24
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
OʻSMIRLIK DAVRIDAGI OʻQUVCHILARDA TANDIQIY FIKRLARINI
OʻSTIRISHNING AHAMIYATI
Agzamova barno axunovna
Fargʻona viloyati yuridik texnikumi psixologi
Annotatsiya
: maqolada oʻsmirlik davridagi oʻquvchilarda tadqidiy fikrlarni oʻstirishning
ahamiyati xususida fikrlar berilgan.
Kalit soʻzlari
: psixolog, tadqiqdiy fikr, o‘smirlik davri, ma’naviyat.
Jamiyatda xilma-xil fikrlash muhitini vujudga keltirishda mustaqil, tanqidiy fikrlovchi
shaxslarning o‘rni beqiyosdir. Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan barkamol insonni shakllantirish,
uning natijasi, mahsuli orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, g‘oyaviy
e’tiqodli, ma’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kamol toptirish respublikamiz pedagoglari
oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Shu bois, ta’im-tarbiya jarayonida o‘quvchi
shaxsining tanqidiy fikrlash faoliyatini shakllantirib, muntazam rivojlantirib borish, “subyekt-
subyekt” munosabatini amalda ta’minlash natijasida ularning ijodiy faolligi, izlanuvchanligi,
irodaviy sifatlari, ishchanligi, e’tiqodini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda kichik maktab yoshida shakllangan tanqidiy fikrlash elementlarini oʻsmir yoshida
yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchini murakkab vaziyatlardan chiqish,
o‘z fikrini bayon qilishdan qo‘rqmaslikka o‘rgatib borish lozim.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanganlik ko‘rsatkichlari:
-
bayon qilingan fikrni tahlil qilish;
- to‘g‘ri baholay olish;
- o‘xshatish, qiyoslash, solishtirish;
- farqlay olish.
Shaxsning shakllanishida har bir davr oʻziga xos xususiyatga ega. Jumladan, oʻsmirlik davri
oʻzining qiziqqonligi, fikrining oʻzgaruvchanligi, tez asabiylashish, krizis holatlarga boy boʻlishi
bilan boshqa davrlardan farq qiladi. Buning asosiy sababi, oʻsmirlik davrida ham fiziologik, ham
psixologik jihatdan oʻzgarishlar yuzaga keladi.
Xususan, tanqidiy fikrlashni oʻsmir yoshida rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
bu davrda nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Atrof-olamdagi bogʻlanishlar
mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan
qiziqishida progress sodir bo‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning
rivojlanishiga olib keladi.
Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarda innovatsion metodlar, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari
asosida ularning barcha shaxsiy sifatlarini, jumladan, bilimi, layoqati, aqliy harakat usuli, tanqidiy
tafakkuri, o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi, emotsional-axloqiy va amaliy faoliyatini intensiv
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘quvchini mustaqil, tanqidiy
fikrlashga undaydigan strategiya va texnologiyalarni olib kirish, ularni tanqidiy fikrlashga undovchi
ijodiy pedagogik muhitni qaror toptirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida ishchan muloqot,
hamkorlik vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun
nihoyatda zarurdir. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, asosan, o‘quv mashg‘ulotlari
jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llagan holda samarali kechadi. Ta’lim tizimidagi ijtimoiy
gumanitar fanlarni oʻqitish jarayonida oʻsmirlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyati
kengdir. Ayniqsa, milliy istiqlol gʻoyasi turkumiga kiruvchi fanlar, shuningdek, tarix, adabiyot
fanlani keltirishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganimizda, tanqidiy fikrlash bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lib, uni
rivojlantirishda innovatsion metodlardan foydalanish zarur. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘quvchilarning faol ishtiroki va taqdim etilgan axborotlarni turli darajalarda tahlil qila olish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari lozim. Natijada jamoatchilik uchun eng muhim masalalarni
yechishga ongli ravishda hissa qo‘sha oladigan, tanqidiy fikrlovchi, turli muammolarni yechishga
ko‘maklashuvchi fuqarolarni tarbiyalash, yoshlarimizda bunyodkor g‘oyalarni vayronkor
g‘oyalardan farqlay olish ko‘nikmalarini kamol toptiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: