Ключевые слова:
фольклор, методика, метод, инновация, педагогическая
технология, самостоятельное обучение.
The genesis of the study of the genres of Uzbek folklore
Annotation.
This article gives an idea of the pedagogical and psychological possibilities
of improving the methodology of teaching folk genres. Information about the study and
teaching of folklore, the collection of folklore materials, the content, the work done on
211
the history of creation, the features of folklore genres, and the views of scientists on this
subject are summarized.
Key words:
folklore, methodology, method, innovation, pedagogical technology,
independent learning.
Folklorni o‘rganish va o‘rgatish dastlab unga oid asarlarni to‘plash, kitobat qilish,
o‘rganish va ulardagi g‘oyalardan ilhomlanib, yangi asarlar yaratish ko‘rinishlarida
kechgan. Olimlar ta’kidlab o‘tishganidek, folklorni yozib olish juda qadimiy an’ana
bo‘lib, folklorshunoslik shakllanishining ilk bosqichini tashkil etadi. Jumladan, bunday
izlanishlar tarixiga nazar solinsa, bu ish qadimgi dunyo sayyohlari, tarixchilar
(Gerodot, Polien, Strabon, Xores Mitilenskiy, Apellodor, Ibn Batutalar) yozib
olishgan. Ular tufayli yetkazilgan afsona va rivoyatlar folklorga bo‘lgan qiziqishni
hosil qilgan.
Folklor materiallarini to‘plash, mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi bilan tanishtirishga
intilish Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” kitobidan boshlangan, deyish
mumkin.
Muallif
“Devonu lug‘otit turk” asaridagi maqollar, mehnat va sevgi-
muhabbat, mavsumiy va marosimiy qo‘shiqlar, afsona va rivoyatlarda ifoda topgan
tarbiyaviy mazmun alohida e’tiborni tortadi.
O‘zbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarif Mahmud Koshg‘ariyni ilk
folklorshunos sifatida tan olinishini ta’kidlaydi. Chunki “Devonu lug‘otit turk”da xalq
ijodiga aloqador sav (afsona), etuk (ertak), ir yoki qo‘shug‘ (qo‘shiq), maqol, matal
singari terminlar keltirilgan. M.Koshg‘ariydan so‘ng Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u
bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviy hikmatlari,
Alisher Navoiy, Bobur, Poshshoxo‘ja, Munis, Ogahiy, Gulxaniy, Abdulla Avloniy,
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Fitrat va boshqalarning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari
folklor bilan bog‘liqligi yanada e’tiborlidir. Chunki H.Zarif aytganidek: “Folklorni
o‘rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlar bilan yondashilganlikni kuzatish
bilangina cheklanmaydi, shu bilan birga o‘zlari mansub bo‘lgan sinf dunyoqarashi
nuqtai nazaridan folklorni turlicha tushungan va o‘z asarlarida u yoki bu sinf manfaati
doirasida undan foydalangan yozma adabiyot namoyandalarining ham xalq ijodiga
212
qiziqishlarini hisobga olmoq va ularni diqqat bilan o‘rganmoq juda ham zarurdir.”
Do'stlaringiz bilan baham: |