Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Ellin Misri (mil.avv. 323–30-yillar)



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Ellin Misri (mil.avv. 323–30-yillar). Sharqdagi bosh-

qa ellin


 davlatlari kabi Misrda Ptolemeylar podsholigi ham bir 

necha ming yillik madaniyat va qadimiy an’analar rivojlangan 

qa dimgi Sharq mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida 

paydo bo‘ldi. Ptolemeylar davlati ellin davlatlari ichida eng boyi 

va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil davomida faol tash-

qi siyosat olib borib, Misrni haqiqiy imperiyaga aylantirdilar. 

Uning asosini Misrning an’anaviy tarixiy geografik chegaralari 

tashkil qildi. Ellin Misrining sharqiy chegaralari Ptolemeylar 

sulolasi hukmdorlarining tashqi siyosati yutuqlari va mag‘lubi-

yatlari bilan o‘zgarib turdi. Mil.avv. III asr boshlarida Ptolemey-

lar Misrdan tashqari, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ining bar-

cha orollarini nazorat qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya 

bilan bir necha urushlar natijasida mil.avv. II asr boshlarida 

bu hududlar Misrdan ajralib ketdi. Ptolemeylar davlati Misr, 

Kerenaika, Kipr, Janubiy Suriya, Finikiya, Kichik Osiyoning 

janubi-g‘arbiy yunon shaharlari bilan va Egey dengizining qa-

tor orollariga egalik qilgan. Davlat poytaxti Aleksandriya shahri 

bo‘lib, sharqiy O‘rtayer dengizining eng katta porti, savdo-hu-

narmandchilik va mmmadaniy markazi edi. 

Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining asoschisi 44 

yoshli Ptolemey I (mil.avv. 323–283-yillar) Lag makedon zoda-

gonining o‘g‘li, harbiy boshliq,  Aleksandrning safdoshi edi. U 

o‘zi keksayib, o‘z tabiiy o‘limi bilan vafot qilgan  Aleksandrn-

ing  birdan-bir  diadoxi  bo‘lgan.  Antik  mualliflar  Ptolemey  La-

gni So ter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar. Chunki u Misr xalqi-



426

ni  Aleksandr tayinlagan noib Kleomen



 zulmidan ozod qilgan 

hisoblanadi. Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari 

Ptolemey II (mil.avv. 247-yilda vafot etgan) Filadelf, Ptolemey III 

Everget


,  Plolemey IV Filopator (mil.avv. 222–205-yillar) Ptole-

mey V Epifan (mil.avv. 205–180-yillar) deyarli yuz yil davomida 

faol tashqi siyosat olib borib, ellin dunyosida yetakchilik qil-

ishga da’vo qildilar. Ular Misrni Old Osiyoda kuchli davlatga 

aylanti rishga bor kuchlarini sarfladilar. Lagning o‘g‘li  Plolemey 

I Soter mil.avv. 305-yil boshqa diadoxlar kabi o‘zini podsho deb 

e’lon qildi. O‘z o‘g‘li bo‘lajak podsho  Plolemey II Filadelf (sin-

glisini sevadigan) ni (mil.avv. 283–246-yillar) o‘zi bilan birga 

hukmdor deb e’lon qildi.  Plolemey II o‘zining opasi Arsinoyaga 

uylandi. Uning davrida Misrning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 

va siyosiy tuzumining yangi davrdagi asosiy belgilari shakllan-

di.  Plolemey II faol tashqi siyosat olib bordi, Misrdan ajralib 

ketgan Kirena va Makedoniya bilan urush olib bordi, Yunonis-

tonning ichki ishlariga aralashdi. Plolemey III Everget (mil.avv. 

246–222/221-yillar) Kirena malikasi Berenikaga uylanib, Kire-

nani Misrga qo‘shib oldi. Salavkiylar bilan urush olib borib, un-

ing poytaxti Orontdagi Antioxiya shaharini egalladi.  Plolemey III 

davrida Misr o‘z qudratini cho‘qqisiga chiqdi. Ptolemey V Epifan 

(mil.avv. 180-yil) o‘limidan so‘ng tashqi siyosatda qiyinchiliklar 

tug‘ila boshladi. Sharqda Rimning faol istilochilik urushlari 

Misrning siyosiy mustaqillik uchun jiddiy xavf tug‘dirdi. Natija-

da tushkunlikning uzoq davri boshlanib, mil.avv. 30-yilda Misr 

Rimning istilo qilishi bilan tugallandi.

Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida minglab yillar davom-

ida saqlanib qolgan an’anaviy, ma’muriy tizimni saqlab qoldi-

lar. Faqat yuqori lavozimlarda turgan fors va Misr amaldorlari-

ning o‘rniga yunon-makedonlar o‘tqazildi. Ptolemeylar qadim-

gi  fir’avn-podshoning  mutloq  hokimiyati, ko‘p  tarmoqli davlat 

apparati, ko‘p sonli amaldorlar, qat’iy markazlashgan davlat 

hokimiyati va uning mamlakat xo‘jalik hayotiga faol aralashu-

vini saqlab qoldilar. 

Yangi  sulola  Misr  fir’avnlaridan  mamlakatning  hududiy 

bo‘linishi, nom tizimini

 meros qilib oldilar. Faqat nomlar son-

larini o‘zgartirib, ularni qayta tashkil qildilar. Dastlab nomlar-

ni podsho tayinlagan nomarxlar boshqardilar. Mil.avv. III asr 

oxiridan nomarxlar qo‘lida hududning moliyaviy sohasigina 

qoldirilib, ularning oliy ma’muriy hokimiyati harbiy soha bilan 

boshqa mansabdor-strateglarga berildi. Ptolemeylar mamlakat-




427

ning iqtisodiyoti va mafkurasida muhim o‘rin tutgan mahalliy 

kohinlar  va  ibodatxonalar  mavqeyini  fir’avnlar  davridagidek, 

o‘zgarmagan holda saqlab qoldilar. Lekin ularning faoliyati dav-

lat nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning maxsus 

vakillari – epstatlar



 kohinlarning diniy va iqtisodiy faoliyati us-

tidan nazorat qilib turdilar. 

Yunon-makedonlarning kelishi arafasida Misrning iqtisodiy-

oti so‘nggi tosh davri ibtidoiy texnikasi darajasida bo‘lib, faqat-

gina qisman takomillashtirilgan mis va jez qurollariga asoslan-

gan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat xo‘jaligida 

haqiqiy to‘ntarish bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligida temir mehnat qu-

rollari paydo bo‘ldi. Bobildan ekin ekadigan moslama (seyalka) 

olib kelindi. Qishloq xo‘jaligida yangi texnik moslamalar-vino 

va zaytun yog‘ini olish uchun vintli press



  (Arximed vinti)dan 

foydalana boshlanishi dehqonlarning mehnatini yengillashtir-

di. Yangi ekinlar paydo bo‘ldi va ishlov beriladigan yer may-

donlarining hosildorligi keskin o‘sdi. Fir’avn Nexo kanali qayta 

tiklandi. Tashlab qo‘yilgan ko‘plab yerlar o‘zlashtirilib, sun’iy 

sug‘orish inshootlari qayta ishga tushirildi.

Hunarmandchilik shaharlarda rivojlanib, qishloq xo‘jaligi-

ga qaraganda, bu sohada qul mehnati keng qo‘llandi. Hunar-

mandchilik mahsulotlari bozor uchun ommaviy ravishda ishlab 

chiqarildi. Kemasozlik, uy-joy va jamoat binolarining qurilishi, 

metall va sopol idish-tovoqlar, gazlamalar, mebellar va zargar-

lik buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunar-

mandchilik mahsulotlari eksport qilindi. 

Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligini rivoj-

lantirish maqsadida o‘zining tanga pullari – oltin stater, ku-

mush tetradraxma va mis obollarni zarb qila boshladi. Oltin 

va kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil pul ayirboshlash 

davlat monopoliyasiga aylantirildi hamda chet el tanga pulla-

rini ishlatish taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida 

o‘ziga xos qog‘oz vazifasini bajargan papirusni ishlab chiqarish 

ham davlat monopoliyasiga aylantirildi. Ptolemey Aleksandri-

ya shahrini poytaxtga aylantirdi. Savdo-hunarmandchilikka 

homiylik qildi, flot va qo‘shinni kuchaytirdi. Gavan va kanallar 

qurdi.


Plolemey II (mil.avv. 283–247-yillar) davriga Aleksandriya 

haqiqiy ilm-fan o‘chog‘iga aylandi. Otasi boshlagan muzeyon 

qurilishini tugalladi. Keyin u otasi boshlagan kutubxona ki-

tob-qo‘lyozmalar jamg‘armasini 400 000 jildga yetkazdi. Ular ilk 




428

bor Iliada dostonini o‘zining qadimiy ko‘rinishida qayta tikladi-

lar.    Plolemey  II  vafoti  vaqtida  xazinada  740  000  talant  pul 

bo‘lgan. Appianning guvohligicha Misrning muntazam armiyasi 

200 000 piyodalar, 40 000 otliq, 2000 jangovar fil, 15000 kema, 

300  fil  bo‘lgan.  Finikiya,  Keleseriya,  Kirena  va  Kipr  Misrning 

tashqi provinsiyalari bo‘lgan. 

Mil.avv. III asr o‘rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo‘shinga 

ega edi. Ptolemeylarning asosiy raqiblari – Makedoniya, Bobil 

va Kichik Osiyodagi ba’zi davlatlar bo‘lgan. Ptolemey IV Filo-

pator davri Misr tashqi siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi 

bo‘ldi. Misrning mavqeyi Old Osiyoda kuchayib ketdi. Lekin bu 

vaqtinchalik edi. 

Mil.avv. I asr boshlarida Rimning mulklari Misr chegaralari-

gacha yetib bordi. Ptolemeylar sulolasini o‘zaro nizolar va xalq 

harakatlari  zaiflashtirdi.  Ptolemey  IX  mil.avv.  88-yil  Fivada 

boshlangan qo‘zg‘olonni 3 yildan so‘ng qo‘zg‘olon markazi 

bo‘lgan Fiva shahrini buzib tashlash bilan bostirdi. Mil.avv. 

70-yillardan Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol aralasha 

boshladi. Ptolemey sulolasining bir necha vakillari Rim yorda-

mi bilan hokimiyatni boshqardilar. Keyingi 15 yilda O‘rta Misr 

nomlarida norozilik harakati kuchaydi. Rim senatida bir necha 

bor Misrni bosib olish masalasi muhokama qilindi. Ammo hali 

kuchli bo‘lgan bu davlatga qarshi senat urush boshlashga jur’at 

qila olmadi. Mil.avv. 48-yil Yuliy Sezar 8 oylik urushdan so‘ng 

Misrni ittifoqchi davlat sifatida Rimga qo‘shib olish bilan chek-

landi. Sulolaning so‘nggi vakili Kleopatra rimliklar yordamida 

taxtga keldi. Oktavian mil.avv. 30-yil Misr davlatini tugatib, 

Misrni Rim provinsiaysiga aylantirdi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish