7. Osuriya madaniyati. Osuriyaliklar birinchi zooparkni
yaratdilar. Qonunchilikni joriy qildilar. Bizgacha O‘rta Osu-
riya davrida yaratilgan qonunlar yetib kelgan. Bu qonunlar
asosida Osuriyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tasavvur qilish
mumkin. Osuriya yozuvni soddalashtirdi. Ular qamish qalam
bilan teriga loy, yog‘och taxtacha, papirusga, toshga, metallga,
ko‘za va qurollarga yozdilar. Qadimgi osur shahri Shadupum-
dan matematika va geometriya fanlaridan ma’lumot beradigan
loy taxtachalar topilgan. Ulardan birida to‘g‘ri uchburchaklarni
asoslaydigan teorema asoslanadi. Matematik jadvallar topilgan.
Ular yordamida ko‘paytirish, kvadrat ildiz chiqarish, turli dara-
jalarga ko‘tarish, bo‘lish va foiz chiqarish mumkin. Ashshel ku-
tubxonasida podsholar Asarxaddon va Sinaxxeriblarning har-
biy xizmatlari maqtalgan matnlar mavjud. Osur ayg‘oqchilari-
ning maxfiy ma’lumotlar matnlari, turli xo‘jalik huquqiy-iqti-
sodiy sohalar bo‘yicha ma’lumotlar arxiv qilingan. O‘z vaqtida
Gerodot har bir osur va bobillik fuqaro o‘z shaxsiy muhriga ega
deb ko‘rsatgan edi.
Osuriya tasviriy-san’atida inson obraziga o‘ziga xos yon-
dashilgan, go‘zallik va jasoratni yaratishga uriniladi. Barcha
relyef va haykallarda jismoniy kuch, sog‘lomlik rivojlangan
mus
kullarda, qalin va uzun jingalak sochlarda ifodalanadi.
Osurlar tasviriy san’atda harbiy janrni yaratdilar. Podsho sa-
roylari devorlaridagi relyeflarda rassomlar harbiy hayotni juda
nozik san’at bilan ifodaladilar. Ulkan jang manzaralari, jangovar
osurlarning dushmanni chekinishga majbur qilgani tasvirlanadi.
Saroy devorlaridagi alebastr taxtalarda ov, jang, harbiy yurish-
lar, saroy hayoti va diniy marosimlar o‘z aksini topgan. Ulug‘vor
yaratilgan saroyga kirishda qanotli ruhlar – podsho qo‘riqchi-
lari (haykallar) qo‘yilgan. Podsho saroylarida haykallarga alohi-
da e’tibor berilgan. Ular hayotiy tasvirlangan. Osurlar ning bosh
xudosi Ashshur qush patlari bilan qoplangan. Osurlar yarat-
gan romansning yoshi 3400 yilga teng. Osur musiqachilari ikki
nota chiqarganlar va yetti tovushli gammadan foydalanganlar.
156
Osurlar quyosh va suv soatlarini kashf qilganlar. Ular algebraga
asos soldilar, kvadrat va kub ildiz chiqarishni bilganlar. Ular oy
kalen darini yaratdilar, oy va yerning yaqinlashuvini, quyosh va
oy tutilishini oldindan aytganlar. Osuriya olimlari o‘simliklarni
tanlab, ularni tizimga solganlar, qishloq xo‘jaligida tadqiqot ish-
larini olib borganlar. Osurlar ilk zooparklarni tashkil qilganlar.
Osuriyaning madaniy yutuqlari tasodifan bo‘lgani yo‘q. Ular
o‘z janubiy qo‘shnilari Bobil madaniyatining hayotbaxsh ta’si-
ri ostida ilm-fan, madaniyatni rivojlantirdilar. Osurlar shumer
mixxatini soddalashtirdilar, bobil matematikasini o‘rganib o‘z
matematik ilmiy kashfiyotlarini amalga oshirdilar. Ilm-fan diniy
e’tiqod darga’si bo‘lgan osur kohinlari o‘z hamkasblari – bobil-
lik kohinlar bilan yaqin hamkorlik qildilar. Ular Mesopotamiya
orqali Kichik Osiyo, Misr bilan aloqa o‘rnatdilar. Osur kohinlari
o‘z kasbdoshlari bo‘lgan Misr, Bobil kohinlari bilan hamkorlik
qildilar. Poytaxt Nineviyadagi Ashshurbanipal kutubxonasidagi
Bobil adabiyotining eng noyob namunalari, jumladan, Bilgamesh
dostoni saqlanar edi. Osuriyaning mashhur hukmdori Ashshur-
banipal adabiyot ishqibozi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U shunday
yozuv qoldirgan: «Shumerlarning chiroyli, lekin tushunarsiz yo-
zuvlarini va akkadlarning chalkash matnlarini takrorlash men
uchun katta quvonch bo‘lar edi». Osuriyaliklar haykaltarosh-
lik san’atini yuksak darajada rivojlantirdilar. Osurlarning ilk
haykaltaroshlik namunalari Xabur qirg‘oqlarida topilgan sherlar
bo‘lib, keyin Nimrud va Xorsabad haykallari yaratilgan.
Osuriyada me’morchilik san’ati yuksak rivojlangan edi. Bo-
bil shahridan so‘ng Old Osiyoda aholi soni bo‘yicha (170 ming
kishi) ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Nineviyada hukmdorlarning ha-
shamatli saroylari, ulkan ibodatxonalar qurilgan. Ayniqsa, Sar-
gon II ning saroyi odam boshli, qanotli ulkan ho‘kiz haykallari
bilan bezatilgan. Osur saroylari relyef tasvirlarida dunyoviy
syujetlar yetakchi o‘rin tutadi. Tasvirlarda osur podsholarining
janglarda erishgan g‘alaba va yurishlari, kuch-qudrati o‘z ifo-
dasini topgan. Hukmdor ulug‘vor jiddiy yuz ifodasi bilan ovda,
jangda tasvirlangan. Soqolsiz haram og‘alari hamrohligida ma-
lika bilan dushman ustidan g‘alaba sharafiga bazmda tasvir-
lanadi. Relyeflarda podsho ishtirokida dushmanlarni qoziqqa
o‘tqazish, asirlarning tilini sug‘urib olish va terisini shilish tas-
virlanadi. Ovda yirtqich hayvonlar, bo‘kirayotgan sher, sahroda
tuya, yugurib ketayotgan otlar ajoyib, hayotiy ifodalanadi. Osur
harbiy san’ati yuksak darajada rivojlandi.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |