208
ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilishi ularning
faoliyatida faqat qonunga
bo’ysunishini taqozo etadi va o’z ishiga halol yondashishini ham ta’minlab beradi.
Yana bir muhim islohotlardan biri sifatida 2026-yilgacha ehtiyojmand aholi
ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to’liq qamrab olinishini keltirishimiz mumkin.
Shuningdek, 2022-yil 1-apreldan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida
1-4-sinf o’quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanishi ham yosh
avlodning har tomonlama yetuk, yuksak intellektual salohiyatli bo’lib yetishib chiqishi
uchun qilinadigan g’amxo’rliklardan biridir. 2023-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-
kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining
10 baravaridan 12 baravarigacha oshirilishi mamlakatimiz tomonidan nafaqat yosh
avlodga, balki keksalarga ham g’amxo’rlik qilinayotganligini ifoda etadi. Yangi
O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida hech qanday soha yo’qki, e’tibor
qaratilmagan.
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni
yanada rivojlantirish,
kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy gʻoyasini
roʻyobga chiqarish deb nomlangan taraqqiyot strategiyasining 72-maqsadida aholiga
axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng
ommalashtirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish deb belgilangan.
Bugungi kunda yurtimizda kitobxon yoshlarning soni ko’payib borishi quvonarli
holdir. Bunga asosiy sabab qilib, kitobxon yoshlarga davlatimiz tomonidan
berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar deb ko’rsatishimiz mumkin. Minglab yoshlarni
o’ziga jalb qilgan “Yosh kitobxon” tanlovi bugungi kunda kuchli raqobat muhiti
asosida bo’lib o’tmoqda. Hali hech qaysi davlatda yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan
tanlovlarga sovrin sifatida avtomobil qo’yilmaganligini alohida e’tirof
bilan
aytishimiz mumkin. Kitob o’qigan boladan hech qachon yomonlik chiqmaydi
deganlaridek, kitobsevar xalqning kelajagi ham porloq bo’ladi. Ushbu maqsadning
davomi sifatida 73-maqsadda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur
oʻrganish va keng targʻib etish ilgari surilgan. IHT, IRSIKA, AYSESKO, YUNESKO
kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va
209
universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans”
shiori
ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish, buyuk
ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilish maqsadida
yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar qalamiga mansub 100 ta asarning xalqchil
tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish kabilar
ustuvor vazifalar etib belgilangan. Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy
merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islom
akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom
Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash ham bu
borada belgilangan vazifalardan biridir.
Xulosa
qilib aytganda, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi yaqin
muddatga va uzoq istiqbolga mo’ljallangan harakatlar dasturi hisoblanadi. Taraqqiyot
strategiyasi - rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda necha yuz
yilda amalga oshirilgan ishlarni mamlakatimizda qisqa muddatda va yo’l qo’yilgan
xatolarni takrorlamagan holda tatbiq qilish orqali uchinchi renessans poydevorini
mustahkam qilib o’rnatish yo’lidagi dastlabki qadam deb aytishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: