Dastlabki holat - asosiy turish, tirsakda yеngil bukilgan qo‘llar kaftini to‘pga qaratgan xolda
oldinga uzatiladi. Barmoqlar ozgina bukilgan va bo‘shashtirilgan /taranglamagan/. Oyoqlar ozgina
tizzalarda bukiladi va gavda oldinga engashadi. To‘p bilan to‘qnashishganda darvozabon uni
barmoqlar bilan ushlab qorniga yoki ko‘kragiga tortadi. Katta zarba bilan tepilgan to‘pni
(uchayotgan to‘pni) ushlashda gavdani oldinga engashish va oyoqlarni to‘g‘irlash hisobga olgan
holda orqaga egiluvchi harakat bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: