Futbol maydonining yon chiziqlaridan to‘pni o‘yinga kiritish
Bu tabiiy texnik usul maydon o‘yinchisining qo‘llari bilan bajariladi. Dastlabki holat -
qadam tashlash holatda yoki oyoqlar yеlka kengligida turadi. To‘p bilan qo‘llar tirsaklarda bukilib
tepaga ko‘tarilib bosh orqasida o‘tkaziladi. Tana massasi orqada turgan oyoqqa o‘tkazilib, oyoqlar
tizza bo‘g‘inlarida bukiladilar, gavda orqaga engashadi.
To‘pni tashlash qo‘l, gavda, oyoqlarning keskin to‘g‘rilanishi bilan tashlash tomon
yo‘nalishiga yakunlovchi barmoqlar zo‘r berishidan boshlanadi. Yakunlovchi fazani bajarishda
to‘pni tashlash qoidalariga rioya qilib futbolchi ikkala oyog‘ini yеrdan uzmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |