Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi. Mil.avv. XVIII 

asr da Shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalaridan 

biri bir necha shahar va davlatlarni birlashtirgan yirik davlat-

ni barpo qi lishga urinadi. Bu siyosiy birlashma Yamxad nomi-

ni oladi. Dastlab bu birlashma qabilalar ittifoqi shaklida edi.  

Uning asoschisi doimiy qarorgohga ega bo‘lmagan. Yamxad 

davlati shimolda Karxemishdan janubda Oront daryosigacha 

bo‘lgan bepoyon hududga hukmronlik qilgan (tax. mil.avv. XVII 

asrning II yarmida). Xalpa (hozirgi Aleppo) shahri poytaxt vazi-

fasini o‘tagan. Mesopotamiya shimolidagi Mari shahri bilan ser-

qatnov savdo aloqasi o‘rnatiladi. Mil.avv. XVII asrda Yamxad 

zaiflashib, tushkunlikka yuz tutadi. Mil.avv. 1600-yillar atrofi-

da Yamxad davlatini xettlar bosib oldilar.

Mil.avv. XVII–XIII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha 

shaharlarni birlashtirgan qudratli giksoslar ittifoqi vujudga ke-

ladi. Qo‘shinning zarbdor qismi jang aravalariga ega bo‘lgan 

giksoslar o‘z hokimiyatlarini Misrda o‘rnatdilar. Ular Falastin 

va Suriyada ham egalik qildilar. Giksoslar ittifoqiga Kadesh va 

Megiddo shaharlari ham kirdi. Giksoslar davlati qurama bo‘lib, 

unda semit qabilalari yetakchi o‘rinni egalladi. Bu davlat bir-

lashmasiga xurrit va xett qabilalari qo‘shildilar. 

Giksoslar Misrdan haydalgach, Falastin va Suriyaga che-

kinib, bu yerda yana qariyb yuz yil hukmronlik qildilar. Shi-

moliy Suriyada xettlar hokimiyatni qo‘lga oldilar, lekin tez 

orada Mitanni davlati bu hududni egallab oladi. Mil.avv. XVI 

asr oxiriga kelib, Sharqiy O‘rtayer dengizi Misr va Mitanni to-

monidan bo‘lib olinadi. Bu ikki davlat hududda to‘la hukm-

ronlikni qo‘lga kiritish uchun to‘xtovsiz urushlar olib boradi-

lar. Mil.avv. XV asr oxiriga kelib, bu raqobat Shimoliy Su-

riyaning Mitanniga, Janubiy Suriya va Falastinning Misrga 

o‘tishi bilan yakunlanadi. Mil.avv. XV–XIV asrlarda Sharqiy 



161

O‘rtayer dengizi siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urushlar girdobida 

qoladi. Bu hududda halokatga uchragan Mitanni davlatining 

o‘rniga xettlar keladi. Mil.avv. XIII–XII asr boshlarida Suriya 

va Falastin O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida egey-anatoliya xalqlari 

(«dengiz xalqlari») bosqiniga uchraydi. Ular Kipr, Karxemish 

va Ugarit flotini tor-mor qiladilar. 

Mil.avv. XII asrda ular (Suriya chegarasidagi savdo-hunar-

mandchilik markazi) Ugaritni batamom vayron qiladilar. Livan-

dagi Amurri davlatini tugatadilar. Sidon va Tir shaharlarini 

talon-taroj qiladilar. Shundan so‘ng ular mil.avv. 1180-yillar 

atrofida Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar hujumni qay-

taradilar. Misrdan uloqtirib tashlangan kelgindilar Falastin 

qirg‘og‘iga o‘rnashib, Filistim («Peleset») nomi bilan davlat tu-

zadilar. Tez orada ular bu yerdagi mahalliy aholining tili va 

madaniyatini o‘zlashtiradilar. Ularning nomidan «Falastin» 

nomi kelib chiqadi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish