Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


O‘rta Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning II yarmi)



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. O‘rta Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning II yarmi). 

Mil.avv. 1353–1318-yillarda podsho Ashshurballit Osuriyani 

qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar 

tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada 

Osuriya xettlarni Yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, 

Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyat-

lari, bu yerdagi diniy markaz – Nineviya bosib olinadi. Mitanni, 

keyinchalik Bobil ham Osuriya ta’siri ostiga tushib qoladi. Osu-

riya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz yil 

davomida o‘zining talonchilik yurishlari, bosib olingan hudud-




147

lar aholisiga nisbatan shafqatsizligi bilan qo‘shni hududlarga 

qo‘rquv va dahshat tug‘diradi. 

Osuriya davlatining shakllanishi mil.avv. 1295–1264-yillarda 

hukmronlik qilgan podsho Adad-Nerari davrida tugallandi. U 

birinchi bo‘lib rasmiy ravishda o‘ziga podsho unvoni berib, Old 

Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo‘lgan «Buyuk pod-

sho» unvoniga da’vo qiladi



Adadneraruning o‘g‘li Salmanasar I 

(akkad tilida Shulmanu – ashared mil.avv. 1274–1245-yillar) 

otasining Mitanniga qarshi yurishlarini davom ettirdi. U yuqori 

Mesopotamiyani Karxemeshgacha Osuriyaga qo‘shib oldi. Sal-

manasar I ning o‘g‘li Tukulti-Ninurta I (mil.avv. 1244–1208-yil-

lar) Bobilga va Kavkazortiga g‘olibona harbiy yurishlar uyush-

tirdi. U Bobilni bosib olib, u yerga o‘z noibini tayinladi va Bobil 

shahridagi Esagila ibodatxonasidan xudo Mardukning hayka-

lini Ashshurga olib ketdi. Podsho Ash shur o‘rniga o‘zi uchun 

yangi poytaxt – Kar-Tukulti-Ninurta shahrini qurdirdi. Ammo 

hukmronligining so‘nggi yillarida xettlar va Bobil Osuriyani 

u bosib olgan hududlarning katta qismidan mahrum qildilar. 

Mamlakat uzoq urushlar natijasida zaiflashib qolib, ichki tar-

tibsizliklar yuz berdi. Mil.avv. XIII asrda Xett davlati osur sav-

dogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi. Misr Suriyada o‘z 

ta’siridan mahrum bo‘ldi. Mitanni davlati esa, Osuriya uchun 

g‘arbga chiqadigan yo‘lni butunlay yopadi. Mil.avv. XIII–XII asr 

boshlarida Osuriya Yuqori Mesopotamiyaning qo‘shni hudud-

larini to‘rt marta o‘ziga qo‘shib oldi va to‘rt marta yo‘qotdi.

Osur zodagonlari podshoning zaif tashqi siyosatidan noro-

zi bo‘lib, uni taxtdan tushirib, o‘ldirdilar. Osuriya tushkunlik-

ni boshdan kechiradi. Bolqon qabilalaridan bo‘lgan mushklar 

Frot daryosi vodiysiga kelib, Xett davlatini halokatga uchrat-

dilar. Keyin esa, elamliklarning hujumini qaytardilar. Qo‘shni 

Bobilning tazyiqi kuchaydi, bir qator hududlarni bosib oldi. 

Faqat Ash shur I dan (mil.avv. 1179–1134-yillar) Bobilga qarshi 

harbiy yurishlarni boshladi. Ammo tashqi siyosatda haqiqiy tub 

burilish podsho Ashshur – resh-ishi (mil.avv. 1133–1116-yil-

lar) davrida yuz berdi. Uning o‘limidan keyin Osuriya taxti-

ga kuchli siyosiy arbob Tikulti-anal-esharra ( Tiglatpalasar 

1115–1077-yillar) chiqdi. 

Podsho  Tiglatpalasar  I  (mil.avv.  1115–1077-yillar  atrofida) 

davrida xalqaro vaziyat Osuriya foydasiga o‘zgardi. Bu davrda 

Xett podsholigi halokatga uchrab, Misr siyosiy tarqoqlik tomon 

yo‘l tutdi. Osuriya qulay vaziyatdan foydalanib, Shimoliy Suriya 



148

va Shimoliy Finikiya, Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy qismini 

o‘z ta’siri ostiga oldi. Osuriyaning gullab-yashnashi mil.avv. 

XII–XI asrlarda Arabistondan oromiy qabilalarining bostirib ke-

lishi natijasida tugadi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish