[3. 23-
B]
O‘zbek folklorshunoslari og‘zaki adabiyotdan ham yosh avlodga ta’lim berish fikrini
ilgari surdilar va 1934 yildan boshlab uni amalga oshirishga kirishdilar. Dastavval
Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti, so‘ngra boshqa ta’lim dargohlarning
filologiya fakultetlarida o‘zbek folklori mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlandi. Bu hol
folklor nashri va tadqiqotiga ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Natijada H.Zarif tomonidan
tartib berilgan ikki kitobdan iborat “O‘zbek folklori” (1939 va 1940) xrestomatiyasi
yuzaga keldi. Bu asarning qimmati shundaki, o‘ziga qadar amalga oshirilgan barcha
nashrlarning ijobiy tomonlarini qamraganligidan tashqari o‘zbek folkloridagi xilma-xil
janrlar namunalarini bera olganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi hamda
215
keyingi nashrlar va tadqiqotlarga keng yo‘l ochdi. Xususan, 1939 yilda bo‘lib o‘tgan
O‘zbekiston Yozuvchilar soyuzining 2-sezdida folklor masalasining alohida
muhokama etilishi (unda G‘afur G‘ulom “Folklordan o‘rganaylik” degan mavzuda
ma’ruza qilgandi) xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini to‘plash va o‘rganish ishlariga
e’tiborni yana bir qadar kuchaytirdi.
Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan folklor durdonalarini asrab qolish ishlari olib
borildi. Albatta, bu o‘sha davrda hukmronlik qilayotgan tuzum tepasida turganlarga
yoqmadi. Ayniqsa, mustabid sho‘ro tuzumi milliy qadriyat va an’analarimizni oyoq
osti qilayotgan, eskilik sarqiti deb qarayotgan bir davrda bu ulkan ma’naviy jasorat edi.
Shuning uchun o‘zbek folklorini o‘rganish yo‘lida jon kuydirgan Abdurauf Fitrat,
Abdurahmon Sa’diy, Vadud Mahmud, G‘ozi Olim Yunusov, Elbek, Otajon Hoshim va
boshqa ular kabi millat fidoyilari qatag‘on qilindi.
Milliy ta’lim tizimida hamisha bosh masala bo‘lib kelgan barkamol avlodni, komil
insonni tarbiyalash, yoshlarni ma’naviy yetuk qilib ulg‘aytirishda milliy psixologiya
aks etgan folklorning alohida o‘rni va roli bor. U inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish
qudratiga ega fan tarmoqlaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda milliy ta’limda o‘qitishning milliy xususiyatlari,
o‘ziga xosligini hisobga olib, folklor, mumtoz adabiyot kabi fanlar bo‘yicha keng va
ko‘p, samarali bilim berishga, ularda ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalarni, milliy
ruhni yosh avlod ongu shuuriga, ruhiyatiga singdirishga, maktabgacha ta’limdan
boshlab, umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’limda saboq oluvchi barcha qatlamda ijodiy
tafakkur va mustaqil faoliyatni rivojlantirish asoslaridan biriga aylangan onlayn va
oflayn ta’lim jarayoni orqali amalga oshirish mumkin.
Adabiyotlar
1.
Fitrat A. She’r va shoirliq. Adabiy mubohasa. TA. IY jild. Darslik va o‘quv
qo‘llanmalari, ilmiy maqola va tadqiqotlar. – T.: Ma’naviyat, 2006. 5-B, 56-B.
2.
Fitrat A. Nahv. TA. IY jild. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va
tadqiqotlar. – T.: Ma’naviyat, 2006. 211-B.
3.
Imomov K., Mirzaev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik
ijodi. Darslik. – T.: O‘qituvchi, 1990. 23-B.
216
4.
Elbek. Laparlar haqida. – “Bilim o‘chog‘i” jurnali. – 1922. – 1-son. – Б.97.
5.
Hodi Zarif. O‘zbek sovet folkloristikasi tarixidan // O‘zbek sovet folklori
masalalari. Tadqiqotlar. 1-kitob. – T.: “Fan”, 1970. 219-221-B.
Do'stlaringiz bilan baham: |