Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


rimliklarga vassal bo‘lgan mahalliy hokimlar qo‘lida qoldi.  4. Makedoniya



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 

rimliklarga vassal bo‘lgan mahalliy hokimlar qo‘lida qoldi. 



4. Makedoniya. Bu davlat tarkibiga Makedoniya, Yunonis-

ton va Egey dengizidagi bir necha orollar kirgan. Ptolemeylar 

Misri Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin 

dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlari-

dan so‘ng Makedoniya tushkunlik holatida edi. Aholining katta 

qismi  Aleksandr yurishlari davrida Sharqqa ko‘chdi. Antigo-

nidlar sulolasi olib borgan doimiy urushlar, shimoldagi varvar 

qabilalarining xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. 

Antigonidlar sulolasi xo‘jalik hayotini qayta tiklash, aholi ning 

ko‘payishiga e’tibor berishga majbur bo‘ldilar. Shu sababli, 

yangi shaharlar qurilib, eskilari qayta tiklandi. Bo‘sh yotgan 

yerlarga aholi ko‘chirildi. Konlar qazildi. Kemasozlik rivojlandi. 

Qurilish yog‘ochlari bilan qizg‘in savdo qilindi.

Iqtisodiyotning asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo‘lgan 

qishloq xo‘jaligi tashkil etar edi. Podshoga faqat o‘rmon va qazil-

ma boyliklar tegishli edi. Ellin Makedoniyasiga podsho hokimi-

yati ba’zi bir eski belgilarini meros qilib oldi: qo‘shin yig‘ini av-

valgidek, podshoning taxtga chiqish vaqtidagi o‘z ahamiyatini 

saqlab qoldi. Qo‘shin yig‘ini

 oliy sudya rolida chiqar edi. Make-

doniyadagi beqaror vaziyat  Aleksandr vafotidan so‘ng qariyb el-

lik yil davom etdi. Aleksandrning o‘limidan so‘ng Makedon tax-

tiga rasmiy huquqni Kassandr oldi. Uning o‘limidan so‘ng mil.

avv. 298-yilda Makedoniya taxtiga Kassandrning o‘g‘illari Lisi-

max, Ptolemey Keravn, epirlik Pirr, Dimitriy Poliorket, uning 

o‘g‘li Antigon egalik qildilar. Aholining katta qismini sharqqa 

ko‘chishi, dehqonlarning xonavayron bo‘lishi mamlakat ahvoli-

ni og‘irlashtirdi. Mil.avv. 276-yilda galat (kel’t)lar hujumini ikki 

marta qaytardi. Shu tarzda Antigon Yunonistondagi vaziyatni 

barqaror qilgan Antigon Dimitriy Poliorketning o‘g‘li bo‘lib, mil.

avv. 276-yilda taxtga chiqdi. Antigon II epirlik Pirrning hujumi-

ni qaytarib, shimoliy chegarani mustahkamladi, barqaror den-

giz aloqasini yo‘lga qo‘ydi. Makedoniyani yunon shaharlariga 

ta’sirini kuchaytirdi. Antigon II Gonatning avlodlari Makedoni-

yani Rim bosib olgunga qadar (mil.avv. 168-yilgacha) boshqar-

dilar. Antigonidlar sulolasi uchun Yunonistonni bo‘ysundirib 

turish juda qiyin siyosiy muammo edi. Bu davrda manfaatlari 

bir-biriga zid bo‘lgan yunon polislari Etoliya va Axey ittifoqlariga 

birlashib, urush olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha 




433

yunon polislari kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik qildi va yunon 

shaharlari ichki ishlariga faol aralashdi. 

Rim va Ptolemeylar sulolasi yunon polislarini Makedoni-

yaga qarshi chiqishlarini qo‘llab-quvvatladilar. Ikkinchi puni 

urushlari davrida Makedoniya Gannibal bilan ittifoq tuzdi. 

Bunga qarshi Rim Pergam va Peloponnesning bir necha po-

lislarini Makedoniyaga qarshi chiqishga undadi. Natijada mil.

avv. 215–206-yillarda 1-makedon urushi yuz berdi. Karfagenni 

Gannibal ustidan g‘alabasi Makedoniya podshosi Filipp V ni 

Italiyaga yurish xavfini yo‘qqa chiqardi. 

G‘ayratli podsho Filipp V Salavkiylar bilan ittifoq tuzib, zaif-

lashgan Ptolemeylarning Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib 

oldi. Italiya, Pergam va Rodos bunga qarshi chiqib, Rimdan yor-

dam so‘radi. Natijada 2-makedon urushi (mil.avv. 200–197-yil-

lar) boshlandi. Fessaliyadagi mil.avv. 197-yildagi hal qiluvchi 

jangda Makedoniya yengildi. U Yunoniston va Kichik Osiyodagi 

barcha mulklaridan ajraldi.

Filipp V ning o‘g‘li Persey (mil.avv. 179–168-yillar) Makedoni-

yaning avvalgi qudratini qayta tiklashga urindi. Ammo u Rim 

bilan urushda (3-makedon urushi mil.avv. 171–168-yillar) Pid-

na

 yonidagi jangda yengildi. Makedoniya hududi g‘oliblar o‘rta-

sida to‘rt okrugga bo‘lindi. Mil.avv. 148-yilda Andriskning Rim-

ga qarshi qo‘zg‘olonidan so‘ng Makedoniya Rim provinsiyasiga 

aylantirildi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish