Oyoq yuzasining ichki yon qismi bilan to‘pni tepish
Bunday usul to‘pni yaqin masofadan mo‘ljalni tepish va to‘pni o‘rtacha hamda qisqa
oraliqda uzatishda qo‘llaniladi. Bunda mo‘ljal, to‘p, yugurishni boshlanishi va yugurib kelish bir
chiziqda bo‘ladi. Yugurib kelishda yugurish qadamining siltov kuchi yordamida tizzani bukilishi
va tepadigan oyoqning oldinga yozilishi xamon zarb bilan tepish xarakati boshlanadi, to‘pni
yo‘nalishiga nisbatan muskullari taranglashgan oyoqlar tashqariga burilgan bo‘lib, tepish vaqtida
oyoq to‘g‘ri burchak holda bo‘ladi. Oyoq kaftining ichki qismi bilan to‘p tepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |