3.4-§. Sifat tizimi
Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash,
iste’molchini talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan
qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan bilan
boshqarish masalalariga chuqur e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga
o‘tishi
jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
sharoitida
qo‘llaniladigan ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat usullariga
jiddiy
o‘zgartirishlar kiritish va iqtisodiyotni tubdan
modernizatsiya qilish talab etilmoqda. Ular orasida marketing
tamoyillari va usullari alohida o‘rinni egallamoqda. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida raqobat muxitini mavjudligi sifat va uni
boshqarish muammolariga katta axamiyat berishga majbur qiladi.
Mamlakatimizni kuchli rivojlangan davlatlar qatoriga
kirishda raqobat, kurash-sifatni oshirish dasturlarini ishlab
chiqarishga sabab bo‘ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini
baholash uchun ob’ektiv ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati
tug‘iladi. Sifat va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtasida to‘g‘ri
bog‘lanish mavjud.
Sifatni oshirish-harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi hamda
ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko‘maklashadi.
YUqoridagilar bo‘lajak menejerlardan sifatni boshqarish tizimi
asoslari sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy ko‘nikmalarga ega
bo‘lishini talab etadi.
Xalqaro standartida ISO 9001 berib o‘tilgan ta’rifga ko‘ra,
sifat tizimi- bu sifatning umumiy boshqaruvini ta’minlovchi
tashkiliy tarkib. javobgarlik, jarayonlar, protsedura va resurslar
taqsimotining majmuidir.
Mahsulotlar etkazib berish bo‘yicha kontrakt to‘zish uchun
xorijlik xaridor ishlab chiqaruvchida sifat tizimining
mavjudligini va bu sifat tizimiga taniqli sertifikatlash organi
tomonidan berilgan sertifikatni ko‘rsatishni talab qiladi.
Sifat tizimi korxona oldiga qo‘ygan maqsad va belgilangan
siyosatni olib borishni ta’minlovchi omil sifatida tashkil qilinadi
va amalga joriy etiladi.
Sifat tizimining asosiy vazifalari bo‘lib: sifatni ta’minlash,
sifatni boshqarish, sifatni yaxshilash hisoblanadi. U korxona
rahbariyati tomonidan sifatni ta’minlash bo‘yicha siyosatni
amalga oshirishning vositasi sifatida tashkil qilinadi.
Sifat tizimida buyurtmachi (xaridor) va mol etkazib beruvchi
(tayyorlovchi) faoliyat olib boradi.
Sifat muhitida korxona siyosati va maqsadini ta’minlash
uchun sifat tizimida: marketing, bozorni o‘rganish; texnik
talablarni loyihalashtirish va ishlab chiqish; material-texnik
ta’minot; texnik jarayonlarni tayyorlash va ishlab chiqish; ishlab
chiqarish; nazorat, sinov va tadqiqotlar o‘tkazish; o‘rash va
saqlash; sotish va taqsimot; montaj va ishga tushirish; xizmat
ko‘rsatishga texnik yordam; foydalanib bo‘linganidan keyin
utilizatsiya qilish.
Korxona rahbarlari sifat siyosatini olib borishda birinchi
navbatda, uni shakllantirib olish va rasmiylashtirishi kerak
bo‘ladi.
Sifat bo‘yicha siyosatni shakllantirishda quyidagi
yo‘nalishlarni tanlab olish mumkin: sifatni yaxshilash hisobiga
korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash, bozorni kengaytirish va
yangilarini egallash, mahsulot texnik darajasini ilg‘or firma va
kompaniyalar darajasiga olib chiqish, mahsulot nuqsonini
kamaytirish va boshqalar.
Sifat bo‘yicha siyosat dastur ko‘rinishida maxsus hujjatlarda
bayon etilishi
kerak.
Sifat kafolati bo‘yicha faoliyat ushbularni o‘z ichiga oladi:
rejalashtirish va loyihalashtirish; texnologik jarayonlar
va
ishlab chiqarishga tayyorgarlikni loyihalashtirish;mahsulotni
tayyorlash; sifatni nazorat qilish; sifatning
yomonlashishini oldini olish; reklama; sotish; sotishdan keyin
xizmat ko‘rsatish; iste’molchidan axborot olish; sifat kafoloti
tizimini nazorat qilish.
Korxonada mahsulot sifatini nazorat qiluvchi sifat xizmati
bo‘limini tashkil qilish, korxonada olib borilayotgan sifat
bo‘yicha barcha faoliyatni muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Sifat xizmati sifat bo‘yicha uslubiy takliflarni ishlab chiqadi. Bu
xizmat turi faqatgina Bosh direktorga bo‘ysunadi. Korxona
rahbariyati bu xizmat orqali nafaqat mahsulot sifatining halqaro
standartlarga javob berishini nazorat qilib boradi, balki mahsulot
sifatini doimiy ravishda takomillashtirib borish imkoniyatiga ham
ega bo‘ladi.
Maxsus xizmat turi orqali iste’molchilar ehtiyojini va
ularning mahsulot sifatiga qo‘yadigan talabini o‘rganadi.
Mahsulot sifatining aniq standartlarga javob bermasligi
bevosita ishlab chiqarishning o‘zidayoq aniqlanishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Buning uchun sifatni nazorat qilish quyidagi
barcha texnologik zanjir bo‘yicha amalga oshirilishi kerak:
-material va butlovchi qismlarning kirish nazorati
laboratoriyalar asosida amalga oshirilishi;
-korxona ishlab chiqarish jarayonining texnologik jihozlarini
faol nazorat qilish uslublarni ishlab chiqish, shuningdek
operatsiyalar bo‘yicha tanlama yoki to‘liq nazorat olib borilishi va
tayyor mahsulotning yakuniy nazorati;
-korxona laboratoriyalari mahsulotning davriy sinovlariga
oid maxsus ko‘rgazmalari bilan ta’minlanishi kerak.
Korxona rahbarlari mahsulot sifatining standartdan chetga
chiqishini emas, balki uni oldindan aniqlashga va bartaraf etishga
alohida e’tibor qaratishi kerak.
Barcha xodimlar sifat bo‘yicha ishlarga jalb etiladi
Buning uchun ishchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-
tadbirlar belgilab olinadi.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Har
qanday ishlab chiqarishda ikki omil-shaxsiy-insoniy omil va
moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u
taqsimot, ayirboshlash orqali iste’mol qilish bilan tugallanadi.
Sifatni boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir.
Foyda
olish
ishlab
chiqarish
omillaridan
foydalanish
samaradorligiga, investitsiya samaradorligiga, mahsulot sifati va
uning raqobatbardoshliga, tez va samarali qarorlarning qabul
qilinishiga, yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish
darajasi kabi qator omillarga bog‘liqdir.
Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita ishlab
chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni
boshqarish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Chunonchi ishchi kuchini boshqarish, ishlab chiqarish
vositalarini boshqarish, texnika va texnologiyani boshqarish,
ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish, mahsulot sifatini
boshqarish, investitsiya samaradorligini boshqarish, innovatsion
jarayonni boshqarish va hokazo.
Qayd
qilingan
ob’ektlarni
boshqarish
dastlab
rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni
tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat
bilan tugaydi. Bu erda rabatlantirish ishlab chiqarishni
boshqarishning barcha funksiyalari jarayonida o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |