124
xususiyatlariga ko‘ra guruhlash imkonini beradi. Masalan, korxonadagi xodimlar
soni, magazin turi, mahsulot (ish, xizmat) turi va boshqalar.
Tovar ishlab chiqaruvchilar guruhi eng muhim
tovarlar va korxonalarning
ulushi kesimida tanlanadi.
Narx indeksi bazis davrga nisbatan, kamdan-kam hollarda hisobot davriga
nisbatan shakllantiriladi. Tanlab olingan ko‘rsatkichlar
standart formulalar,
masalan, Paashe formulasi orqali hisoblab topiladi.
∑
∑
yoki
∑
∑
yoki
∑
∑
bunda
q
1
– hisobot davrida mahsulot hajmining natura miqdori yoki xizmatlarning
ro‘y berish soni;
q
2
– bazis davrda mahsulot hajmining natura miqdori yoki xizmatlarning
ro‘y berish soni;
p
1
– hisobot davrida natura shakldagi mahsulot
birligining yoki xizmatning
narxi
p
2
– bazis davrda natura shakldagi mahsulot birligining yoki xizmatning
narxi
i
p
– mahsulot yoki xizmatning narx indeksi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika organlari amaliy
ish faoliyatida Laspeyres formulasining quyidagi keltirilgan ko‘rinishidan keng
foydalanadilar:
∑
∑
yoki
∑
(
)
∑
yoki
∑
∑
formulaning ushbu o‘zgartirilgan shakli narx o‘zgarishining muntazam
kuzatuvlar asosida olingan qiymati bazis davr sifatida
qabul qilinib oxirgi narx
indeksiga ko‘paytirish orqali hisoblab topiladi. Bunday yondashuv narx o‘zgarishi
bilan ularning statistik tortqichli qiymatining o‘zgarishida mahsulot (ish,
xizmat)lar guruhi bo‘yicha natura qiymatning o‘zgarmay qolishini ta‘minlaydi.
Laspeyres formulasidan farqli ravishda o‘zgartirilgan formula ko‘llanilish sohasi
keng va uning yordamida hisoblash ishlarini uzlusiz amalga oshirish mumkin. Bu
ishlab chiqarish va uni sotish faoliyatiningg beqaror davrlarida mahsulot (ish,
xizmat) turlarining o‘zgartirilishiga imkon beradi.
Narx va narx indeksini qayd etish mahsulot (ish, xizmat) guruhlari bo‘yicha
o‘rtacha narx va narxning o‘zgarishi bo‘yicha qayd qilinadi. O‘rtacha narx indeksi
muayyan mahsulot (ish, xizmat)larning narxi o‘zgarishini va tovar guruhi tarkibiga
kiruvchi, shuningdek assortimentdagi alohida tovarlar narxi o‘zgarishini
ifodalaydi. Bunda tovar guruhi va darajasi bo‘yicha farqlanuvchi alohida tovarlar
bo‘yicha o‘rtacha narx guruhdagi tovarlarning o‘rtacha narxi doimiy bo‘lgan
taqdirda ham o‘zgarishi mumkin.
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo‘lsa-da, ular bir-biri bilan o‘zaro
bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning
ishlatilish samarasi
125
o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida «narx nisbati» degan tushuncha bor, u
―narx pariteti‖ deb ham yuritiladi
.
Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga
bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birim yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall
narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi,
chunki bu narxlarning har biri o‘zidan keyingi
mahsulot xarajatlarini
shakllantiradi. Bozorga shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall,
neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib,
ular narxining
o‘zgarishi butun narxlar nisbatini o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: