Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYANING O‘RNI
Hikmatova Munira Saidovna
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani
43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Telefon: 998 91 243 14 34
Annotatsiya:
Maqolada boshlang‘ich sinflarda ta’limni integratsiya asosida olib borish
jarayonlari haqida fikrlar yuritilgan
.
Kalit so‘zlar:
integratsiya, samaradorlik, mustaqil fikr
.
Maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli
(fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilm-fanida esa iqtisodiy, siyosiy
va madaniy fanlari integratsiyasiga moyillik yuqori turadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya
didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi.
Integratsiya – bu fanlarning differentsial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir.
Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir- biriga bog‘lash bosqichi
bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya
jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan.
Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv
darsliklarida ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan.
Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidlashicha: “Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma
narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak”.
Integratsiyalshgan dars natijalari o‘qituvchilarning ijodiy fanlari rivojida namoyon bo‘ladi.
Fanlararo integratsiya – bir necha o‘quv predmetning bir-biriga taalluqli sohalarini ko‘rsatish
emas, balki integratsiyalab o‘qitish orqali o‘quvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitligi haqida
tasavvur berishdir.
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli
foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda ham integratsiya muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘sib kelayotgan
yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash azal-azaldan milliy pedagogikamiz oldida turgan eng
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Bu ma’suliyatni ado etish birinchi navbatda boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari zimmasiga yuklangan. Barchamizga ayonki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z
kasbini chin fidoyisi , bilimdoni, jonkuyari, ijodkor - ajoyib ustoz bo‘lsagina, maktabga ilk qadam
qo‘ygan murg‘ak qalblar ta’lim tarbiyasining poydevori pishiq va puxta bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida
ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, o‘qish, odobnoma, tabiatshunoslik
darslarini integratsiyalash mumkin. Chunki bunday darslar o‘quvchilarni ijod qilishga, mustaqil
fikirlashga o‘rgatadi.
Jamiyatimizda ma’naviy - ma’rify ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni
voyaga yetkazishga e’tibor berilmoqda. Qomusiy olim, bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy
yoshlarni ilmga o‘gatish jarayonida aqliga va bilimiga tayanish lozimligini aytib, shunday deydi: “
Til kishilar orasidagi aloqa va fikr almashinuvi vositasiga emas, balki, til barcha fanlarning asosini
o‘rganish kalitidir”.
Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohatlari – “Kadrlar tayyotlash Milliy dasturi” ning
hayotga tadbiq etilishili bobomiz Beruniyning bashorati tog‘ri ekanligidan dalolat berib turibdi.
Ta’lim mazmuni o‘quv fani sifatida ona tili faniga qo‘yilgan vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib,
o‘quvchilarni aqliy va nutqiy rivojlantirishga, ularning atrof - muhit haqidagi bilimlarini
kengaytirishga, axloqiy tarbiyalashga, bilimlarni o‘zlashtirishga, ongli o‘qish va yozish
malakalarini, darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari
o‘quvchilar ijodiy fikrlashga, gap tuzishga, uning mazmun – mohiyatini tahlil qilishga o‘rgatiladi.
Maktabda mavjud hamma fanlar o‘ziga xos integratsion imkonga ega. Ammo ularning bir -
biriga mos bolishi integrirlangan kurslarning samaradorligi ko‘p sharoitlarga bog‘liq. Boshlang‘ich
ta’limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini biz pedegoglar amalga oshirishimiz
kerak. Boshlang‘ich sinflarda har bir o‘qituvchining dars berishini alohida olingan integratsiyaning
33
Do'stlaringiz bilan baham: |