Oyoq kafti burmasining tashqi va yon qismi bilan to‘pni tepish
Bu usul uzoq va o‘rta oraliqlardan to‘pni uzatishda qo‘llaniladi. To‘pni xilma-xil tepishlarda
bajarilish harakatlari ko‘proq qo‘llaniladi. To‘pga va mo‘ljalga nisbatan yugurib kelish bir chiziq
yo‘nalishda bo‘ladi. Oyoq tebranishi va zarba harakati oyoq /panjarasining/ orqa xamda old qismi
bilan bajariladi. Zarba berish vaqtida to‘p bilan tizza bo‘g‘imini tutashtirilgan shartli chiziq qat’iy
tik xolatda bo‘ladi. To‘pni tepish paytida oyoq kafti va boldiri ichki tomonga buraladi va to‘pga
oyoq kaftining bir muncha tegadigan holatda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |