QADIMGI OSURIYA
1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. 2. Qadimgi
Osu riya davri (mil.avv. II ming yillikning I yarmi). 3. O‘rta
Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning II yarmi). 4. Buyuk
Osuriya harbiy davlati (mil.avv. I ming yillik). 5.Qo‘shin.
6. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti. 7. Osuriya madaniyati.
1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. Mesopota-
miyadagi arxeologik qazishmalar XIX asr o‘rtalarida shimolda:
dastlab qadimgi topilmalar bilan qiziqadigan ishqiboz kishi-
lar tomonidan, keyinchalik mutaxassis – arxeologlar tomoni-
dan amalga oshirildi. Ikki daryo oralig‘idagi birinchi shaharlar
qachonlardir Osuriya davlati mavjud bo‘lgan shimolda paydo
bo‘lgan edi. 1842-yil fransuz diplomati E.P. Botta mahalliy
afsonalarda Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog‘liq bo‘lgan
Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi, lekin hech qan-
day natijaga erishmadi. 1846–1847-yillarda ingliz diplomati
G.A. Leyyard Nimrud tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning
Kalxu shahri qoldiqlarini ochdi. Tepalikdan podsho saroylari,
odam-ho‘kiz, odam-sher haykallari va badiiy relyeflar topil-
di. Y.P. Bottaning Kunjik qazishmalarini Leyard davom ettir-
di. 1847-yil Leyyard Kunjik tepaligidan Nineviya xarobalarini,
jumladan, podsho Sinaxxerib (mil.avv. VII asr) saroyi, uning
nevarasi Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi.
Leyyardning shogirdi U. Rassam Kunjik tepaligidan podsho
Ash shurbanipalning va harbiy manzaralar tasvirlangan, ajoyib
relyeflar bilan bezatilgan saroyi va podshoning boy kutubxona-
sini ochdi. U Nimrud tepaligi yaqinidagi Balavatdan mil.avv. IX
asrga oid yodgorliklar, jumladan, harbiy yurish va xiroj to‘lash
manzarasi tasvirlangan Balavat darvozalari deb atalgan 4 ta jez
taxtani topdi. Fransuz arxeologi V. Andre 1903–1914-yillarda
Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho Ashshurba-
nipalning saroylari, ibodatxonalar qoldiqlarini, jumladan, oliy
xudo Ashshur ibodatxonasi, podsho qabrlari, turar-joy bino-
lari va ko‘chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60-yillarida ar-
xeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy, xo‘jalik inshoot-
lari, ko‘pgina hujjatlarni topdilar. Osuriyashunoslikning yuz
144
yillik tarixi davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi muammo-
lari o‘rganildi.
Yevropa olimlari ko‘p yillik arxeologik qazishmalar natijasi-
da qadimgi Mesopotamiya davlati, jamiyati va boy madaniyati-
dan dalolat beradigan noyob yodgorliklarni topdilar. Topilgan
yozma manbalar qadimgi Mesopotamiya davlatchiligi, ijti-
moiy-madaniy, siyosiy hayotini tasavvur qilishga yordam ber-
di. Mesopotamiya madaniyatining yo‘nalishlari, kelib chi qishi,
mifologiya, adabiy yodgorliklar, san’atning o‘ziga xos xususi-
yatlari, ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi qator tadqiqotlar amalga
oshirildi.
Tarix fanida XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tarixchi olim
Me yerning sikl nazariyasi yetakchi o‘rin egalladi. Edvard Meyer
har qanday sivilizatsiya siklik rivojlanib, ya’ni feodal tuzum-
dan boshlanib, kapitalizm darajasiga yetadi, keyin ichki qara-
ma-qarshiliklar tufayli halokatga uchraydi, shundan so‘ng sikl
yana qaytariladi deb tushuntirdi. Shu sababli, XX asr bosh-
larida taniqli nemis osurshunoslari B.Maysner, P.Koshaker va
boshqalar qadimgi Mesopotamiya tarixini feodal jamiyat deb
baho berdilar. Faqat keyingi yillarda ijtimoiy tabaqalanish,
xo‘jalikni tashkil qilish, shaharlar, savdo-hunarmandchilikning
o‘rni, ibodatxonalar xo‘jaligi bo‘yicha muhim ijtimoiy-iqtisodiy
tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L. Oppenxeym, I. Gelba va V.
Leman asarlari) paydo bo‘ldi. Osurshunoslik markazlari dast-
lab Angliya va Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniyada
paydo bo‘ldi. Gitler hokimiyatga kelgach, ko‘pgina osurshunos
olimlar AQShga ko‘chib ketdilar. Hozir AQShda mashhur
osurshunoslik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Angliya, Fran-
siya va Germaniyada ham osurshunoslik maktablari ilmiy tad-
qiqotlarni olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |