To‘pni tepadan tashlash
Bu to‘pni o‘yinga kiritish uchun keng qo‘llaniladigan usul. To‘pni sherigiga turli
yo‘nalishda, har xil oraliqda va yеtarlicha aniq uzatishga imkoniyat yaratadi.
Dastlabki holat - qadam qo‘yilgan xolatda turish. Darvozabonning yarim bukilgan va
ochilgan barmoqlari bilan kaftida erkin yotgan to‘pni ushlab turadi. To‘p tirsak bo‘g‘inlarida
bukilgan qo‘lda tebranib yon tomondan orqaga va yuqoriga bosh satxicha ko‘tariladi. Gavda xam
shu tomonga buriladi. Tana massasi orqada ozgina egilib turgan oyoqqa o‘tkaziladi. Gavdani
burilishi va orqada turgan oyoqni tez qo‘lni to‘g‘irlash xarakatini qilish kerak. Tashlash
barmoqlarni shiddatli harakati bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |