1 - BOB. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. “Xalqaro (global) menejment” kursining nazariy asoslari
“Xalqaro (global) menejment” kategoriyasiga ta’rif
berish uchun tovarlar va
xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va sotilishiga imkoniyat
yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro biznes tushunchasini anglab olish
zarur. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar,
nisbiy afzalliklar, mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli va bevosita xorijiy
investitsiyalarning tamoyillari hisoblanadi.
Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi
yuqori va ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan mamlakatda
tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq
ustunliklarga ega mamlakatdan boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek nisbiy
ustunliklar ham xalqaro biznesni rivojlantirishni rag’batlantiradi.
Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. Bu holda menejer
mutlaq ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni tanlashi
va uni ishlab chiqarish va
eksport qilishga kuch-quvvatlarni jamlashi zarur bo’ladi. Qolgan tovarlar va
xizmatlar esa faqat ichki bozor uchun mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning
bir qismi import hisobiga qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning
kombinatsiyasi har bir mamlakatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish
va davlat siyosati bilan birga turli mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida
yuqori obro’ni ta’minlaydi. Tajribaning ko’rsatishicha, AQSh korporatsiyalarining
passajir samoletlarini (“Boing” kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni (“IBM”
kompaniyasi), kompyuter dasturlari (“Maykrosoft” kompaniyasi),
atrof-muhit
muhofazasi uchun uskunalarni, o’g’itlarni ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshligi
shubhasiz. Jahon bozorlarida Germaniya firmalari avtomobillar, kimyoviy
mahsulotlar, qishloq xo’jalik mashinalari, optik asboblar, poligrafiya uskunalari kabi
tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon bozorlarida
uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari,
dengiz kemalari, avtomobillar,
maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyalari mashhurdir. Italiya
firmalari keramik va to’qimachilik mahsulotlarini, sport poyafzali, qadoqlash
uskunalarini ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.
Mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli tamoyili amerikalik iqtisodchi R.Vernan
tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiy tsikli nazariyasiga asoslanadi. U
ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar bilan chiqishda tez o’zgaruvchan
kon’yunktura va o’tkir raqobat kurashi sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga
qaratish maqsadida har qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi:
1-bosqich – yangilik kiritish. Mahsulotning konstruktiv xususiyatlari va texnik
xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la o’rganilmagan vaqtda talab qat’iy
emas,
bozor egallanmagan, yangi tovarga talab o’sishi sekinlashgan. Bu bosqichda
6
xaridorlar bozorda yangi molga e’tibor beradilar, va uning afzalliklarini baholab
boradilar, xaridlar hajmi sekin o’sadi.
2-bosqich – tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridor tomonidan tan
olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid
hajmining ko’payishi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga
qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi.
3-bosqich – bozorni to’ldirish. Xaridorlarning asosiy qismi bu tovarga bo’lgan
o’z ehtiyojlarini qondirib bo’ldi. Uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan
o’zlashtirila boshlandi. Va raqobat belgilari paydo bo’ladi.
4-bosqich – kamayish. Mahsulotning hayotiy tsiklini uzaytirish uchun uni
ishlab
chiqarish, nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo’lgan, ko’pincha
rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan uzatiladi. Bu
mamlakatlarga mahsulot eksporti, odatda, buyerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari
boshlangan. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi mahsulotni kelib chiqish
mamlakatidan import qilish qisqaradi.
Bevosita xorijiy investitsiyalar - bevosita sarmoyador firma va qabul qiluvchi
firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital
qo’yilmalar. Bu munosabatlarda bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi
mamlakatda korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning
faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy
investitsiyalar turli
mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich bosqichi
sifatida xizmat qilib, o’z ichiga shuningdek ular o’rtasidagi barcha keyingi
kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’ektlari sifatida asosiy
ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq firmalar ham faoliyat ko’rsatishi
mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish mamlakatini tanlashda
iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari, tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish
xarajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy
ustunliklar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi
Qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar asosan
daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida
ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi
moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar,
shu jumladan intellektual
mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday
daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: