Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Aleksandrning Sharqqa yurishlari



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2.  Aleksandrning Sharqqa yurishlari. Filipp II Eron bilan 

urushga jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu davrda Ahmoniy-

lar imperiyasi ancha zaiflashgan edi. Mil.avv. 360-yillarda sat-

raplarning isyonlari, Finikiya shaharlarining qo‘zg‘olonlari yuz 

berib, Misrning mustaqillikka intilishi kuchaydi. Eronning 

so‘nggi qudratli podshosi Artakserks III  Ox 20 yil davomida 

yemirilayotgan davlatni bir qadar mustahkamladi. Ammo shi-

joatli hukmdor o‘z a’yonlari tomonidan zaharlab o‘ldirildi. Pod-

sho Artakserksni zaharlab o‘ldirgan qudratli Bagoy amalda 

hokimiyatni qo‘lga oldi. Miloddan avvalgi 338-yilda Artakserks-

ning o‘g‘ li Aresni taxtga o‘tqazdi. Lekin ikki yildan keyin Ares 

ham o‘ldirildi. U mamlakatni boshqarishda o‘zining mavqey-

iga putur yetkazmaydigan zaif bir shaxsni taxtga o‘tqazishni  

niyat qildi. Bagoy qo‘g‘irchoq hukmdor sifatida ko‘plarga ta nish 

bo‘lmagan Armaniston satrapi Qodomonni Doro III nomi bi-

lan taxtga o‘tqazdi. Yangi podsho Bagoyni hokimiyatdan chet-

lashtirib, o‘z hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi. 

Makedoniya esa bu davrda yunon dunyosida o‘z mavqeyi-

ni mustahkamlab, Sharqqa yurishga faol tayyorgarlik ko‘ra 

boshladi. Filipp II mil.avv. 336-yil Kichik Osiyoning g‘arbiy 

qirg‘og‘ini bosib olish uchun 10000 makedon qo‘shinini jo‘nat-

di. Ammo Sharqqa yurish g‘oyasini amalga oshirish Filipp II 

ga nasib etmadi. Bu g‘oyani uning o‘g‘li  Aleksandr amalga  

oshirdi.  Aleksandr taxt vorisi va oqsuyak oilaning farzandiga 

munosib bo‘lgan ta’lim-tarbiyani oldi. O‘sha davrda hali mash-

hur bo‘lmagan faylasuf Aristotel (Arastu) uning o‘qituvchi va 

tarbiyachilaridan biri bo‘ldi. Filipp II o‘g‘lini davlat boshqaruv 

ishlariga asta-sekin torta boshladi.  Aleksandr mil.avv. 340-yil-

da Shimoliy Yunonistonning tog‘li hududlaridagi qabilalardan 

birining qo‘zg‘olonini bostirib, birinchi bor o‘zini kuchli sarkar-

da ekanligini ko‘rsatdi.

Mil.avv. 336-yil yozida Filipp II qizining to‘yi bo‘lgan kuni 

o‘ldirildi. Zodagon Pavsaniyning tansoqchisi makedon a’yoni 

Attal uni haqorat qilganda, Filipp uning shikoyatini e’tiborsiz 

qoldirgani uchun Filipp soqchisiz teatrga kirayotganda xanjar 

sanchib o‘ldirdi. Demosfen Filipp II ning o‘limini eshitib, xalq 

yig‘iniga ajoyib kiyim va boshida gulchambar kiyib keldi. Filipp-

ning 20 yoshli o‘g‘li  Aleksandr podsho hokimiyatini egalladi. 

Aleksandr otasining o‘limidan so‘ng barcha yunon davlatlari 

vakillari to‘plangan Korinf shahrida otasi kabi o‘zining forslar-

ga qarshi barcha ellinlarning yo‘lboshchisi vakolatini majbu-



416

ran tan oldirdi. Faqat Sparta bundan bosh tortdi. Filipp II ning 

o‘limidan foydalangan yunon shaharlari Fiva shahri bosh-

chiligida Makedoniyaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Yunonlar 

uchun kutilmagan holda  Aleksandr bu qo‘zg‘olonni shafqat-

siz bostirdi. Fiva shahri buzib tashlandi va uning tirik qolgan 

30 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi.  Aleksandr Eron bi-

lan bo‘lg‘usi urush katta tayyorgarlikni talab qilishini bilar edi. 

U forslarning hushyorligini yo‘qotish uchun Kichik Osiyodagi 

makedon qo‘shinini chaqirib oldi. Ammo Fors davlati mavjud 

makedon bosqiniga qarshi hech qanday tayyorgarlik ko‘rmadi. 

Ikki yildan so‘ng, mil.avv. 334-yilda nihoyatda puxta tayyogar-

likdan keyin makedon qo‘shinlari Gellespont bo‘g‘ozidan o‘tib, 

Osiyo hududiga kirdi. Qo‘shin 30 ming piyoda, 5 ming otliq, 

160 harbiy kemadan iborat edi. Urush e’lon qilish uchun mil.

avv. V asr o‘rtalarida yunon-fors urushlari davrida yunon ibo-

datxonalarining forslar tomonidan oyoq-osti qilinishi bahona 

bo‘ldi. Bu mafkuraviy shiordan  Aleksandr yunon-makedon 

kuchlarini birlashtirishda foydalandi.

Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi Granik daryosi 

bo‘yida bo‘ldi (mil.avv. 334-yil). Bu jangda yunon-makedonlar 

Eronning Kichik Osiyo satraplari va yunon yollanma askar-

lari qo‘shinlari bilan jang qildilar. Eron podshosi Doro III va  

uning muntazam qo‘shini Granik jangida ishtirok etmadilar. 

Bu jangdan so‘ng  Aleksandr Kichik Osiyo qirg‘og‘idagi yunon 

shaharlarini forslardan ozod qildi va Kichik Osiyoning katta 

qismini bo‘ysundirdi. Sard va Gordiy shaharlari ishg‘ol qilindi. 

Galikarnas shahri forslarga sodiq qolib, makedonlarga qattiq 

qarshilik ko‘rsatdi.

Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab,  Aleksandr Kilikiya orqali 

Shimoliy Suriyaga o‘tdi. Mil.avv. 333-yil kuzida Issa shahri yonida 

yunon-makedonlar Doro III qo‘shinlari bilan to‘qnashdilar. Har 

ikki tomon uchun bu jang og‘ir bo‘lib, katta qurbonliklar berildi. 

Fors qo‘shinlari son jihatidan yunon-makedonlardan ko‘ra ko‘p 

edi. Doro III jangda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va jang natijasini kut-

may, maydonni tashlab ketdi. Hattoki Doro III qarorgohdagi o‘z 

oilasini ham tashlab ketdi.  Aleksandr juda katta qiyinchilik bi-

lan g‘alaba qozondi. Bu jang Suriya va Falastin qirg‘og‘ini bosib 

olish uchun yo‘l ochdi. Doro III g‘olibga tinchlik bitimini taklif 

qilib,  Aleksandrga Kichik Osiyoni berishni, katta Kontribunisiya 

va katta qizi Statirani Aleksandrga rafiqalikka berishni taklif qil-

di. Lekin Aleksandr bu foydali shartlarni rad qildi. 




417

Damashq shahrida Doro III ning xazinasi bosib olindi. Bu  

Aleksandr qo‘shinlarining moddiy ta’minotini ancha yaxshiladi. 

Tir va G‘azo shaharlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsat-

di. G‘azoning bosib olinishi yunon-makedonlarga Misr tomon 

yo‘l ochdi. Doro III yordamidan mahrum bo‘lgan fors satrapi 

g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Misrliklar fors zulmidan  Aleksandrni 

xaloskor sifatida kutib oldilar. O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida, Nil 

daryosi bo‘yida mil.avv. 331-yilda  Aleksandriya shahriga asos 

solindi. Bu shahar Misrda yangi hokimiyatning markazi, muhim 

savdo porti bo‘lib xizmat qildi. Misr hududida bu shaharga asos 

solinishi Sharqda shaharlar qurilishi siyosatining boshlanishi 

edi.  Aleksandr Memfis shahrida toj kiydi va bu bilan Misrda o‘z 

hokimiyati qonuniyligini ta’kidladi. 

Mil.avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning ikkinchi 

bosqichi boshlandi. Dajla daryosidan uzoqda bo‘lmagan Gav-

gamela

  qishlog‘i yaqinida 1-oktabr kuni  Aleksandr va fors 

qo‘shini o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘ldi. Jang boshlanishida 

fors qo‘shini makedonlarning o‘ng qanotini yanchib tashladi. 

Markazda  Aleksandr fors qo‘shinining o‘rtasiga o‘z otliqlari bi-

lan kirib oldi. Forslar jang aravalari va fillarni jangga tashladi-

lar. Ammo Doro III Issa yonidagi jangda bo‘lganidek, davom eta-

yotgan jangni yutqazilgan deb hisoblab, yana jang maydonini 

tashlab qochdi.  Aleksandr qo‘shinlari hech qanday qarshiliksiz 

jadallik bilan butun Mesopotamiyani bosib o‘tib, Suza shahri 

va Ahmoniylar davlatining markaziy hududlariga kirib bordi-

lar. Aleksandr Suza shahridagi Ahmoniylar saroyi xazinasidan 

50 ming talant tilla va kumush quymaga ega bo‘ldi. Bobil va 

boy Suza shahri, Eronning muqaddas markazi Persepol jang-

siz bosib olindi. Suza va Persopol shaharlaridagi Ahmoniylar-

ning boy xazinalari  Aleksandrning qo‘liga o‘tdi. Mil.avv. 330-yil 

Persepol saroyini yondirish bilan  Aleksandr Fors davlati us-

tidan g‘alabasini ramziy belgiladi. Fors podsholarining asosiy 

xazinasi Pasargadda edi. Aleksandr afsonaviy o‘ljaga ega bo‘ldi. 

Forslarga qarshi urushning maqsadi ham ahmoniylarning 

afsonaviy boyliklarini qo‘lga kiritish edi. Plutarxning ma’lumoti 

bo‘yicha Persepoldagi xazinani olib ketish uchun 10 ming ara-

va, 5 ming tuya kerak bo‘lgan. Faqat quyma tillaning o‘zi 120 

ming talant (3144 tonna) bo‘lgan. Haqiqatan ham kichkina bir 

tog‘li Makedoniya davlatchasi cho‘pon va dehqonlari uchun bu 

quloq eshitmagan boylik edi. Bu vaqtda Baqtriya satrapligiga 

chekingan Doro III o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi. 




418

Aleksandr forslarni o‘zlari egallab turgan yuqori lavozimlarda 

qoldirdi. Bu makedon qo‘shinida norozilik tug‘dirdi. Doro III ning 

halokati urush tugashini bildirar edi. Girkaniyaning markazi 

Gekatompl

  shahrida ittifoqchi yunon polislarining qo‘shinlari 

rasmiy tarqatildi. Shu bilan birga, yunonlarga  Aleksandrning 

yollanma askarlari sifatida yurishni davom ettirish taklif qilin-

di.  Aleksandr o‘zini fors podsholarining qonuniy vorisi sifati-

da urushni davom ettirishga ahd qildi.  Aleksandr qiyinchilik 

bilan yurishni davom ettirishni istamagan qo‘shin qarshiligini 

yengib, yana oldinga siljidi. Parfiya bosqinchilarga hech qanday 

qarshilik ko‘rsatmay, uning satrapi o‘z obro‘sini saqlab qoldi.

Aleksandr mil.avv. 329-yilda Amudaryodan o‘tib, O‘rta Osiyo-

ga kirdi. Bu yerda u mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchra-

di. Spitamen boshchigida sak-massagetlar uch yil davomida  

Aleksandr qo‘shinlariga qarshi turdilar. Noiloj qolgan  Alek sandr 

mahalliy zodagonlarni sovg‘a-salom bilan o‘z tomoniga og‘di-

rib olishga urindi. U So‘g‘d hokimi Oksiartning qizi Roksanaga 

uylandi. Rivoyatlarga ko‘ra,  Aleksandr O‘rta Osiyoda o‘z tayanch 

nuqtasi sifatida 12 shahar quradi. Ammo bu shaharlarning xaro-

balari topilgani yo‘q. Bu afsona bo‘lishi mumkin. Tarixda ma’lum 

bo‘lganlari hozirgi Xo‘jand shahri yaqinida  Aleksandriya Esxata 

(Uzoqdagi  Aleksandriya) shahri, Afg‘onistonda Hirot shahri ya-

qinida  Aleksandriya Ariya shaharlaridir. 

Mil.avv. 327-yilda  Aleksandr Hindukush tog‘lari orqa-

li Hindistonga o‘tdi. Shimoliy Hindistondagi Gidas daryosi 

bo‘yida  Aleksandr qo‘shinlari Panjob hukmdori Por qo‘shin-

lari bilan to‘qnashib, o‘zining oxirgi g‘alabasiga erishdi (mil.

avv. 326-yil).  Aleksandrning qo‘shini yurishni davom etti-

rishni istamay, uning buyruqlarini bajarmay qo‘ydi.  Alek-

sandr qo‘shinni yurishni davom ettirishga ko‘ndirishga urin-

di, ammo qo‘shin ko‘nmadi. Ikki kunlik muzokaralardan 

so‘ng  Aleksandr yon berishga majbur bo‘ldi. Vatanga qaytish 

to‘g‘risida buyruq berildi.  Aleksandr qo‘shinlarining qaytishi 

ikki yilga cho‘zildi. Qo‘shinning bir qismi dengiz orqali, bir 

qismi quruqlik yo‘li orqali ortga qaytdi. Qo‘shinning har ik-

kala qismi mil.avv. 324-yil Bobilda uchrashdi. 

Yurishning tugallanayotgan bosqichida Suza shahrida  Alek-

sandr makedon va forslarni murosaga keltirish belgisi sifatida 

o‘zining 10 ming askarini mahalliy aholining qizlari bilan ni-

koh to‘yini katta tantana bilan o‘tkazdi. O‘z qo‘shini tarkibiga 

30 ming fors yigitlarini qabul qildi. U bosib olingan hududlar-




419

da o‘nlab koloniya va harbiy qo‘rg‘onlarni o‘z hokimiyatining 

tayanch nuqtasi sifatida barpo qildi.

Makedoniyaning qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni istama-

gan  Aleksandr o‘z davlatining poytaxti qilib qadimgi shahar 

Bobilni tanladi. U Kaspiy dengizini o‘rganish uchun tekshiruv-

chi ekspeditsiya tashkil qildi. Arabiston yarim oroli qirg‘oqlarini 

tekshirishga buyruq berdi. 

Aleksandr yurishlari natijasida g‘arbda Adriatika den-

gizidan sharq da Hindistongacha, shimolda Kavkaz tog‘laridan 

janubda Nil daryosining o‘rta oqimigacha cho‘zilgan hududda 

yunon-makedonlarning yurishi sodir bo‘ldi. Aleksandr bu be-

poyon hududlarni o‘z ichiga olgan davlat tuzmoqchi bo‘ldi. U ij-

timoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan avvalgi Ahmoniylar davla-

tini eslatar edi. U mil.avv. 323-yil 32 yoshida bezgak kasalidan 

Bobil shahrida vafot etdi.  Aleksandrning o‘limidan so‘ng uning 

lashkarboshilari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. 

Oxir-oqibatda u bosib olgan hududlarda katta-kichik davlatlar 

paydo bo‘ldi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish