Tushayotgan to‘pni bosh bilan to‘xtatish.
Dastlabki holat - oyoq uchlarida tik turish, oyoqlar yеlka kengligida ochilgan yoki kichik
qadamda bo‘lish. To‘p tomon qarab bosh orqaga engashgan. Bosh to‘pga tegish vaqtida еgiluvchi
harakat oyoqlarni tizzalarda bukib, boshni yеlka ichiga tortish hisobga bajariladi.
Oyoq kaftining ichki qismi bilan to‘pni olib yurish.
Bu texnik usulni qo‘llashda futbol maydoni bo‘ylab yugurib oyoq panjaralari kaftining ichki
qismi bilan to‘pni ketma-ket tepib olib yurish hisobiga amalga oshiriladi. Oyoq panjaralari
kaftining ichki qismi bilan to‘pni olib yurish harakatining yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga
imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |