Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Muxitdinova X. S. va boshqalar. O‘zbek tili : ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan
maktablarning 7- sinfi uchun darslik. – T.: „O‘qituvchi“ NMIU, 2017.–144 b.
2. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abdulla-avloniy-1878-1934
3.https://www.urgfiltma.uz/ru/news-and-events/399-ustoz-%E2%80%93-otangday-
ulug%E2%80%98.html
30
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING IJODKORLIGINI
RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK OʻYINLARNING AHAMIYATI
Eshchanova Nilufar Baxtiyarovna
Xorazm viloyati Yangibozor tumani
4-maktabning boshlangʻich ta’lim oʻqituvchisi
Telefon: +998(97) 510 98 28
ochildiyevmuhammadjon 10@gmail. com
Annotatsiya
: maqolada boshlangʻich sinflarda didaktik oʻyinni ishlatishda boshlangʻich sinf
oʻquvchilarining motivatsiyasini rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari, mohiyati, maqsadi
va misollari bayon etilgan.
Kalit soʻzlar
: didaktik oʻyin, ijodkorlik, motivatsiya, rivojlantirish, viktorina, jumboq, “Tirik
harflar” didaktik oʻyini.
Boshlangʻich ta’limning asosiy vazifalaridan biri oʻquvchilarni ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantishga qaratilgan. Buni rivojlantirish usullaridan eng maqbuli didaktik oʻyin hisoblanadi.
A.A.Radugina motivatsiya tushunchasiga quyidagi ta’rifni beradi: «Oʻqish motivatsiyasi mu-
vaffaqiyatli oʻrganishning asosiy shartidir, bu bolaning yangi bilim olishga boʻlgan qiziqishi va
xohishining faol roli bilan bogʻliq».
Oʻyin oʻquvchilarni bilim egallashning eng tezkor va samarali usuli hisoblanadi. Oʻyin yor-
damida biz bolani rivojlanish jarayonini jadallashtiramiz, uni ijtimoiy qadriyatlar bilan tanishtir-
ishni kuchaytiramiz. Oʻyinlar kichik maktab oʻquvchilariga erta bolalikdan tanish boʻlsa-da, ularni
oʻquv jarayoniga kiritish maktabgacha yoshdan boshlangʻich maktab yoshiga oʻtish qiyin boʻlgan
maktabning birinchi yilida juda muhimdir.
Didaktik oʻyinlar - bu bolalarni oʻqitish va tarbiyalash maqsadida maxsus yaratilgan qoidalar-
ga ega oʻyin turidir. Uning maqsadi oʻquvchilarda olgan bilimlarini amalda qoʻllash qobiliyatini
rivojlantirishdir.
Didaktik oʻyin boshlang‘ich sinf oʻquvchilarini oʻqitish va tarbiyalashning boshqa shakl-
lari bilan birlashtirilgan va oʻzaro bog‘liq boʻlgan ajralmas pedagogik jarayonning bir qismidir.
Toʻgʻri qurilgan qiziqarli didaktik oʻyin bolalarda yangi bilimlarni olish motivatsiyasi rivojlan-
ishini ta’minlaydi. Masalan, oʻyinda yutqazgan jamoaning ishtirokchilari keyingi safar gʻalaba
qozonishni istaydilar va darsda ular oʻqituvchini diqqat bilan tinglaydilar, chunki avvalgi viktori-
naning savol va topshiriqlari dars mavzu bilan bogʻliq boʻladi.
Didaktik oʻyinning foydasi shundaki, u jamoada amalga oshiriladi, bolalar guruhlarga boʻlina-
di, bu esa oʻquvchilarga yuqori darajadagi muammolarni hal qilish, shuningdek jamoani birlasht-
irishga imkon beradi. Bundan tashqari, oʻyin davomida bolalar raqobatlashadi, boshqa jamoaga
qaraganda tezroq vazifalarni bajarishga intilishadi. Darslarda didaktik oʻyinlar bolalarda oʻrgan-
ishga ijobiy turtki shakllanishi uchun, ular bolalarga yaxshi tanish boʻlgan oʻyinlarga asoslangan
boʻlishi kerak. Shu maqsadda, viktorina va ta’limiy musobaqalar oʻtkazish, oʻquvchilarga bir to-
mondan yangi bilim bersa, ikkinchidan ularni izlanishga, mantiqiy fikrlashga undaydi.
Didaktik oʻyinlar ijodkorlikni rivojlantirishning turli usullarini oʻz ichiga oladi. Bunga darsdagi
oʻquvchilar oʻrtasidagi muloqotga qaratilgan oʻyin muammolarini birgalikda yechish yordam be-
radi, javobni mustaqil izlashga yordam beradi.
Didaktik oʻyinlarda oʻquvchilar oʻyindan zavq olish istagidan kelib chiqib harakat qilishadi
va natijada bunga qoʻshimcha ravishda ular yangi bilimlar olishadi va aqliy jarayonlarini rivo-
jlantiradi. Oʻyinlarda oʻquvchilar turli darajadagi maqsadlarga erishadilar: birinchidan, oʻyindan
lazzatlanishadi bu esa har qanday faoliyatga tayyorlikni belgilaydigan munosabatni aks ettiradi,
ikkinchidan qoidalarga rioya qilish, syujetlar va rollarni oʻynashdan iborat funktsional maqsadga
erishiladi, uchunchidan oʻyin masalalarini yechish orqali pedagogik maqsadga erishadilar.
Didaktik oʻyinlardan foydalangan darslarda ta’lim faoliyati uchun ijodiy qobiliyatlarni shak-
llantirish va rivojlantirish uchun oʻquvchining oʻz faoliyatini baholashida asosiy narsa, didaktik
mashgʻulotlar davomida uning ishini sifatli tahlil qilish muhimdir. Shu bilan birga, oʻquvchilarga
oʻyindagi vazifani yengishga yordam bergan barcha ijobiy fikrlarni ta’kidlash, shuningdek mavjud
kamchiliklarning sabablariga e’tibor qaratish lozim. Shunday qilib, oʻquvchilar dars davomida
ma’lum darajada bilimga ega boʻlsangiz, oʻyinda faol ishtirok etish, oʻz jamoasiga yordam berish
31
Do'stlaringiz bilan baham: |