Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
Sharq falsafasi va tasavvufda olamda “substansiya” mavjudligi aytiladi. O‘sha “substansiya”ni
xudo deb ta’riflashadi. Tasavvufda esa bu holat yaqqol namoyon bo‘lib, modomiki butun ya’ni
Olloh yagona ekan, uning qismlari ham uning tarkibidadir va natijada baxt doimiy va abadiydir.
Sharq allomalari insonning katta texnik ixtirolarga qodirligini bilishganligi aytiladi. Ammo ular
o‘zlikni tanish orqali Xudoni tanishni maqsad qilib, qo‘yishgan va o‘zlarini takomillashtirib
nisbiylikdan tashqaridagi mohiyatlariga intilishgan. O‘z bilimlarini yomon niyatli kishilar
qo‘liga tushib qolmasligi uchun masalan, Umar Xayyom ularni ruboiylarida qirq qulf va yetti
parda orqasiga yashirganligi aytiladi. Bunday misollar Sharqda juda ko‘pdir. Payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.) dan “Bizdan keyin islom dini va umuman ilm-fanni qaysi xalq rivojlantiradi?”
deb so‘rashganda, u “daryoning ortidagi jannatiy xalqlar “ deb o‘zbek xalqiga ishora qilganligi
hadislarda ta’kidlanadi.
Darhaqiqat ilm-fan ong osti tajribalarini o‘tkazib, insonning barcha imkoniyatlari aynan shu
yerda joylashganligini va bu soha inson hayotini uning ongga bergan ko‘rsatmalariga asoslanib
boshqarib borishini isbotladi. Ong osti barcha ichki organlar faoliyatini ixtiyorsiz boshqarib
boradi. U inson tomonidan berilgan har qanday ko‘rsatmani hech bir is’tisnosiz qabul qiladi
va moddiylikka aylantiradi. Chunki u insonning haqiqiy kuchidir va oliy aql ilohiy butunning
kuchidan foydalanadi.
Inson imkoniyatlari cheksiz ekan, undan unumli foydalanish shartdir. Agar hozirgi kunda
O‘zbekistonda bir qator shaxsni rivojlantiruvchi maktablar va kuchli, hech qayerda uchramaydigan,
o‘ta darajadagi noyob tizim – tasavvuf manbaalari va uni o‘rganuvchi olimlarimiz borligini
inobatga olsak, endi asrimizda bizning haqiqiy ishimiz ularni hammadan oldin hisobga olib,
o‘zimizni ko‘rsatishdir deb ayta olamiz.
Xulosa shuki, XXI asrda bizning oldimizga qo‘yadigan yagona vazifamiz va maqsadimiz inson
imkoniyatlaridan unumli foydalanish va har qanday muammoni hal etishda ularni amaliyotda
qo‘llash orqali baxt eshiklarini butun insoniyatga va xalqimizga ko‘rsatishdan iboratdir. Boshqa
hech qayerda uchramaydigan imkoniyatlar bizda bor ekan undan unumli foydalanmaslik va e’tibor
bermaslik no‘to‘g‘ridir. Biz yurtimizni yetakchi davlatlar qatoridan ham yuqorida ko‘rishning
yagona va noyob usulini bilamiz, dunyo bizga va bizning tizimga muhtoj, biz buni albatta
hisobga olishimiz darkor. Bu asr xalqimizga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berishiga
shubha qilmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |