181
ФИО авторов:
Bog'ibekova Barchinoy Shonazarovna,
Xorazm
viloyati, Xiva tumanidagi 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi, ona tili va adabiyot
fan o'qituvchisi
Satliqova Malika Matyoqubovna,
Xorazm viloyati, Xiva tumanidagi 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi, Tarbiya fani
o'qituvchisi
Название публикации:
«O'QUVCHILAR BILIMINI OSHIRISHDA ILMIY-
TADQIQOT VA TA’LIM METODLARINING AHAMIYATI»
Anatatsiya:
Ushbu maqolada ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turlari,
ta'lim metodlarining mazmun-mohiyati, ularning turlari va ularga turlicha
yondashuvlar hamda ularni takomillashtirish yo‘llari, ta’lim vositalari, shuningdek,
ta'limning uskunaviy didaktik asoslari bilan tanishtirish yoritib borilgan.
Kalit so’zlar:
Kuzatish metodi, suhbat metodi, anketa metodi, test metodi,
pedagogik tahlil metodi, bolalar ijodini o‘rganish metodi, ta'lim metodlari.
Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u
o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda
va obyektiv dunyoni bilish
nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash
lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Pedagogika o‘z
mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda
jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq
keladigan metodlari bilan
o‘rganadi. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga
muvofiq, to‘g‘ri tanlansa, ta‘lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu
darajada
yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.Pedagogik ilmiy-tadqiqot
metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur,
puxta ilmiy
bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik
jarayonning
ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish
usullaridir.
182
Ushbu ilmning ilmiy-tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli
qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki yo‘llari,uslublari va
vositalari majmui tushuniladi.Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik
to‘g‘ri tanlansa,ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada
yuksaladi. Ammo shuni ta’kidlamoq lozimki, ilmiy-tadqiqot
metodlari tizimi
hozirgacha fanda to‘la yaratilmagan, hal etilmagan. Mavjud metod (usul)lar asosan
quyidagilardir:
adabiyotlarni o‘rganish metodi;
kuzatish metodi;
suhbat metodi;
bolalar ijodini o‘rganish metodi;
maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;
eksperiment-tajriba metodi;
test sinovlari metodi;
statistik ma’lumotlarni tahlil qilish metodi;
matematik va kibernetik usullar;
sotsiologik tadqiqot metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: