Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/180
Sana23.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#843368
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
deb o‘ylagan holda, dars davomida Grammatik, leksik, fonetik o‘yinlardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Quyida bir nechta o‘yinlardan namuna keltiramiz. Grammatik o‘yinlar: bu o‘yin 
fe’lning hozirgi zamon shaklini (Present simple) o‘rgatishda qo‘llaniladi. O‘qituvchi yozuv 
taxtasiga biror bir hayvonning rasmini ilib qo‘yadi, o‘quvchi unga xos bo‘lgan xususiyatlarni 
birma –bir aytadilar. Masalan: Ot(a horse) 
- yuguradi (runs) 
- yuradi (tends) 
- yotadi (lies ) 
Har bir to‘g‘ri javobga uch ball beriladi. Mazkur usuldan sifat (Adjective) so‘z turkumiga oid 
bilimlarni o‘rgatishda ham foydalaniladi. Shundan so‘ng boshqa bir hayvonning rasmi ko‘rsatiladi 
va o‘yin shu tarzda davom ettiriladi. O‘yinda eng ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi baholanadi. 
Darslarda yangi so‘z o‘yinlaridan foydalanish ham o‘quvchini so‘z boyligini o‘stirishga, so‘zlashish 
nutqining rivojlanishiga yordam beradi. 
Yuqorida qayd etilgan topshiriqlar o‘quvchi nutqini sodda, aniq, mazmunli bo‘lishiga 
erishishda hamda uning mustaqil fikrlashiga yordam beradi. Nutq rivojlantiruvchi omillardan 
yana biri badiiy adabiyotdir. Tan olib aytishimiz mumkinki, hozirgi o‘quvchilar ichida badiiy 
adabiyot mutaola qiladiganlar kamchilikni tashkil etadi. Kitob beminnat do‘st. Uni qadrlashni 
va o‘qigan kitob mazmunini o‘rtoqlariga hikoya qilishni ham o‘rgatmoq kerak. O‘qituvchi 
tomonidan biror bir ertak yarmigacha hikoya qilinib, qolganini o‘zlaring o‘qib kelinglar deya 
topshiriq berilsa, ular qiziqib ertakni nihoyasigacha o‘qiydilar. Chunki voqea tavsiloti ularni 
qiziqtirib qo‘yadi. Shu zaylda ular kitobxonga aylanadilar. O‘qituvchilar hikoyalarni turli xil yo‘l 
bilan taqdim etishlari mumkin. Birinchidan, ular uni baland ovozda o‘qiydilar, video, audio orqali 
eshittiradilar, yoki rasmlar orqali hikoya qiladilar va hokazo. Ikkinchidan, o‘quvchilar kitobni 
o‘qiydilar (ko‘radilar), keyin o‘qituvchi uni o‘qimay tinglaydilar, yoki ular tinglayotganda kitobni 
o‘qishlari (ko‘rishlari) mumkin. Hikoyalar, shuningdek, o‘qituvchilarga to‘rtta til ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek o‘quvchilarida kognitiv va rivojlanish qobiliyatlari 
rivojlantiriladi.
1
Hatto o‘quvchilarni ba’zilari hikoya yoki ertak qahramonlariga o‘xshagisi keladi. 
Murakkab mavzuni o‘quvchilar ongiga osongina yetkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», 
«Modul dars», «Zigzag», «Interfaol», «o‘yin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», 
«Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanamiz. Darslarda o‘zimiz o‘rgatgan manbalardan, 
savollar yoki testlardan unumli foydalanamiz. Har bir usuldagi darslar ikki-uch marta o‘tilganda 
o‘zini oqlaydi. Me’yoridan oshmasligi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi uchun usullarning turlicha 
bo‘lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Dars jarayonlarida notiqlik, suhbat, hikoya, 
mustaqil ish, yozma ish, zamon bilan bog‘lash, mustaqil fikrga tayanish shakllariga katta e’tibor 
berishimiz lozim. Har bir o‘tilayotgan darsga o‘quvchilar tomonidan berilayotgan baho biz uchun 
qadrlidir. Barkamol avlod tarbiyasi va o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirishda quyidagi 
topshiriqlar ahamiyatlidir. 
Muammoli savollar. 
Zakovat savollari. 
Krasvordlar ustida ishlash. 
Mavzuga doir шjodiy ishlar yozdirish. Mustaqil test tuzish. Xikmatli so‘z va maqollar yozdirish. 
Bu topshiriqlar o‘quvchilarning o‘qish, yozish, so‘zlashish va tinglab tushunish kabi ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish bilan birga so‘zning turli ma’nolarini tushuntirish orqali o‘rganilayotgan 
tilning jozibadorligini ko‘rsatib o‘quvchilarda tilga bo‘lgan qiziqish uyg‘otish mumkin. 
Xulosa shuki, darslarda qo‘llaniladigan har bir leksik, grammatik topshiriqlar o‘quvchilarning 
mavzularni ko‘proq esda saqlab qolishlariga, yordam beradi. 


36

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish