridan biri etib belgilanganiga
qaramasdan O 'zbekistonda bugungi kunda bironta ham xususiy
oliy o ‘quv yurti ro ‘yxatdan o ‘tkazilmagan.
Amaldagi qonunchilikdagi mavjud ziddiyatlar tijorat asosidagi
ta ’lim muassasalarim tashkil etish va ulam ing faoliyatini y o ‘lga
qo‘yish imkoniyatini amalda yo ‘qqa chiqaradi. 0 ‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to ‘g ‘risida”gi Qonuni 6-moddasiga
muvofiq nodavlat ta ’lim muassasasi, u 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar M ahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat
ro ‘yxatidan o ‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqiga va
ta ’lim faoliyatini k o ‘rsatish huquqiga ega boTadi. Biroq nodavlat
ta ’lim muassasasi o ‘z faoliyatini boshlashi uchun litsenziya olishi
lozim. 0 ‘z navbatida Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi
100-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat ta ’lim muassasalari
faoliyatini litsenziyalash to ‘g‘risida nizom”ning 8-moddasiga
muvofiq litsenziya olish uchun ta ’lim muassasasi litsenziya
berishni so‘rab murojaat qilgunga qadar yuridik shaxs maqomiga
ega b o ‘lishi zarur.
Natijada muammolaming bir-biriga bog‘liq xalqasi vujudga
kelmoqda: litsenziya olish uchun yuridik shaxs maqomiga ega
32
b o ‘lish lozim, ammo qonun b o ‘yicha unga akkreditatsiyadan keyin
ega b o ‘linadi. Akkreditatsiyani esa ta ’lim sifati belgilangan
standartlar va talablarga javob berishi isbotlanganidan keyin, y a’ni
talabalaming birinchi chiqarilishi amalga oshirilganidan keyingina
olish mumkin. Xususiy oliy o ‘quv yurtlarini tashkil etish borasida
aniq qonunchilik bazasining mavjud emasligi tufayli litsenziya
olishni so‘rab Vazirlar Mahkamasi va Davlat test markaziga7
qilingan murojaatlar k o ‘rib ehiqilmasdan qolib ketmoqda.
0 ‘zbekistonda ta ’lim tizimini isloh qilish jarayonida ijobiy chet
el tajribasiga tayangan holda vasiylar va kuzatish kengashlarini
tashkil
etish
yo‘li
bilan
asta-sekin
ta ’lim
muassasalarini
jam oatchilik tomonidan boshqarish tizimi joriy etilmoqda.
U lam ing tarkibi, Nizomga muvofiq ta ’sischi tashkilotlar, mahalliy
hokimiyat
idoralari,
tadbirkorlar
doiralari,
jamoatchilik
tashkilotlari, jam g ‘armalar va homiylar tarkibidan shakllantirilib,
oliy o ‘quv yurtlari ular orqali o ‘z muammolarini mustaqil ravishda
hal qilishlari mumkin. Bugungi kunda bunday Kengashlar
Samarqand Davlat universiteti, Navoiy tog‘ instituti, Toshkent
davlat texnika universiteti va boshqa ayrim oliy o ‘quv yurtlarida
mavjud. Vazirlar M ahkamasining alohida qarori bilan Toshkent
Davlat universiteti 0 ‘zbekiston M illiy universitetiga aylantirilgan
ham da unga ayrim tashkiliy va moliyaviy masalalami mustaqil hal
qilish borasida qator vakolatlar berilgan. Bu qisman mustaqillik
y o ‘lidagi dastlabki va hozircha yagona qadamdir.
Biroq vasiylik va kuzatuv kengashlarining oliy o ‘quv yurtlari
hayotidagi to ‘la qonli faoliyati haqida so ‘z yuritishga hali erta.
K o ‘pchilik oliy o ‘quv yurtlarida vasiylik va kuzatuv kengashlari
hatto rasman tuzilmagan ham. 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy ta ’lim
muassasasining Vasiylik kengashi to ‘g ‘risidagi Nizomda «Kengash
oliy ta ’lim muassasasini jam oatchilik y o ‘li bilan boshqarishning
doimiy ish olib boradigan tavsiya organi hisoblanishi” qayd
etilgan. Shu tariqa oliy o ‘quv yurtining Vasiylik kengashi
qonunchilik yo‘li bilan o ‘z maqomiga k o ‘ra rektorat huzuridagi
ijtimoiy-maslahat organiga tenglashtirilib q o ‘yilgan bo ‘lib, uning
' T a’lim sifatini nazorat qiiuvchi ishchi organ.
33
asosiy vazifasi oliy o ‘quv yiirti m a’muriyatining kundalik
faoliyatida yordam k o ‘rsatishdan iboratdir.
0 ‘zbekistonda
ta ’lim
sektorini
davlat
byudjetidan
moliyalashtirish uchta darajada amalga oshiriladi: respublika
(markaziy) byudjetidan, shuningdek viloyatlar va tumanlar
byudjetlaridan. Oliy ta ’lim, ta'lim muassasalari, akademik litseylar,
kasb-hunar kollejlari va xalq ta ’limi sohasi xodimlarini tayyorlash
ham da ularning malakasini oshirish b o ‘yicha mintaqaviy institutlar
respublika byudjetidan moliyalashtiriladi. T a ’lim xarajatlari tarkibi
davlat ta ’lim siyosatining ustuvorliklari haqida muayyan tasaw u r
beradi. Davlat xarajatlarining yarmidan ortig‘ini (65-70 foiz)
umumiy o ‘rta va o ‘rta-maxsus kasbiy ta ’lim xarajatlari tashkil
etadi.
0 ‘rta, umumiy va o ‘rta-maxsus t a ’limga ajratilgan xarajatlar
ulushining yuqoriligi eng avvalo mamlakatdagi demogiafik vaziyat
bilan b og‘liqdir. 2008-yilda aholi tarkibida 18 yoshgacha b o ‘lgan
bolalar 38, 1 foizni tashkil etgan b o ‘lib, ular maktabgacha tarbiya
muassasalari uchun potensial kontinget hamda o ‘rta ta ’lim
maktablari, litseylar va kollejlar o ‘quvchilari hisoblanishadi. Oliy
ta ’lim uchun davlat xarajatlari ulushi 1990-yil boshida ta ’lim
xarajatlarining 10 foizini tashkil qilgan b o ‘lsa, 2006-yilga kelib u
6, 4 foizgacha, YalM ga nisbatan esa tegishli ravishda 1 foizdan 0,
6 fizgacha qisqardi.
0 ‘zbekiston
mustaqillikka
erishganidan
so ‘ng
ta ’limni
moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish choralari
k o ‘rildi. Xususan, ta ’lim muassasalari byudjet daromadlarini
byudjetdan tashqari tushumlar bilan to ‘ldira boshladilar. Barcha
oliy o ‘quv yurtlarida kirish test sinovlarida davlat grantlarini olish
uchun yetarlicha ball to ‘play olmagan talablami to ‘lov shartnoma
asosida qabul qilish shakli joriy etildi.
T a’lim sohasini moliyalashtirishda uning rivojlanishiga xalqaro
donorlar va moliya muassasalari tomonidan k o ‘rsatilayotgan tashqi
yordam ham sezilarli rol o ‘ynaydi. 2000-yildan boshlab 2007-
yilning o ‘rtalarigacha 0 ‘zbekistonda umumiy miqdori 1 mlrd.
AQSH dollaridan ortiq b o ‘lgan 122 ta loyiha amalga oshirilgan,
bunda oliy ta ’lim tizimiga umumiy summaning 4, 19 foizi to ‘g ‘ri
34
keldi8. 2003-2007-yillarda sohaga umuman olganda darsliklar
chop etish va o ‘quv muassasalarini axborotlashtirishni ham qo‘shib
hisoblaganda 219, 62 mln.AQSH dollari ajratildi.
2000-2005-yillar davrida xarajatlar bir nafar talabaga nisbatan
olganda amalda deyarli o ‘zgarmadi. Ayni paytda bir nafar talabaga
nisbatan davlat xarajatlarining jud a oz miqdorda o ‘zgarish tamoyili
o‘qituvlar ish haqi va talabalar stipendiyalarini har yilgi
indeksatsiyalash bilan bog‘liq, bir nafar talabaga nisbatan
byudjetdan tashqari xarajatlaming kamayishi esa 2003-yilda
shartnoma
summalarini
indeksatsiya
qilinmaganligi
bilan
bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |