Oyoq qabarig‘ining (panjalar usti) ichki qismi bilan to‘pni tepish
Bu usul turli masofalarda mo‘ljalga tepishlarda hamda uzoq va o‘rta oraliqlardan to‘pni
uzatish jarayonlarida qo‘llaniladi. To‘pni tepadigan oyoqning uzatish jarayonida mo‘ljal va to‘pga
nisbatan 45 burchaklikdan yuguriladi. To‘pni tepadigan oyoqning tebranishi maksimal. Tayanch
oyoq tizzalarda sal bukilgan. Gavda holati tayanch oyoq tomonga ozgina engashgan. Tizzaning
bukilishidan boshlanib boldirning keskin yozilishining qo‘llanilishi bilan to‘pni tepish harakati
boshlanadi. Oyoq muskullari taranglashgan, oyoq uchi pastga uzatilgan. To‘pning o‘rta qismiga
tepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |