Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

QADIMGI OSURIYA 

1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. 2. Qadimgi 

Osu riya davri (mil.avv. II ming yillikning I yarmi). 3. O‘rta 

Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning II yarmi). 4. Buyuk 

Osuriya harbiy davlati (mil.avv. I ming yillik). 5.Qo‘shin.  

6. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti. 7. Osuriya madaniyati.

1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. Mesopota-

miyadagi arxeologik qazishmalar XIX asr o‘rtalarida shimolda: 

dastlab qadimgi topilmalar bilan qiziqadigan ishqiboz kishi-

lar tomonidan, keyinchalik mutaxassis – arxeologlar tomoni-

dan amalga oshirildi. Ikki daryo oralig‘idagi birinchi shaharlar 

qachonlardir Osuriya davlati mavjud bo‘lgan shimolda paydo 

bo‘lgan edi. 1842-yil fransuz diplomati E.P. Botta mahalliy 

afsonalarda Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog‘liq bo‘lgan 

Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi, lekin hech qan-

day natijaga erishmadi. 1846–1847-yillarda ingliz diplomati  

G.A. Leyyard Nimrud tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning 

Kalxu shahri qoldiqlarini ochdi. Tepalikdan podsho saroylari, 

odam-ho‘kiz,  odam-sher  haykallari  va  badiiy  relyeflar  topil-

di. Y.P. Bottaning Kunjik qazishmalarini Leyard davom ettir-

di. 1847-yil Leyyard Kunjik tepaligidan Nineviya xarobalarini, 

jumladan, podsho Sinaxxerib (mil.avv. VII asr) saroyi, uning 

nevarasi Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi. 

Leyyardning shogirdi U. Rassam Kunjik tepaligidan podsho 

Ash shurbanipalning va harbiy manzaralar tasvirlangan, ajoyib 

relyeflar bilan bezatilgan saroyi va podshoning boy kutubxona-

sini ochdi. U Nimrud tepaligi yaqinidagi Balavatdan mil.avv. IX 

asrga oid yodgorliklar, jumladan, harbiy yurish va xiroj to‘lash 

manzarasi tasvirlangan Balavat darvozalari deb atalgan 4 ta jez 

taxtani topdi. Fransuz arxeologi V. Andre 1903–1914-yillarda 

Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho Ashshurba-

nipalning saroylari, ibodatxonalar qoldiqlarini, jumladan, oliy 

xudo Ashshur ibodatxonasi, podsho qabrlari, turar-joy bino-

lari va ko‘chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60-yillarida ar-

xeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy, xo‘jalik inshoot-

lari, ko‘pgina hujjatlarni topdilar. Osuriyashunoslikning yuz 




144

yillik tarixi davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi muammo-

lari o‘rganildi. 

Yevropa olimlari ko‘p yillik arxeologik qazishmalar natijasi-

da qadimgi Mesopotamiya davlati, jamiyati va boy madaniyati-

dan dalolat beradigan noyob yodgorliklarni topdilar. Topilgan 

yozma manbalar qadimgi Mesopotamiya davlatchiligi, ijti-

moiy-madaniy, siyosiy hayotini tasavvur qilishga yordam ber-

di. Mesopotamiya madaniyatining yo‘nalishlari, kelib chi qishi, 

mifologiya, adabiy yodgorliklar, san’atning o‘ziga xos xususi-

yatlari, ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi qator tadqiqotlar amalga 

 

oshirildi.



Tarix fanida XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tarixchi olim 

Me yerning sikl nazariyasi yetakchi o‘rin egalladi. Edvard Meyer 

har qanday sivilizatsiya siklik rivojlanib, ya’ni feodal tuzum-

dan boshlanib, kapitalizm darajasiga yetadi, keyin ichki qara-

ma-qarshiliklar tufayli halokatga uchraydi, shundan so‘ng sikl 

yana qaytariladi deb tushuntirdi. Shu sababli, XX asr bosh-

larida taniqli nemis osurshunoslari B.Maysner, P.Koshaker va 

boshqalar qadimgi Mesopotamiya tarixini feodal jamiyat deb 

baho berdilar. Faqat keyingi yillarda ijtimoiy tabaqalanish, 

xo‘jalikni tashkil qilish, shaharlar, savdo-hunarmandchilikning 

o‘rni, ibodatxonalar xo‘jaligi bo‘yicha muhim ijtimoiy-iqtisodiy 

tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L. Oppenxeym, I. Gelba va V. 

Leman asarlari) paydo bo‘ldi. Osurshunoslik markazlari dast-

lab Angliya va Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniyada 

paydo bo‘ldi. Gitler hokimiyatga kelgach, ko‘pgina osurshunos 

olimlar AQShga ko‘chib ketdilar. Hozir AQShda mashhur 

 

osurshunoslik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Angliya, Fran-



siya va Germaniyada ham osurshunoslik maktablari ilmiy tad-

qiqotlarni olib bormoqdalar.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish