Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
savollarga javobni klaster usuli yordamida yechilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi (Guruh shaklida
bajarish).
Boshlang‘ich ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni olib kirishda texnologiya fanini
o‘qitishda keng ko‘lamda foydalanish ta’limning keyingi bosqichlari uchun asos vazifasini o‘taydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabga ilk kunlaridan boshlaboq ularning turli xil yo‘nalishdagi
qobiliyatlari, qiziqishlari e’tiborga olib qaralishi maqsadga muvofiqdir. Kimda qog‘oz bilan
ishlashga, kimda tikish va bichishga, kimda rang-tasvirga, yana kimdadir kashtachilikka, hullas,
har bir o‘quvchi turli xil yo‘nalishga moyilligi, qiziqishlarini aniqlashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Omonov X.T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat//O‘zbekiston. –Toshkent,
2012. –b.24.
2. Mavlonova R.A. Mehnat o‘qitish metodikasi// Toshkent. –Noshir, 2013. –b.71
3. Tursunos I.G., Bekchanov D.J. Ta’lim va tarbiya nazariyasi//Toshkent. –Chirchiq, 2019.
–b.7.
19
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA OT MAVZUSINI O‘RGATISH
DAVOMIDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH
Tosheva Orzigul Daniyorovna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan
ixtisoslashtirilgan maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel:+998907325223 Email : Tosheva Orzigul1983@inbox.uz
Annotatsiya:
Bu maqolada boshlang‘ich sinflarda ot mavzusini o‘rgatish davomida ta’limiy
o‘yinlarning o‘rni mavzusida so‘z yuritilgan hamda ularni qo‘llash borasida uslubiy ko‘rsatmalar
berilib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Slayd shou , videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning
taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi,
ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa
uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobilyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida
o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars paytidagi hamkorligi o‘quvchilarning mustaqil ishlashi,
sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ayrimlari hali maktab hayotiga to‘la jiddiy yondashmagan bo‘ladi. Shuning
uchun yangi mavzuni o‘rgatishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanilganda ,o‘quvchining mavzini
eslab qolishi yuqori bo‘ladi
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da o‘yinga quyidagicha ta’rif berilgan.
1. Ko‘ngil ochish , dam olish maqsadida qilinadigan erkin harakat yoki mashg‘ulot
2. Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun ma’lum qoidalar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulot
3. Ritmik harakatlar va mimikalar uyg‘unligidan iborat san’at, raqs1
Metodik asarlarda «oyin» so‘zining ikkinchi ma’nosi asosida tafakkur o‘stirishni, ya’nio‘yinning
ta’lim berish usuli, vositasi sifatida qoidalar asosida o‘tkazilzdigan mashg‘ulot ekanligini ko‘rsatib
o‘tmoqchiman.
Psixologlarning uqtirishicha, o‘yin shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki
ma’naviy nematlar yaratishni nazrda tutmaydi, lekin jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat
normalari, harakatning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchi toki
o‘ynamaguncha, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi 2. O‘yin –
bu bolalar uchun o‘qish, mehnat qilish va tarbiya vositasidir. Biroq, darsning asosiy qismini o‘yin
darsiga aylantirib qo‘ymaslik kerak.
Boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumi ustida ishlashda quyidagi ta’limiy o‘yinlardan foydalanish
mumkin:
«Bir so‘zdan ikki ism o‘yini». Sinf o‘quvchilari uch guruhga ajratiladi va ularga gulning
nomlari, mehnat qurollari hamda hayvonlarning nomlarini yozish va ularga atab qo‘yilgan kishi
ismlarini yozish topshiriladi. O‘quvchilar yozadilar
rayhon- Rayhon, chinigul- Chinigul
lola- Lola, nilufar- Nilufar
bolta- Boltaboy,tesha- Teshaboy
o‘roq- O‘roqboy, bo‘ri- Bo‘riboy,
qo‘zi- Qo‘ziboy, olmaxon- Olmaxon
Shu so‘zlarni yozishda qaysi biri bosh harf bilan va qaysi biri kichik harf bilan yozilishiga
e’tibor berib, uni to‘g‘ri yozgan o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruh g‘olib bo‘ladi.
O‘qituvchi dars davomida «O‘z shahringiz nomini sharhlay olasanmi?» o‘yin- topshirig‘idan
foydalanib, atoqli otlar imlosi ustida ishlash mumkin.Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga bu
mavzuni oldin vazifa qilib beradi va ota-onasi,bobo- buvilaridan so‘rab,shaharlari tarixi haqida
bilib kelishlarini topshiradi.
«O‘rmonda va uyda» o‘yini. O‘qituvchi o‘yin haqida o‘quvchilarga izoh beradi:O‘rmonda
yashaydigan yovvoyi hayvonlar va hovlida yashaydigan uy hayvonlari haqida o‘ylang, hamda
ularni ikki ustunga ajratib yozib chiqing, deyiladi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |