Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
ishlab chiqarish vositalari sifati, xom ashyo, materiallar sifati,
ishlovchilarning malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqliligi,
tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va ijodiy yondoshuvi, ishlab
chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sana’ti.
Sifat menejmenti
mahsulot ishlab chiqarishning har bir
bosqichida sifat haqida qayg‘urishni anglatadi. SHu nuqtai
nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
-ishlab chiqarishgacha-konstruksiyalash,samarali
texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va hokazo;
-ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni
ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;
-ishlab chiqarishdan keyingi bosqich- saqlash, sotish,
tashish, xizmat ko‘rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq
nazoratni o‘rnatish.
Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:
-kelayotgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va
butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo‘lgan kirish nazorati;
-
ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni
tekshirishdan iborat ehtiyot yoki joriy nazorat;
-tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish
nazoratlariga bo‘linadi.
Sifatni nazorat qilish-mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining
belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir.
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish
strategiyasida sifat menejmentning o‘rni. Mustaqil mamlakatimiz
davlatchilik tajribasini o‘zida mujassam etayotir. Uning oldida
bugun ulkan muammolar turibdi. Bozor munosabatlari talablariga
javob beradigan demokratik, siyosiy va ma’muriy to‘zilmalarni
yaratish lozim.
Rejali xo‘jalik yuritish tamoyillariga asosan, talab, qiymat
va tabiiy ehtiyojlar singari omillarni hisobga olmasdan faoliyat
ko‘rsatgan ishlab chiqarishni bozor munosabatlariga, yangi
tovarlar ishlab chiqarishga o‘tkazish va uni yangi izga solish
zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining
“O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”
asarida iqtisodyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishning besh
tamoyilini ta’riflab berdi:
1.
Iqtisodiyot siyosatdan ustun bo‘lishi kerak.
2.
Islohotlarni o‘tkazishda davlat boshchilik qilishi lozim,
u islohotlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
3.
Hamma narsada qonun ustuvorligiga erishish,
qonunlarga hamma amal qilishi lozim.
4.
Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish zarur. Aholini
ijtimoiy himoya qilish bozor islohotlarining shartiga aylanishi
kerak.
5.
Bozor iqtisodiyotiga
o‘tish bosqichma-bosqich,
ob’ektiv iqtisodiy qonunlarga muvofiq amalga oshirilishi
lozim.
jhBu tamoyillar olamshumul ahamiyatga ega. Zero, taklif
qilingan modelda bozor munosabatlarini rivojlantirishning
umumiy, baynalmilal jihatlari milliy xususiyatlar bilan
uyg‘unlashadi.
I.A. Karimov bozor islohotlarini amalga oshirishning
boshqa mamlakat o‘ziga xosliklarini hisobga olmaydigan begona
tajribasini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish tamoyilini rad etadi va asosan
o‘z kuchiga tayanish tamoyilini ilgari suradi.
O‘z kuchiga tayanish tamoyili shunchaki xayol emas, balki
O‘zbyokistonning iqtisodiy imkoniyatlarining puxta ilmiy hisob-
kitobidir.
Respublikada
bozor
munosabatlari
majmuini
shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar tashlandi; bank tizimi va
tijorat banklari tizimi yaratildi. Savdo-xom ashyo birjalari,
brokerlik idoralari va savdo uylari tashkil qilinayotir.
Sanoat, qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy
xizmat ko‘rsatish korxonalari va uy-joy fondini davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
faol amalga
oshirilmoqda.
Bozor munosabatlari iqtisodiyotning qishloq xo‘jalik
tarmog‘ida ham keng rivojlanmoqda. Kolxozlar va sovxozlar
qayta tuzildi, fermer (dehqon) xo‘jaliklari tashkil qilinmoqda.
Ko‘pgina
tarmoq
vazirliklari,
mahkamalari
va
boshqarmalari negizida xo‘jalik birlashmalari, konsernlar,
assotsiatsiyalar, xoldinglar, korporatsiyalar tashkil qilindi.
Korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlariga to‘la erkinlik berildi.
“Sifat menejmenti” fanining bozor munosabatlariga o‘tish
vositasi bo‘lib, boshqaruv jarayonlarining mohiyatini belgilab
beradi.
Bozor
munosabatlariga
o‘tish
sharoitlarida
muammolarning yangi progressiv texnik, iqtisodiy va ijtimoiy
echimlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va boshqaruv
jarayonlariga sifat o‘zgarishlarini kiritishga bo‘lgan e’tiborni
kuchaytirish zarur.
Bu vazifalarni amalga oshirish butun boshqaruv tizimining
tashkilotini o‘zgartirishni talab qiladi. Boshqaruvning axborot
ta’minotini o‘zgartirish, ilmiy- texnik ma’lumotlarning
ahamiyatini oshirish lozim. Boshqaruv ma’lumotlarini qayta
ishlash, o‘zatish, yig‘ish va saqlashning yangi texnik vositalari
zarur. Qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va ularning bajarilishini
nazorat qilishda tubdan o‘zgarish yasash lozim. Rahbar xodimlar
va mutaxassislar ish jiddiy o‘zgargan holda tashkil etishadi;
ularga korxona, aksiyadorlik jamiyati boshqaruvini tashkil
qilishda to‘la erkinlik berilgan.
Tegishli ravishda kadrlarning kasbiy malakasiga bo‘lgan
talablar ham o‘zgaradi, shu bilan bir vaqtda boshqaruv organlari
to‘zilmasiga o‘zgartirishlar kiritiladi, boshqaruvning funksiya va
usullari o‘zgaradi.
Korxona va aksiyadorlik jamiyatlari marketing bo‘limlari va
xizmatlarining ish ko‘lami ortadi. Bozor ishlab chiqarish
boshqaruvi bilan bo\liq katta ish hajmini amalga oshirishni talab
qiladi.
Bozorni ilmiy tadqiq qilish va boshqaruvning tashkiliy
tizimida mahsulotga bo‘lgan talab va taklifni bashorat qilish
ishlari nazarda tutilishi lozim.
Jamoani ijtimoiy rivojlantirishning kompleks dasturi
masalasi, shu jumladan atrof muhit ekologiyasi masalalari
birinchi o‘ringa chiqadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda
rahbar xodimlar va mutaxassislarning mas’uliyati ortadi. Bu
ishlab chiqarish menejmentiga qator o‘zgartirishlar kiritishni
talab qiladi.
Eng avvalo birinchi navbatda muvofiqlashtirilishi lozim
bo‘lgan qarorlar tarkibi tartibga solinadi, qabul qilingan
qarorlarning bajarilishi uchun javobgar bo‘lgan funksional
bo‘limlar va xodimlar aniq belgilanadi.
Turli bo‘in rahbarlari qabul qiluvchi qarorlar doirasini aniq
belgilab qo‘yishi talab etiladi. Ayrim yuqori rahbarlar hano‘z,
markazlashtirilgan rejali tizimda bo‘lgani singari, qo‘l ostidagilar
uchun ham qaror qabul qilishda davom etmoqdalar, holbuki
korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlariga xo‘jalik faoliyatini
yuritishda to‘la erkinlik berilgan.
Iqtisodiy-matematik usul va hozirgi zamon hisoblash
texnikasidan foydalanish doirasining kengayishi bilan yangi
axborot tizimlarini tashkil qilish, apparatning butun ishini
ratsionalizatsiya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etib
bormoqda.
Ishlab chiqarish menejmentining tezkorligini oshirish
boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu
axborotning o‘tishi, qarorlarni tayyorlash, asoslash, qabul qilish
va bajarish muddatlarini qisqartirishga bo‘lgan urinishdan dalolat
beradi.
Ishlab chiqarish menejmentining tezkorligini oshirish
maqsadida boshqaruv organlari to‘zilmasidagi pog‘onalar sonini
qisqartirish, qarorlar qabul qilish jarayonidagi kelishishlar sonini
qisqartirish zarurati tuiladigan bo‘inlarga qarorlar qabul qilishni
yaqinlashtirish lozim.
Boshqaruv jarayoni bilan boliq sarf-xarajatlarni qisqartirish
ham menejmentni muhim vazifasi hisoblanadi. U eng avvalo
axborot tizimini qayta qurish va hozirgi zamon tashkiliy va
hisoblash texnikasidan keng foydalanish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Bir
boshqaruv
ishlarini
mexanizatsiyalashtirish
va
avtomatizatsiyalashtirish, ish joylarini tashkil qilish va ularga
xizmat ko‘rsatish, ish vaqtidan tejamli foydalanish katta
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Boshqaruv jarayonlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi
menejmentni
samaradorligini
belgilovchi
muhim
omil
hisoblanadi. Har bir boshqaruv jarayoni qat’iy belgilangan
vaqtda, boshqariluvchi hajmning holati va uning rivojlanish
tendensiyalaridan kelib chiqib bajarilishi lozim.
Ishlab chiqarish menejmentini ilg‘or ijobiy o‘zgarishlarning
tarqalishiga yo‘l ochishi va salbiy o‘zgarishlarning oldini olishi
zarur.
Boshqaruv sikllarini qisqartirish ishlab chiqarishning
rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. “g‘oya - ishlab
chiqarish” siklining qisqarishi tadqiq
qilish, loyihalashtirish va tajriba ishlarini amalga oshirish, ularni
ishlab chiqarishga joriy qilish va o‘zlashtirish jarayoni bilan boliq
bo‘ladi.
“Iste’molchi-ishlab chiqarish” siklining qisqarishi esa
“sotuvchi bozori”dan “iste’molchi bozori”ga o‘tilishi natijasida
bozorni o‘rganish bilan boliqdir.
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
buyumni, ya’ni mehnat vositalarini boshqarish; odamlar (
ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o‘zini ishlab chiqarish
jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish
maqsadida mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadilar va boshqarish
sub’ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat
buyumlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ishchilar ikki turga:
-boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob’ekti (odamlarni
boshqarish);
-boshqariladigan tizimda boshqarishning sub’ekti (buyumni
boshqarish) sifatida ishtirok etadi (47-rasm).
47-rasm. Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti.
Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni
boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida mehnat
Буюмларни бошқариш
нуқтаи назардан - бу
Одамларни
бошқариш нуқтаи
назардан - бу
Ишчилар
Объект
Субъект
vositalarini
boshqaradilar.
Odamlarni
boshqarish
ishlab
chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatishdir.
Masalan, har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi
sexlar o‘rtasida, har bir sexda esa uchastkalararo; o‘z navbatida
har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o‘rtasida ishlab
chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan maxsulot
sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash borasida ham
ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatadi. Bu munosabatlar
kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
darajasiga boliq. Ishlab chiqarish menejmenti bozor iqtisodiyoti
asoslari,
tadbirkorlik
va
biznes
asoslari,
makro
va
mikroiqtisodiyot, menejment, marketing, chet mamlakatlar
bozoriga kabi iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |