Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat


O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik konsepsiyasi va tamoyillari 
2.
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol 
qonunchilik 
3.
Antimonopol qonunchilik va uning asosiy xususiyatlari 
4.
Seller-Kevofer qonuni 
5.
Shermanning trestlarga qarshi qonunining mohiyati nimalardan iborat? 
6.
―Per se‖ doktrinasining mohiyati nimada? 
7.
Robinson-Petman Qonunining mohiyati nimalardan iborat? 
131
http://www.iie.com/publications/chapters_preview/56/6iie1664.pdf 


214 
8.
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol 
qonunchilikning o‘ziga xos xususiyati nimada? 
9.
Antimonopol qonunchilikning salbiy jihatlari nimalardan iborat? 
10.
Antimonopol qonunchilik va uning asosiy xususiyatlarini tushuntirib 
bering? 


215 
14-BOB: MILLIY IQTISODIYOTDA RAQOBAT MUHITINI 
SHAKLLANTIRISHNING INSTITUSIONAL ASOSLARI 
Reja 
14.1. O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirishning institusional 
asoslari 
14.2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini 
yaratishda amalga oshirilgan ishlar 
14.3. 
Monopoliyaga 
qarshi 
tartibga 
solish, 
raqobat 
muhitini 
rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish 
amaliyoti 
14.1. O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirishning institusional asoslari 
O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va uning istiqboldagi 
yo‘nalishlarini belgilash uchun eng avvalo bozorning xozirgi real holatini bilish, 
uni tahlil qilish g‘oyat muhim. Mamlakatimizda raqobat muhiti bugungi kunda 
ancha rivojlangan bo‘lib, uning shakllanishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitla yaratilgan. Shu bilan birgalikda, ayrim tizimlarda monopollashishni 
ko‘rish mumkin. 
Monopol faoliyatni oldini olish va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun avvalambor qaysi tarmoqlarning monopollashganligini yoki bozorda 
ustunlik 
mavqyeni 
egallab 
turganligini 
bilish 
zarur. 
Shu 
maqsadda 
respublikamizda ko‘pgina xorij davlatlaridan farqli ravishda monopolist 
korxonalar davlat reyestri yuritib kelinmoqda. Ushbu reyestrga tovar bozorida 65 
foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan va qonunchilikda belgilangan ayrim holatlarda 
monopoliyaga qarshi davlat organi qaroriga muvofiq tovar bozoridagi ulushi 35 
foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kiritiladi. 
Mamlakatimizda raqobat muhiti bugungi kunga kelib kay darajada 
rivojlanganligini ushbu reyestrda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar va boshqa bir 
qator ko‘rsatkichlar orqali bilib olish mumkin. 
Raqobatni rivojlantirish
 
hamda kichik 
va xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish masalasiga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 
natijasida bu borada juda katta yutuqlarga erishildi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, monopolist 
korxonalarga raqobatchi bo‘lgan yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkil 
etilishi, ular tomonidan raqobatbardosh tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarilishi 
natijasida tovar bozorida o‘z ustunlik mavqyeini yo‘qotgan monopolist korxonalar 
―Monopolist korxonalar davlat reyestri‖ ruyxatidan chiqarildi. 
Davlat reyestri tashkil etilgan 1996 yilda monopolist korxonalar soni 827 
tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2000 yilda 753 tani va 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib 
esa 58 tani tashkil qildi, ya‘ni monopolist korxonalar soni islohotlarning 
boshlang‘ich davriga nisbatan 93 foizga yoki 14 marta kamaydi. Shuningdek, 1996 
yilda 4351 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari monopolist korxonalar davlat reyestri 
ruyxatida turgan bo‘lsa, keyingi yillarda bunday tovar (ish, xizmat)lar soni 
kamayib, 2000 yilda 1719 ta va 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib 94 tani tashkil 


216 
qildi yoki monopol mahsulot (ish, xizmat)lar soni 1996 yilga nisbatan 98 foizga 
yoki 46 martaga kamaydi. 2014 yilda Tabiiy monopoliyalar Davlat reyestriga 
kiritilgan tabiiy monopoliya subyektlari soni 2013 yilga nisbatan 13 taga qisqardi 
va 128 mahsulot turlari bo‘yicha 129 tani tashkil etdi. Raqobat muhitini ta‘minlash 
maqsadida 56 ta bozor, shu jumladan 42 tovar va moliya bozorlari, 14 ta xizmatlar 
bozori tahlil qilindi. Insofsiz raqobat bo‘yicha 37 ta murojaat kelib tushdi va 
ularning 18 tasiga 30 ta ish qo‘zg‘atildi, 280 ta loyiha bo‘yicha 362 ta mahsulotga 
mahalliylashtirish belgilandi. Reklama bozorini tartibga solish va iste‘molchilar 
xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha kelib tushgan 3192 ta murojaatning 90,3% ular 
foydasiga hal etib berildi va 767,4 mln.so‘m mablag‘ undirildi. 2013 yilning 9 oyi 
mobaynida bu summa 629,3 mln.so‘mga teng bo‘lgan. Ishonch telefonlari asosida 
kelib tushgan murojaatlarning 55,5%ga tegishli tadbirlar qo‘llanildi va ularning 
foydasiga 76,8 mln. so‘m (2013 yilning shu davrida – 111,6 mln. so‘m.) mablag‘ 
undirilb berildi. Qolgan 44,5% murojaatlar qo‘mita vakolatiga taalluqli 
bo‘lmaganligi bois tegishli idoralarga yuborish bo‘yicha javob xatlari yo‘llandi.
Reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha qo‘mita 2017 yilning boshidan 
beri 280 ta o‘rganish va tahlillar o‘tkazgan, 179 ga yaqin turli qonunbuzarlik 
aniqlangan, 11 nafar shaxsga nisbatan ma‘muriy jarimalar qo‘llanilgan, 79 ta 
subyektga ko‘rsatmalar berilgan. 
Iste‘molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan esa olti oy 
ichida 970 ta tahlil o‘tkazilgan, 269 ta holatda turli qonunbuzarliklar aniqlangan, 
16 nafar shaxsga nisbatan ma‘muriy jarimalar qo‘llanilgan. Hozirda 200 ga yaqin 
hujjat chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish va boshqa tegishli organlarga 
yuborilgan
132

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 2019 yil 15 mart holatiga ko‘ra 
tabiiy monopoliya sub‘ektlari bilan hisoblaganda 236 ta monopolist korxona 
ro‘yxatga olingan. Ammo bu ko‘rsatkichni to‘rt yilda 25 foizga qisqartirish 
bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Bundan tashqari, olib borilayotgan isloxotlar natijasida raqobat muhiti 
shakllanib bormoqda hamda yangi bozorlarning ochilishi va chet el 
investisiyalarining jalb qilinishi natijasi ularoq iqtisodiyotning turli sohalarida 
monopolistlarning soni bilan birga monopol mahsulotlarning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi ham kamayib bormoqda. 
Hozirgi kunga kelib, respublikada nodavlat mulkning har xil shakllarini 
rivojlantirish uchun barcha zarur huquqiy va iqtisodiy shart- sharoitlar yaratilgan. 
Respublika iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotning katta 
kismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 
Bu yutuqlar mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati 
hamda xukumatimiz tomonidan aniq chora- tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligi 
samarasidir. 
Respublikamizda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tadbirkorlik 
132
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi 2017 yilning 6 oyi davomidagi faoliyati yakunlari to‘g‘risida press-reliz. http://gki.uz


217 
juda tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. Davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 
soliq va boshqa imtiyozlarning berilishi hamda ularni qo‘llab-quvvatlovchi turli 
institutlarning tashkil qilinishi shular jumlasidandir. Jumladan, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning solik yukini kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun 
yagona solik to‘lovining 2012 yildan boshlab esa 6 foizga, 2013 yilda 5 foizga 
tushirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi 
tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli 
rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi
133
. Xususan, Respublikada faoliyat yuritayotgan 
kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, 
xizmat)larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham yildan yilga ortib bormoqda. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib 
borayotganining 
o‘zi 
iqtisodiyotimizning 
tarkibida 
bo‘layotgan ijobiy 
o‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 
mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat 
ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu 
sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000 yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan 
iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 
foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot 
eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 
foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda
134


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish