Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Gʻoziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: 1998.
2. Ishmuhammedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo‘llari. – T.: 2005
25
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGI RIVOJLANISHINING ONTAGENEZI
Axmedova Oydin Sadriddinovna
Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti
Tel: +998(97) 447-16-07
monny678@bk.ru
Annotatsiya:
Mazkur maqolada nutq komponentlaridan biri bo‘lgan lug‘at zaxirasining
rivojlanishi to‘g‘risida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan tahlillar bayon etilgan. Bolalarda lug‘at
boyligining miqdori yosh davrlariga xos shakllanishi bo‘yicha qiyosiy ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Nutq, fonetik, leksik va grammatik vositalar, nutqiy fikrlash, lug‘at boyligi, aktiv
lug‘at, passiv lug‘at.
Nutq faqat inson uchun xos bo‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa
jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga
oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. So‘zlovchi o‘z fikrini bayon
etish uchun zarur so‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va
nutq a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi [1].
Yuqorida keltirilgan nutq komponentlarining me’yorida rivojlanishi bilish faoliyatining
oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanishiga olib keladi. Buning natijasi o‘laroq, nutqiy
tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi. Aynan shuning uchun bolaning atrof-muhit
haqidagi tasavvurlari shakllanib, olamni anglashga o‘rganadi.
Nutqning tarkibiy qismlarining barchasi (fonetik, leksik va grammatik) nutqning me’yorida
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, biz tadqiqotlarimizda
nutqning leksik tomonini o‘rgandik. Lug‘at boyligi rivojlanishining ontagenezi haqidagi bilimlar
tadqiqotimizning keyingi bosqichlarining yo‘nalishini aniqlab olishga xizmat qiladi.
Shu sababli, ilmiy adabiyotlarda lug‘at boyligi rivojlanishining ontageneziga doir nazariy
ma’lumotlarni tahlil qildik.
Lug‘at boyligini rivojlantirishga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlarda bu jarayonning turli
jihatlari qamrab olinganligini ko‘rishimiz mumkin. Lug‘at boyligini rivojlantirish, bir tomondan
fikrlash va boshqa aqliy jarayonlarning rivojlanishi bilan, boshqa tomondan, nutqning barcha
tarkibiy qismlari: fonetik-fonemik va grammatik tuzilishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘tgan asrning 20-yillarida bolalar lug‘at boyligi ustida ilmiy tadqiqotlar olib borgan D.Elkonin
lug‘at boyligini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi quyidagi omillarni keltirib o‘tadi:
- bolaning atrofdagi voqelik haqidagi g‘oyalarini rivojlantirish. Bola yangi narsalar, hodisalar,
predmetlar va harakatlar alomatlari bilan tanishganda uning lug‘at boyligi o‘sadi;
- katta yoshli insonlarning nutqiy faoliyati va ularning bola bilan muloqoti;
- bola tarbiyalanadigan ijtimoiy muhit [4].
Nutqning leksik tomonini o‘rganishning yan bir muhim jihati shundan iboratki, ma’lum
bir yoshdagi bolalarda lug‘at boyligi hajmini o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, bu haqida
adabiyotlarda ham etarlicha asoslangan ma’lumotlar mavjud emas.
Shuningdek, bir qator adabiyotlarda lug‘at zaxirasining miqdor jihatdan o‘sishi bilan bog‘liq
ma’lumotlar turlicha keltirilgan.
Lug‘at zaxirasining B.Shtern bo‘yicha miqdoriy o‘sishi quyidagicha keltiriladi [4]:
1 yoshdan 1,5
yoshgacha
2 yoshda
3 yoshda
4 yoshda
5 yoshda
100
300-400
1000-1100
1600
2200
26
Do'stlaringiz bilan baham: |