O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Narx shakllanishining makro va mikroiqtisodiy shart sharoitlarini
tushuntirib bering.
2.
Narxli raqobat (oligopoliya) sharoitida bozordagi iqtisodiy muvozanat va
uning tahlilini tushuntirib bering?
3.
Davlatning narx siyosati raqobatli narx shakllanishida qanday ahamiyatga
ega?
4.
Harajatlar bo‘yicha peshqadamlikni tushuntirib bering.
5.
Bertran paradoksi nima?
6.
Eng maqbul javob qaytarish funksiyasi mazmuni nimadan iborat?
7.
Kurno muvozanatining mazmuni nimadan iborat?
8.
Nesh muvozanatining mazmuni nimadan iborat?
9.
Shtakelberg muvozanatining mazmuni nimadan iborat?
10.
Oligopoliya(duopoliya) sharoitida raqobatlashuv qanday amalga oshadi?
11.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qanday darajalarda olib
boriladi?
12.
Narxlarni tartibga solishda jamoatchilik nazorati nima?
126
8-BOB: RAQOBAT USTUNLIGI VA UNGA ERISHISH KONSEPSIYASI
Reja:
8.1. Raqobat ustunligi metodologiyasi
8.2. Korxonaning raqobat ustunligi tushunchasi, turlari va raqobat
ustunligini belgilovchi asosiy omillar
8.3. Raqobat ustunligi va strategiyasini shakllantirish mexanizmi.
8.1. Raqobat ustunligi metodologiyasi
Raqobat ustunligi tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyatning
ilmiy-texnik taraqqiyoti, raqobat munosabatlarining kuchayishi bilan izohlanuvchi
xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘rta asrlarda ―merkantelizm‖ nomi bilan tanilgan iqtisodiy ta‘limotlar
yo‘nalishi ijobiy savdo balansiga erishish maqsadida tovarlar importini cheklash,
ichki ishlab chiqarishni subsidiyalashni ko‘zda tutardi. Ishlab chiqarishni
subsidiyalashning eng asosiy usullaridan biri metropoliyadan turib boshqarish va
o‘zlashtirilgan koloniyalarga turli tuman tovarlarni tashib keltirish edi. Buning
uchun mustamlaka sifatida o‘zlashtirilgan koloniyalarda savdo faoliyati
monopollashtirilar, xom ashyo, moddiy, ma‘naviy boyliklar arzon eksport qilingan
va metropoliyadan tayyor mahsulotlar qimmat narxlarda tashib keltirilgan. Bu o‘z
navbatida metropoliyalarning raqobat ustunligini ta‘minlab bergan.
Adam Smit 1776 yilda chop etgan «Xalqlar boyligining sabablari va
tabiatini tadqiqoti» degan kitobida merkatilizm tarafdorlari qarashlarini tanqid
qildi. Uning fikricha, davlatning xaqiqiy boyligi uning fuqarolari foydalana
oladigan mahsulot va xizmatlarda o‘z aksini topadi. Ayrim mamlakatlar
boshqalariga nisbatan ayrim tovarlarni samarali ishlab chiqarishadi. Shu bois
tovarlarni xorijdan ancha arzon narxlarda sotib olishlari mumkin bo‘lsa fuqarolar
maxalliy tovarlarni sotib olishlari zarur emas. Bu nazariya A. Smitning mutloq
ustunlik nazariyasi deb nomlanadi. Smitning isbotlashicha, agar savdo
chegaralanmasa, har bir davlat raqobat ustunligiga ega bo‘lgan mahsulotlarni
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Har bir mamlakatning resurslari rentabelli
soxalarga o‘tib ketadi, chunki mamlakat rentabelligi past bo‘lgan sohalarda
raqobatlasha olmaydi. Ixtisoslashuv natijasida mamlakatning ishlab chiqarish
samaradorligi ishchi kuchilarining malakasi ortishi va bir turdagi maxsulotdan
ikkinchisiga o‘tishda vaqtni yo‘qotmaganligi sababli ortadi. Bunda bir xil
mahsulotni uzoq muddat ishlab chiqarishning samarali usullarini joriy etish
taminlanadi va rag‘batlantiriladi. Mamlakatlar o‘z tabiiy va nisbiy ustunliklarini
hisobga olish hisobiga ma‘lum turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashishi kerak.
1817 yilda D.Rikardo A.Smit nazariyasini rivojlantirib, nisbiy ustunlik
nazariyasini ishlab chiqdi. Uning fikricha, agar mamlakat mutloq ustunlikni
hisobga olmagan holda boshqa maxsulotlarga nisbatan samaraliroq ishlab
chiqaradigan maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa savdodan foyda
(yutishi) ko‘radi. Agar mamlakat o‘z resurslarini faqat samarali ishlab
127
chiqaradigan maxsulotga jalb etsa, u bundan albatta yutadi. Natijada u mana shu
maxsulotni o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymagan davlatlardan xom
ashyolarni tashib keltirib, ularga egalik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy
nazariyaning
rivojlanishi
mutloq
va
nisbiy
ustunliklar
nazariyasining yangi talqinda ko‘rib chiqilishini taqozo etadi. Chunki insoniyat
o‘sha davrda bugungi kunga qadar tabiiy resurslarlardan keng va samarali
foydalanmas edi.
A.Smit va D.Rikardoning nisbiy, mutloq ustunlik nazariyalari, xalqaro savdo
ta‘limotlari keyinchalik Nobel mukofot sovrindorlari Shvesiyalik Eli Xeksher
67
va
Bertil Olinlar
68
tomonidan rivojlantirildi.
B. Olin, E.Xeksher, P.Samuelson
69
lar xalqaro savdoda ―ishlab chiqarish
omillarining xalqaro taqsimoti‖ nazariyasida har mamlakat iqtisodiyoti ishlab
chiqarish omillari (kapital, yer, ishchi kuchi) bilan bir xil ta‘min etilmaganligi
bilan, har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan ajralib
turadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat (ishchi kuchi) asosiy omil (boshqasidan son
jihatdan ko‘p) bo‘lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital
mo‘l bo‘lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon
bo‘ladi. Har bir mamlakat o‘zining nisbiy ustunligini realizasiya qilishga intiladi,
jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo‘lgan yo‘l bilan
tayyorlangan tovarlar ko‘proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi
shunga olib keladiki, barcha davlatlar o‘ziga qulay va foydali bo‘lgan xo‘jalik
tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo‘lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu
nazariya
ishlab chiqarishning chiqimlarini
mutlaqlashtiradi va xalqaro
ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi.
B.Olin (K.Iverson, R.Nurkse bilan birga) kapital chiqarish nazariyasini ham
ishlab chiqqan. U o‘z ta‘limotida neoklassik marjinalizm konsepsiyasiga
asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, ―kapitalning eng yuqori unumi‖
(foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo‘l-
ko‘lligining turlicha ekanligi bilan izohlanadi degan fikrga keladi. Kapitalning
―mo‘l-ko‘lligi‖ yoki ―kamligi‖ uning migrasiya sababi qilib ko‘rsatiladi. Bu
jarayon to kapital unumi har bir mamlakatda bir xil bo‘lguncha davom etadi. Bu
esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o‘sishi, milliy daromadning ortishi,
butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi.
Yangi xalqaro savdo nazariyasiga ko‘ra, qiymatning mehnat nazariyasi
(klassik iqtisodiy maktab) inkor etiladi. Xeksher-Olin qonuniga asosan erkin savdo
sharoitida hamma mintaqalar va davlatlarda ishlab chiqarish omillarining narxi
muvozanatlashadi, bu esa umumiy iqtisodiy muvozanatga olib keladi. Olin
67
Хекшер Э. Влияние внешней торговли на распределение дохода// Вехи экономической мысли. Т.6.
Международная экономика / под ред. А. П. Киреева. — М.: ТЕИС, 2006. с.154-173 — ISBN 5-7598-0439-1
(англ. The Effect of Foreign Trade on the Distribution of Income, 1919)
68
Bertil Gottxard Ulin (1899-1979)
shvesiyalik iqtisodchi, xalqaro savdo va xalqaro kapital harakati nazariyasi
bo‘yicha nobel mukofoti sovrindori.
69
Pol Entoni Samuelson (1915-2009)
statik va dinamik iqtisodiy nazariya hamda iqtisodiy fanlarni tahlil qilish
bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori (1970 y).
.
128
ixtisoslashuv, nisbiy ustunlik bo‘yicha tadqiqot olib bordi, savdo tahlilida ―xarajat-
mahsulot chiqarish‖ (V.Leontyev) modelidan foydalandi.
P. Krugman
70
va K. Lankaster
71
lar ―Miqyos samarasi‖ nazariyasini ishlab
chiqdilar.
Ushbu
nazariyaning
mohiyati
shundan
iboratki,
muayyan
texnologiyalarga asoslangan holda yirik ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida
korxonaning o‘rtacha doimiy xarajatlari kamayib borish tendensiyasiga ega
bo‘ladi. shu tarzda ommaviy ishlab chiqarish tesurslarning sezilarli tejalishini
rag‘batlantiradi. Ushbu nazariyaga asoslanib ko‘pchilik mamlakatlarda ishlab
chiqarish omillari va kuchlari ma‘lum proporsiyalarda o‘zlari uchun ko‘proq naf
keltiruvchi tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan. Ushbu tarmoqlarda yirik ishlab
chiqarish ko‘lami xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
Raqobat ustunligi tushunchasiga birinchi bo‘lib AQSh iqtisodchisi M.Porter
to‘xtalib o‘tdi. U tadqiqotlari davomida xalqaro savdo va nisbiy ustunliklarning
o‘zaro aloqadorligiga yangicha yondashuvni ishlab chiqdi.
M.Porter yirik transmilliy kompaniyalar va xorijiy investisiyalarni qabul
qiluvchi mamlakatlarning strategiyasi mavjud raqobat ustunligidan foyda ko‘rishga
asoslanganini isbotladi. U raqobat ustunligini to‘rt yo‘nalishga bo‘ladi: korporativ
boshqaruv ustunliklari; ishlab chiqarish omillari ustunligi; mamlakatdagi talab
hajmi; ko‘makchi va qo‘shimcha tarmoqlarga bog‘liq ustunlik.
M.Porter ushbu omillar sintezini ―raqobat afzalliklari brillianti‖ deb
nomlaydi va ular kapitalni chetga chiqarishning muvaffaqiyatini kafolatlashini
nazarda tutadi
72
. Qo‘shimcha omillar sifatida esa davlatning oqilona siyosati va
―omadli vaziyatlar‖ni keltiradi. Shuningdek, olim mamlakatda o‘zaro bog‘liq
ishlab chiqarish tarmoqlari mavjudligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar
qabul qiluvchi mamlakat uchun katta raqobat ustunliklari va imkoniyatlarini
yaratishini isbotlaydi. Buning uchun davlat tarmoq va sohalar bo‘yicha klasterlarni
rivojlantirishga turtki berishi kerakligini ta‘kidladi.
M.Porterning izlanishlarida milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi masalasi
diqqat markazida bo‘lib keldi. U raqobat ustunligiga oid zamonaviy
nazariyalarning ko‘piga asos bo‘lgan fikrlarni yoritib berdi. M. Porter
mamlakatning nisbiy yoki mutloq ustunligi uning resurslar bilan yaxshi
ta‘minlanganligiga bog‘liq emasligini, raqobat ustunligini shakllantirish, ta‘minlab
turish
mumkinligini ko‘rsatib berdi va unga mamlakat firmalarining
raqobatdoshligini ta‘minlash orqali erishiladi, degan fikrni ilgari surdi.
Raqobatdoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga
ko‘ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari ―milliy romb‖ni tashkil etuvchi
to‘rt elementdan iborat. Bular:
70
Pol Robin Krugman (1953 y)
AQSh iqtisodchisi, savdo modellari tahlili va iqtisodiy geografiya muammolari
bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori.
71
Kelvin Djon Lankaster (1924-1999)
AQSh iqtisodchisi, monopolistik raqobat, iste‘molchi xulq atvori va
iqtisodiy matematika bo‘yicha taniqli olim.
72
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ―2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi‖
mavzusidagi ma‘ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot. - 2012. – 282 bet –492 betlar.
129
1. Mehnat, moddiy boyliklar, intellektual salohiyat, pul, bozor infratuzilmasi
resurslari. Ushbu omillar bilan ta‘minlanganlik mamlakatning raqobatdoshligiga
ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu resurslarning ba‘zilari azaldan mavjud bo‘lsa, ayrimlari
yaratiladi va rivojlantiriladi.
2. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi
bozorlardagi talabning hajmi, tarkibi va ularning dinamikasi. Bu mahsulotlarga
talab hajmining oshishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshiradi va
aksincha.
3. Bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlarning mavjudligi. Bu murakkab
mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qimmat resurslarni mamlakat
ichidan topish, mahsulot yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish,
yangiliklarni joriy qilishga ko‘maklashish imkonini beradi. Minglab butlovchi
qismlarni talab etuvchi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda raqobatbardosh
bo‘lish shu qismlarning aksariyatini mamlakatda ishlab chiqarilishini yo‘lga
qo‘yish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston misolida olib qaraydigan bo‘lsak,
birgina paxta xomashyosining mo‘l-ko‘lligi kimyoviy tolalar, sifatli bo‘yoqlar, ip
yigiruv fabrikalari va tikuv korxonalar mavjud bo‘lmasa, to‘qimachilik sanoatining
raqobat ustunligini ta‘minlash uchun yetarli bo‘lmaydi.
4. Firmani boshqarishda raqobatning xususiyatlari e‘tiborga olinadi. Bunda
turlicha strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Ichki bozorda keskin raqobatning
mavjudligi firmalarni o‘z faoliyatini takomillashtirishga, ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun tashqi bozorlarga chiqishga undaydi. Kuchli ichki raqobat
muhitida toblangan firmalar tashqi bozorlarda ham osonroq muvaffaqiyatga
erishadi. Shu sababli hukumatning mamlakat ichida erkin raqobat muhitini
yaratish, monopollashuvga qarshi kurashish kabi chora-tadbirlari muhim
ahamiyatga ega.
Ushbu to‘rt elementga hukumatning faoliyati va tasodifiy holatlar ta‘sir
ko‘rsatadi. Tasodiy holatlar mamlakatni rivojlantirishning umumiy shart-sharoitlari
bilan bog‘liq bo‘lmagan, yuzaga kelishiga firma ham, davlat ham ta‘sir ko‘rsata
olmaydigan hodisalar kiradi.Ularga ixtirochilik, yirik texnologik yutuqlar, resurslar
narxining keskin ko‘tarilishi, jahon moliyaviy bozorlari konyukturasi va valyuta
almashinuvi kurslari, tashqi talabning keskin o‘zgarishi, chet el hukumatlarining
siyosiy qarorlari, urushlar va tabiiy ofatlarni kiritish mumkin.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |