Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
AZIZ USTOZLAR
Bahriddinova Mukarrama To‘ychiyevna
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 25-umumiy
o‘rta ta’lim maktabining O‘zbek tili fani o‘qituvchisi
Telefon: +998 90 130 10 03
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada – Ota-ona, ustozlarning ustozi, eng ulug‘ inson, Mirzo
Ulug‘bekning ustozi haqida ma’lumot berishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar:
Ustoz, kitob, o‘qish, Mirzo Ulug‘bek, hurmat, Ota-ona.
Inson uchun birinchi ustoz ota-ona hisoblanadi. Ota-onani hurmat qilish, ularni e’zozlab,
xizmatlarini qilish har bir farzandning vazifasi deb o‘ylayman. Ota-onangizni ranjitadigan so‘zlar
aytishdan doimo saqlaning. Ularni izzat-hurmat qilishga, duolarini olishga harakat qiling. Ularga
yomon muomala qilishdan, achchiqlanib qarashdan o‘zingizni saqlang.
Abdulla Avloniy haqida gapiradigan bo‘lsak – o‘zi maktab ochib, ko‘p darsliklar yozgan.
Bolalar uning „Birinchi muallim“ kitobidan ilk bor harf tanishgan. „Ikkinchi muallim“dan esa
she’r va hikoyalar o‘qishni o‘rganishgan. Uning 1909 – 1917- yillarda bosilgan to‘plamlari
o‘qish kitobi vazifasini bajargan. Shuning uchun Abdulla Avloniyni barcha ustozlarning ustozi
deb hisoblaydilar.
Shu o‘rinda men eng ulug‘ ustozim haqida bir-oz to‘xtalmoqchiman, meni tez-tez o‘quvchilar
bilan uchrashuvlarga taklif qilishadi. Shunda ko‘pincha o‘quvchilar „Sizning birinchi ustozingiz
kim?“ – deb savol berishadi. Men ularga shunday javob beraman – Mening qo‘limga ilk marta
qalam-daftar tutqazgan, menga o‘qish-yozishni o‘rgatgan muallim va muallimalarim deb – javob
beraman. Ammo, kitobni eng ulug‘ ustozim degim keladi. Bolaligimda kitobni qo‘limdan hech
qo‘ymas, unga boqib to‘ymas edim.
Mirzo Ulug‘bek bolalik paytida Amir Temur Rumdan chaqirib keltirgan bir donishmanddan
saboq olgan ekan. Donishmandning bir odati bo‘lib, saboq berish vaqtida boshini engashtirib,
yerga qarab o‘tirar ekan. Agar shogirdi biror jumlani yanglish o‘qisa, unga qarab qo‘yar ekan.
Bir kuni Mirzo Ulug‘bek kitob o‘qiyotgan edi. U: „Uddasidan chiqmagan narsangizni nega va’da
qilasiz?“ degan jumlani o‘qigach, ustozi unga bir qarab qo‘yibdi. Mirzo Ulug‘bek: „Ehti mol,
yanglish o‘qigan bo‘lsam kerak“, deb jumlani diqqat bilan qaytadan o‘qibdi. Ammo ustozi bu
gal ham boshini ko‘tarib, unga qarab qo‘yibdi. Mirzo Ulug‘bek saboqdan keyin bobosi yoniga
kelib: – Bobojon, ustozimga biror narsa va’da qilgan bo‘lsangiz, darhol va’dangizga vafo qiling,
– deb bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Amir Temur nabirasining hikoyasini eshitib: – Ustozing
mendan Rumda qolib ketgan kutubxonasini olib kelishga odam yuborishimni iltimos qilgan edi.
Men va’da qilgan edim, ammo yodimdan ko‘tarilib ketibdi, – debdi. So‘ng shu zahotiyoq rumlik
donishmandga bergan va’dasini bajo keltirish uchun farmon beribdi.
Xulosa shuki, aziz xalqimizning bir naqlida “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi
bo‘lsang, bug‘doy ek, o‘n yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, daraxt ek, yuz yil yaxshilik qilmoqchi
bo‘lsang, ta’lim-tarbiya ber” deyilgan. Shuning uchun ham ustoz deganda ko‘nglimizda chuqur
hurmat va ehtirom, cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan
o‘lchab, ado etib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |