Tepadigan oyoqni to‘p ustida nolib o‘tib qochib ketish - fint
Bu fint usuli futbolchining oldida turgan o‘yinchiga xujum qilishda qo‘llaniladi. To‘p bilan
bo‘lgan o‘yinchi o‘zining tayyorlov harakatlari bilan chap tomonga yugurib o‘tishni ko‘rsatib
chapga tashlanadi va o‘ng oyog‘ini to‘p ustidan olib o‘tadi hamda gavdasini chap tomonga buradi.
Orqadagi raqib-o‘yinchi to‘pni ko‘rmasdan bu harakatga binoan u xam chapga tashlanadi. Bu
vaqtda to‘p bilan bo‘lgan o‘yinchi tezda yo‘nalishini o‘zgartirib o‘ng tomonga buriladi va oyoq
yuzasining tashqi qismi bilan oldinga uzatib qarama-qarshi tomonga (o‘ng tomonga) to‘p bilan
ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |